Toshkent davlat iqtisodiyot



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

16.5-jadval 

Narx taktikasiga misollar 

Vosita 

Maqsad 

Narx strukturasida tavsiya 

etiladigan o‘zgarishlar 

Umumiy 


chegirmalar 

Raqobatchilar 

sotuv 

hajmini 


pasaytirish 

Ulgurji 


chegirmalarni 

umumiy 


chegirmalar bilan almashtirish 

Narx darajasini 

o‘zgartiish 

Narx disbalansini pasaytirish va 

sotuv paytida narx tahlilidan 

qochish 


Ulgurji narxlar va korxonadan 

beriladigan narxlar o‘rtasidagi farqni 

qisqartirish 

Distribyutor 

eksklyuzivligi 

Distribyutorlarning tovarga 

(xizmatga) e’tiborini 

kuchaytirish 

Ulgurji savdogarlar uchun 

chegirmalarni eksklyuziv taqsimot 

kabi o‘ziga xos faoliyat bilan bog‘lash 

Xizmatni ziyon 

ko‘rgan holda sotish 

Bozorni yangi raqobatchi firalar 

paydo bo‘lishidan himoya qilish 

Past narx belgilash 

Bir-birini to‘ldirib 

turadigan xizmatlar 

paketini sotish 

Xizmatni bozorlarda ham, 

sootuv kanallarida ham qayta 

joylashtirish  

Bir-biriga aloqasi bo‘lgan xizmatlarni 

birgalikda baholash, bunday xizmatlar 

paketini bir vaqtda xarid qilishda 

chegirma belgilash 

 

Iste’molchining narxlarni, demak, taklif etilayotgan chegirmalarn idrok qilishiga 



quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

1.Narxga  oid  axborotga  ega  bo‘lish.  Bu  axborot  bozorlardagi  narxlar  darajasi, 

ularni rad etish ko‘lami, o‘tkazishlayotgan aksiyalar  va raqobatchilarnarxlari  haqidagi 

ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Narxlarga  ko‘pchilik  e’tibor  qaratadi,  lekin  ularni 

hamma  ham  bilmaydi.  Narxga  oid  axborot  qismlab  qabul  qilinadi,  xaridor  «doimo 

ko‘zda  tutadigan»  xizmatlar  narxi  eslab  qolinadi.  Aynan  shu  sababli  xizmatlar 

sohasida  faoliyat  yurituvchi  firmalar  ko‘pincha  xaridorgir  xizmatlar  to‘plami  narxini 

pasaytiradi. 

2.Xarid  haqida  qaror  qabul  qilish  jarayonida  iste’molchi  uchun  narxning  nisbiy 

ahamiyatliligi.  Chegirmalar  manzilli  bo‘lishi  lozim.  Narxlarni  haddan  ortiq  tez-tez 

pasaytirish tovar (xizmat) sifati borasida shubha  uyg‘otishi, ayrim  xaridorlar toifalari, 

ayniqsa,  «snoblar»  guruhiga  mansub  xaridorlar  esa  chegirmalarni  haqorat  deb  qabul 

qilishi mumkin. 

3.Iste’molchi  axborotni  idrok  qilishi  inersionligi.  Agar  xizmatlar  sohasida 

faoliyat yurituvchi ayrim firmalar, masalan, restoranlar qimmat xizmatlar sifatida idrok 



 

281 


 

qilinadigan bo‘lsa, iste’molchini bu restoranlarda narxlarni pasaytirish bo‘yicha u yoki 

bu aksiyaga javob qaytarishga majbur qilish kerak. 

4.Narx  o‘zgarishi  haqida  axborotni  idrok  qilishning  psixologik  xususiyatlari. 

Narxning  qanday  minimal  pasaytirilishi  xaridorning  e’tiborini  jalb  etishi  mumkin;  bu 

narx  pasayishini  yanada  jalb  etuvchan  qilish  uchun  uni  qanday  taqdim  etish  lozim; 

narxni kuchli va kuchsiz pasaytirish o‘rtasida farq qayerdan o‘tadi? 

Chegirmalar  belgilash  bo‘yicha  chora-tadbirlar  ishlab  chiqishda  quyidagilarni 

e’tiborga olish kerak: 

➢  chegirma taqdim etiladigan xizmatlarni tanlash; 

➢  narxni pasaytirish hajmi; 

➢  chegirma taqdim etish usuli; 

➢  o‘tkazilayotgan aksiya haqida xabarni iste’molchilarga yetkazish usuli. 

Xizmatlarga narx shakllantirishda xizmatlarning zaxira tarzif saqlab bo‘lmasligi – 

xizmatni  yaratish  va  iste’mol  qilish  bir  vaqtda  ro‘y  berishi,  xizmat  ko‘rsatishning 

amalga  oshirilmagan  imkoniyati  abadiy  qo‘ldan  chiqarilishi  (masalan,  samoletdagi 

bo‘sh  o‘rinlar)  bilan  asoslangan  holda  hozirning  o‘zida  ko‘rsatilishi  muhim  omil 

hisoblanadi.  Bundan  zaxiralar  hisobiga  taklif  hajmini  tartibga  solish  imkoniyatisiz 

talab  hajmi  sezilarli  o‘zgarib  turish  imkoniyati  kelib  chiqadi.  Bu  muammo  vaqt 

bo‘yicha  talab  intensivligini  tariflar  bilan  tartibga  solish  yo‘li  bilan  hal  etilishi 

mumkin.  Buning  uchun  yuklama  kuchli  bo‘lmagan  paytlarda  xizmatlarga  tariflardan 

turli chegirmalar qo‘llanadi. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish