16.4. Konsalting xizmatlariga narxni shakllantirish uslubiyati
Konsalting xizmatlari narxi konsalting firmasi yoki individual maslahatchi
budjetini shakllantirish va rejalashtirishda asosiy omil hisoblanadi. Konsalting
firmasida firma maslahatchilari ishlov beradigan mijozlardan kishi-kunlar uchun
olinadigan yalpi to‘lov miqdori odatda uch qismga ajratiladi:
1) maslahatchilarning ish haqi;
2) yuklama xarajatlar (bino ijarasi, asbob-uskunalar va materiallar xaridi va
amortizatsiyasi, maslahatchilar malakasini oshirish, texnik personalga haq to‘lash,
xizmat safari xarajatlari, foyda);
3) soliqlar va majburiy to‘lovlar.
Mamlakatimizda ko‘pchilik yirik va o‘rta firmalarda bu gonorarlar bevosita
ijrochiga to‘lanmasdan, barkaror oylik ish haqi va mukofot to‘lovlari tizimlari
qo‘llanadi. Individual maslahatchilar va kichik konsalting firmalarida maslahatchilarga
to‘lovlar hajmi mijoz to‘lagan gonorar bilan qalinroq bog‘liq bo‘ladi.
To‘lovni belgilashda shuni ham hisobga olish kerakki, maslahatchilar nafaqat
ob’ektda ish vaqtida, balki dastlabki ishlar vaqtida ham ishlab chiqaradigan mahsulotni
sotadi. Maslahatchi muayyan loyihalar bo‘yicha ishlarga o‘rtacha yiliga 120 kun
sarflaydi, lekin bu qolgan payt uning to‘liq dam olishini anglatmaydi. Bu paytda u
mustaqil rivojlanish bilan shug‘ullanadi, loyiha ustida ishlash uchun qo‘llanadigan
bilimlar to‘playdi. Konsalting firmalarida belgilangan normativlar mavjud bo‘lib, ular
bo‘yicha maslahatchi-mutaxassis oyiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida to‘rtta jurnal,
287
yarim yilda kamida bitta kitob o‘qishi, ikki yilda bir marta malaka oshirish kursi
o‘tashi lozim.
Jahon amaliyotida konsalting xizmatlariga narx belgilashning to‘rtta asosiy
shakli qabul qilingan.
1.Vaqtbay to‘lov. Bu to‘lov konsalting loyihasini amalga oshirish uchun sarflash
lozim bo‘lgan ish vaqti miqdorini (kishi-soat, kishi-kun, kishi-oyda) va maslahatchilar
malakasini hisobga olgan holda ularning ish vaqti birligi qiymatini hisob-kitob qilish
asosida amalga oshiriladi. Maslahatchining ish vaqti birligi uchun narzxlar firma
tomonidan belgilanadi, lekin bunda ular maslahat xizmatlari bozori bo‘yicha hisobot
statistika ma’lumotlariga tayanadi. Bunday ma’lumotlar odatda milliy maslahatchilar
uyushmalari yoki statistika organlari tomonidan chop etiladi. Misol uchun, AKME
(amerika maslahatchilar uyushmasi) ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda soatbay ish haqi
darajasi maslahatchilar malakasi va konsalting firmasi hajmiga qarab uroven
pochasovoy oplatы v soatiga 60 dollardan (assistent-tadqiqotchi) 250 dollargacha
(katta personal uchun), yaxni mos ravishda kishi-kun uchun 480 dan 2200
dollargachani tashkil qiladi. Xuddi shunday ko‘rsatkich lar boshqa rivojlangan
mamlakatlar uchun ham xosdir.
2.Qayd qilingan (differensiatsiya qilinmagan) to‘lov. Bunday shaklda
maslahatchi, ish hajmi va unga sarflanadigan vaqt xarajatlarini aniqlab, mijozga
umumiy to‘lov hajmini aytadi, lekin na hisob-kitoblar va na boshqa asoslarni keltirib
o‘tmaydi. Rossiyada bunday asos sifatida ushbu firma yoki boshqa konsalting
firmalarining aynan shunga o‘xshash loyihalari narxlari qo‘llanadi.
3.Natija yoki maslahat berish ob’ekti qiymatidan foizlar. Bunday shaklda narx
savdo bitimining miqdori, maslahatchi ko‘magida amalga oshirilgan investitsiyalar
yoki boshqa loyihalar ulushi yoki mijoz olgan iqtisodiy samara (tannarx pasayishi,
foyda o‘sishi va hakozolar) ulushi sifatida hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |