Toshkent davlat iqtisodiyot



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

 

275 


 

Ob’ekt 

Savol 

chiqarish, 

xarajatlar, 

foyda 


Sotuvdan olingan tushum, foyda va xarajatlar o‘rtasida nisbat qanday? 

Mavjud  xizmat  ko‘rsatish  jarayoni  sifati  va  darajasini  qo‘llab-quvvatlash  uchun 

qanday xarajatlar talab etiladi? 

Ishlab  chiqarish  hajmining  sotuvdan  olinadigan  tushumga  va  foydaga  ta’siri 

qanday? 

Xizmat  ko‘rsatish  ko‘lamining  o‘zgarishi  va  xizmat  ko‘rsatish  jarayoniga 

tuzatishlar kiritish xarajatlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 

Qaysi xarajatlarning narx bo‘yicha qaror qabul qilishga aloqasi bor? 



 

16.2. Xizmatlar bozorida narxni shaklantirish usullari. 

 

Firma  raqobatbardosh  narx  belgilay  olishi  uchun  narx  belgilashga  quyidagi 



asosiy standart yondashuvlar foydalaniladi. 

1.Iste’molchiga  yo‘naltirilgan  narx  belgilash  yoki  idrok  qilinadigan  qiymat 

asosida  narx  shakllantirish.  Narx  belgilashda  asosiy  mezon  xizmatning  integral 

foydaliligi,  ya’ni  uning  foydali  xususiyatlari  va  u  keltiradigan  foyda  kompleksi 

hisoblanadi. Integral foydalilik iste’molchini belgilangan narx bo‘yicha xizmatni xarid 

qilishga  undaydi  deb  hisoblanadi.  Talab  yuqori  bo‘lganda  narx  qoidaga  ko‘ra,  o‘sadi, 

talab  past  bo‘lganda  esa  –  pasayadi.  Narx  shakllantirishga  bu  yondashuv  mijozning 

belgilangan  vaziyatlarda  mahsulot  dan  foydalanish  qiymatini  idrok  qilishiga 

asoslanadi. 

Ushbu usulga muvofiq quyidagilarni amalga oshirish zarur: 

➢ mijoz mahsulotdan foydalanadigan vaziyatni o‘rganish; 

➢ bunday  vaziyatda  mahsulotdan  foydalanishdan  mijoz  uchun  foydani  belgilab 

beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish; 

➢ mahsulotdan  foydalanishda  mijozning  xarajatlarini  belgilab  beradigan 

ko‘rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish; 

➢ mijoz  mahsulotdan  foydalanadigan  vaziyatda  «xarajatlar-foyda»  nisbatini 

aniqlash. 

Qiymatning  iste’mol  chi  idrok  qilishi  o‘zgaradi.  Bunga  muayyan  xizmat 

ta’minotchisining  bozor  taklifi  farqlanib  turadigan  kompetensiyasi  jiddiy  ta’sir 

ko‘rsatadi. 

2.Xarajatlar  asosida  narx  shakllantirish  yoki  «o‘rtacha  xarajatlar  plyus  qayd 

qilingan  foyda».  Bu  holatda  narx  belgilash  jarayoni  quyidagicha  bo‘ladi:  barcha 




 

276 


 

o‘zgaruvchan  xarajatlarni  baholash,  mos  keluvchi  qayd  qilingan  xarajatlar  oqilona 

ulushi  va  belgilangan  ustama  foyda  qo‘shish,  sotuv  hajmining  o‘sish  ehtimolini 

e’tiborga  olish.  Biroq  ustama  foyda  talab  darajasi  va  xarajatlar  miqdoriga  qarab 

individual xarakterga ega bo‘lishi lozim.  

3.Zarar ko‘rmaslikni tahlil qilish va maqsadli foyda bo‘yicha narx shakllantirish. 

Firma  daromad  va  xarajatlar  balansi  erishiladigan  narx  belgilashga  harakat  qiladi.  Bu 

yondashuv zarar ko‘rmaslik grafigi tuzishshga asoslanadi. 

4.Raqobatchilarning  narx  siyosatini  hisobga  olgan  holda  narx  belgilash. 

Xizmatlar  ta’minotchisi,  agarda  u  o‘z  xizmatining  boshqalardan  ustuv  va  afzal 

ekanligini  isbotlay  olmasa,  raqobatchilar  narxlaridan  yuqori  narx  belgilay  olmaydi. 

Agar  u  bozorga  sotilayotgan  xizmatlardan  jiddiy  farqi  bo‘lmagan  analog-xizmat  olib 

chiqadigan bo‘lsa, narx yuzaga kelgan «an’ana»ga mos kelishi lozim. 

5.Joriy  narx  usuli.  Bu  usul  asosan  katta  miqdorda  bir  xil  turdagi  xizmatlar 

taqdim  etilgan  va  xizmatlar  ta’minot  chisi  bo‘lgan  korxonaning  narxga  ta’sir  etish 

imkoniyati  chegaralangan  bo‘lgan  bozorlarda  foydalaniladi.  Bunday  sharoitlarda 

firmaning  asosiy  vazifasi  xarajatlarning  raqobatchilar  xarajatlaridan  sezilarli  darajada 

ortib  ketmasligi  va  joriy  narx  belgilashga  yo‘l  qo‘yish  mumkin  bo‘lishi  uchun 

xarajatlarni  nazorat  qilish  hisoblanadi.  Bozor  elastikligini  o‘lchash  qiyin  bo‘lganda 

firmalar  joriy  narxlarga  ergashish  narx  siyosati  tarmoq  raqobatchilarining  normal 

daromad keltiradigan narxga nisbatan «jamoaviy oqillik»ni aks ettirishini his qiladilar. 

6.Tenderli  narx  shakllantirish  usuli.  Firmalar  biron-bir  buyurtmani  olish  uchun 

kurash olib borgan va har bir ko‘rik qatnashchisi o‘z xizmati uun eng arzon narx taklif 

qilishga intiladigan hollarda foydalaniladi. 

7.Ekonometrik  usullar.  Bu  usullar  maqsadli  bozorda  raqobatchilar  tomonidan 

chiqariladigan  funksional  o‘rinbosarlar  mavjud,  lekin  yangi  xizmat  ulardan  sezilarli 

farq qiladigan hollarda yangi xizmat narxini hisob-kitob uchun foydalaniladi. 

8.Mukofotli  narx  shakllantirish.  Sotuv  narxiga  xaridorlar  ularda  ushbu  servis 

mahsuloti qiymatining raqobatchilar mahsulotlari qiymati bilan taqqoslaganda mavjud 

bo‘lgan  ustunliklari  haqida  tasavvurdan  kelib  chiqib  to‘lashga  tayyor  bo‘lgan  narx 

mukofoti kiritiladi. 



 

277 


 

Xizmatlarning  yakuniy  xarakteri  servis  firmasi  va  mijozning  personal  o‘zaro 

aloqalari  natijasida  belgilanadigan  individuallashuv  darajasi  yuqoriligi  tufayli 

xarajatlarni  standartlashtirish  jarayonlarini  qo‘llash  ayniqsa  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  Bu  ayrim  namunaviy  operatsiyalar  (ishlar)  amalga  oshirish  xarajatlari 

normativlarini  ishlab  chiqish  va  ularni  bazaviy  tavsifnomaga  ega  bo‘lgan  xizmatlarga 

tariflarni  asoslab  berishda  qo‘llashni  taqozo  etadi.  Agar  bunday  bazaviy  tariflarni 

buyurtmani  bajarishning  o‘ziga  xos  shartlari  uchun  ustama  va  chegirmalar 

moslashuvchan  tizimi  bilan  to‘ldiradigan  bo‘lsak,  xizmatlar  narxini  shakllantirishning 

yetarli darajada qulay tizimini olish mumkin bo‘ladi. 

Biroq  raqobatchilar  narxlari  va  xaridni  amalga  oshirish  motivatsiyasi, 

shuningdek,  xalqaro  xizmatni  sotish  narxiga  ta’sir  etishi  mumkin  bo‘lgan  mutlaq 

barcha  hisobga  olingan  ko‘rsatkichlar  sanalmaydi.  Xususan,  restoranda  taomni  sotish 

narxin  belgilashda  quyidagi  ko‘rsatkichlar  hisobga  olinish  lozim  (ular  muhimlik 

darajasining pasayishi tartibida keltirilgan): 

➢ 

taom tannarxi; 



➢ 

xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar toifasi; 

➢ 

kutilayotgan foyda darajasi; 



➢ 

mijozlarning xarajat qilishga moyilligi; 

➢ 

mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari; 



➢ 

raqobatchilar narxlari; 

➢ 

restoran uslubi. 



Shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  boshqa  xizmatlar  uchun  ko‘rsatkichlar 

nisbatini boshqach bo‘lishi mumkin. 

Narx  shakllantirish  masalasini  muhokama  qilishda  xizmatlar  to‘plamini,  ya’ni 

bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kompleksini sotish muammosini ham aylanib o‘tib 

bo‘lmaydi. Ular qatoriga, masalan, quyidagilarni kiritish mumkin:  

➢ turistik  xizmatlar  –  viza  rasmiylashtirish,  turistlarni  ularni  tanlagan  joyga 

yetkazish, mehmonxonada joylashtirish, ekskursiya xizmatlarva h.k.ni o‘z ichiga oladi; 

➢ bank xizmatlari – muddatli va joriy hisobraqamlar yuritish, cheklar va kredit 

kartalar bilan ishlash, ssuda taqdim etish va h.k.ni o‘z ichiga oladi; 



 

278 


 

➢ dasturiy  ta’minot  xaridorlariga  xizmat  ko‘rsatish  -  zudlik  bilan  texnik 

maslahatlar  olish  uchun  imkoniyat  yaratish,  dasturlarning  yangilangan  versiyalarini 

imtiyozli  narxlarda  sotish,  dasturlarni  mijozning  kompyuteriga  bepul  o‘rnatish  va 

h.k.ni o‘z ichiga oladi. 

Ne’matlar  kompleksi  xaridor  uchun  bu  to‘plamdagi  har  bir  ne’matni  alohida 

xarid qilishdan arzonga tushishi lozim. 

Xizmatlar sohasida ikki xil turdagi to‘plamlar uchraydi: 

1)bo‘linadigan to‘plam. Uning tarkibiga kiradigan alohida sotib olib bo‘lmaydi. 

Bu firmaning bu tarkibdagi ayrim unikal xizmatlarni alohida sotish xaridorning boshqa 

turdagi  xizmatlarni  xarid  qilishga  qiziqishini  yo‘qotishi  va  qolgan  xizmatlar  sotilmay 

qolishidan  xavfsirashi  bilan  bog‘liq.  Bu  to‘plamda  ikkinchi  darajali  xizmatlar  eng 

kimmatli  ish  turlariga  qo‘shimcha  yuklama  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Bunday 

xizmatlar to‘plami  narxini shakllantirishning eng  muhim omili  bo‘lib  uning  unikalligi 

xizmat qiladi; 

2) bo‘linadigan 

to‘plam.  U  mijozlarga  tanlov  imkoniyatini  taqdim  etadi: 

butun  xizmatlar  to‘plamini  xarid  qilish  yoki  uning  tarkibiga  kiradigan  ish  va 

xizmatlarni 

alohida 


sotib 

olish. 


Bo‘linadigan  to‘plamlarni  sotishda  narx 

shakllantirishga  yondashuv  jiddiy  o‘zgaradi:  mijozni  butun  xizmatlar  to‘plamini 

alohida  emas,  birgalikda  xarid  qilishdan  manfaatdorligini  jiddiy  oshirishi  mumkin 

bo‘lgan xarid butligi uchun chegirma hajmini topish muhim. 

Murakkab  xizmat  turlari  uchun  narx  shakllantirishning  boshqa  o‘ziga  xos 

usullari ham mavjud. 

Taqdim  etilayotgan  sport-sog‘lomlashtirish  ishlariga  narx  shakllantirish 

strategiyasi 

Bu  strategiyani  ishlab  chiqishda  ko‘plab  omillar  hisobga  olinishi  lozim  bo‘lib, 

ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 

➢ asosiy (turli shakllarda harakat faolligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish) 

va  yo‘ldosh  (fizioterapevtika  jarayonlari,  turmush  tarzi  va  ovqatlanish  bo‘yicha 

tavsiyalar,  shug‘ullanuvchilarning  funksional  tayyorgarligini  tekshirish,  kosmetik 

jarayonlar va hakozolar) xizmatlar sifati va xilmaxilligi; 




 

279 


 

➢ fitnes-markazning  moddiy bazasi  – zallar, basseyn, dushxona, trenajerlar  va 

boshqa  asbob-uskunalar  holati,  sauna,  solyariy,  massajxonalar,  bolalar  uchun  xona, 

sartaroshxona, kafe yoki bar va hakozolar mavjudligi ; 

➢ murabbiy-instruktorlar va boshqa mutaxassislar - vrachlar, administratorlar va 

boshqalar malakasi; 

➢ shug‘ullanuvchilar  kontingenti  xususiyatlari  -  bitta  yoki  turli  ijtimoiy 

qatlamlarga  mansublik,  yosh  va  jins  xususiyatlari,  ta’lmi  va  umummadaniy  daraja, 

kasbiy qiziqishlar va hakozolar; 

➢ sport-sog‘lomlashtirish  xizmatlariga  talab  mavjudligi,  bu  xizmatlar  bozorida 

raqobat, aholining to‘lov layoqati. 

Narx  siyosati  –  narxlar  va  narx  shakllantirishni  boshqarish  san’ati,  xizmatlarga 

qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan darajada narx belgilash hamda firma 

va xizmatning bozordagi holatiga qarab manipulyatsiya qilish san’ati. 

Narx bilan bog‘liq raqobatsiz g‘alaba 

Narx siyosatining mo‘‘jizali uchburchagi 16.3-rasmda aks ettirilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish