Toshkent davlat iqtisodiyot


Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi murakkab texnika uchun kafolat va



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi murakkab texnika uchun kafolat va 

kafolatdan keyingi davrda servis xizmatlari tarkibi 

Kafolat davridagi servis xizmatlar 

Kafolatdan keyingi davrda servis xizmatlar 

 1.Iste’molchi huzurida raskonservatsiya 

2.O‘rnatish va ishga tushirish 

3.Tekshirish va sozlash 

4.Xodimlarni mahsulotni to‘g‘ri 

ekspluatatsiya qilishga o‘rgatish 

5.YOrdamchi servis bo‘yicha mutaxassislarni 

o‘qitish 

6.Mahslotni (tizimni) ekspluatatsiyada 

kuzatish 

7.Ko‘rsatma berilgan texnik xizmat ko‘rsatish  

8.Zarur hollarda ta’mirlash ishlarini amalga 

oshirish 

9.Ehtiyot qismlar yetkazib berish 

 1. Mahslotni (tizimni) ekspluatatsiyada kuzatish 

2.Ehtiyot qismlar yetkazib berishni ta’minlash 

3.Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish 

4.Turli xildagi texnik yordam ko‘rsatish 

5.Mijozlar uchun asbob-uskunalar 

ekspluatatsiyasi bo‘yicha kurslar o‘tkazish  

 



 

256 


 

Sotuvdan oldingi xizmatlar – xaridorni va tovarni sotuvga va xaridga tayyorlash 

bilan,  sotuv  bilan  va  xaridorlarni  jalb  qilish  bilan  bog‘liq  faoliyat  turlaridir.  Masalan, 

mebel  magazini  uchun  sotuvdan  oldingi  xizmatlar  qatoriga  mebel  tarkibiy  qismlarini 

ochib  olish,  himoya  qoplamini  olib  tashlash,  mebelni  yig‘ish,  uni  savdo  zalida 

joylashtirish, xaridorlar uchun narxko‘rsatkichlar tayyorlash kiradi. 

Sotuvdan keyingi xizmatlar – mahsulot sotilgan paytdan boshlab uni utilizatsiya 

qilish  paytigacha  bo‘lgan  davrda  ko‘rsatiladigan  barcha  xizmat  turlaridir.  Mebel 

magazini  uchun  bunday  xizmatlar  qatoriga  mebelni  yetkazib  berish,  uni  yig‘ish, 

mebelga qarash bo‘yicha maslahatlar berish kiradi. 

Texnikani  ekspluatatsiya  qilish  jarayoni  murakkablashganda  ekspluatatsiya 

bosqichda tovar sifati ta’minlaydigan va shu tariqa tovar uning uchun xarid qilinadigan 

ehtiyojni qoniqtiradigan sotuvdan keyingi  xizmatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Gap 

bu  yerda  texnik,  maslahat,  kasbiy  o‘qitish  va  h.k.  xizmatlar  haqida  boradi.  Bu 

xizmatlarni ko‘rsatish bitta asosiy maqsadga – tovarni ekspluatatsiya qilish jarayonida 

uning  sifatini  ta’minlashga  bo‘ysunadi.  Sotuvdan  keyingi  xizmatlar  bo‘ysunish 

xarakteriga  ega  va  iste’molchining  ekspluatatsiya  qilish  murakkab  bo‘lgan  mahsulot 

(texnika) xarid qilishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. 

Ta’kidlash joizki, tovardan foydalanish huquqini muvaffaqiyatli amalga oshirish 

bugungi  kunda  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko‘rsatish  samarali  modeli  mavjudligiga 

bog‘liq.  Agar  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko‘rsatish  majburiyati  bilan  ta’minlanmasa, 

murakkab narsalardan foydalanish huquqi mulkdor uchun yuridik funksiyaga aylanishi 

mumkin.  Iste’molchini  nafaqat  moddiy  vosita,  balki  uning  yordamida  ehtiyojlarni 

qondirish  imkoniyati  qiziqtiradi,  boshqacha  qilib  aytganda,  iste’molchini  real  xarid 

qilinadigan moddiy vositaga kiritilgan xizmatlar yig‘indisi qiziqtiradi. 

Iste’molchilar  uchun  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko‘rsatish  muammosi  dolzarb 

bo‘lib qolaveradi, chunki texnikaning  ishsiz turib qolishidan ko‘riladigan ziyon katta, 

asbob-uskunalarning  ko‘plab  turlari  ish  qobiliyatini  saqlash  xarajatlari  esa  ularni 

yaratishga  sarflangan  boshlang‘ich  xarajatlardan  katta  bo‘ladi,  masalan,  traktorlar 

uchun bunday xarajatlar boshlang‘ich qiymatdan 3-4 baravar katta bo‘ladi. 




 

257 


 

Xaridor  ehtiyojlarni  qondirishda  uchraydigan  xarajatlar  darajasi  va  ehtiyojni 

qondirish  darajasi  tovar  raqobatbardoshligini  baholashda  muhim  omillar  sanaladi. 

ehtiyojni qondirish darajasi mahsulot sifati va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan 

belgilanadi. 

Kafolat - xaridorni tovar yoki xizmat qabul qilingan sifat bo‘yicha standartlarga 

mos kelishiga ishontirishdir. 

Kafolatli  servis  -  texnikaning  to‘xtamasdan  (buzilmasdan)  ishlashi  ularga 

bog‘liq  bo‘lgan  barcha  ishlarni    o‘z  vaqtida  va  bepul  amalga  oshirish.  Xaridorni 

kafolat  xizmatlari  haqida  xabardor  qilish  uchun  mahsulot  pasportida  albatta  servis 

xizmatlari  ko‘rsatilishi  haqida  axborot  va  xizmat  ko‘rsatish  markazlarining  manzili 

ko‘rsatiladi.  Kafolat  xizmatlari  hajmi  va  kafolat  muddati  tovar  qiymatiga,  uning 

murakkabligiga  va  xizmat  muddati  uzunligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Rivojlangan  bozor 

munosabatlari  sharoitlarida  kafolat  xizmatlari  hajmi  va  muddati  bo‘yicha  uzaytirilishi 

mumkin. 

Kafolatdan  keyingi  servis  xuddi  shu  muammolarni  hal  qilishga  yo‘naltiriladi, 

faqat belgilangan narx va tariflar bo‘yicha pullik asosda amalga oshiriladi. 

Yuqorida  aytib  o‘tilganidek,  servis  xizmatlari  tizimi  tovarning  ajralmas  qismi 

sanaladi  va  firma  raqobatbardoshligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Shu  sababli  firma 

maxsus servis xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantiradi. Servis  u  yoki bu tovarning 

iste’mol baholari yuqoriroq bo‘lishiga erishishga xizmat qiladi. 

Servisni amalga oshirishga asosiy yondashuvlar 15.4-jadvalda aks ettirilgan. 

Iste’molchiga servis xizmatlarini turli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin, chunonchi: 

➢  ishlab chiqaruvchi korxonaning servis bo‘limi; 

➢  tovarni sotuvchi agentlar (dilerlar); 

➢  ishlab  chiqaruvchi  korxona  bilan  shartnoma  bo‘yicha  maxsus  xizmat 

ko‘rsatuvchi firmalar; 

➢  iste’molchidan to‘lov evaziga maxsus xizmat ko‘rsatuvchi firmalar. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish