Toshkent davlat iqtisodiyot


 Sotuvchilarning sa’y-harakatlarini faoliyat sohalari bo‘yicha taqsimlash



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

8.3. Sotuvchilarning sa’y-harakatlarini faoliyat sohalari bo‘yicha taqsimlash 

Savdo  vakillariga  ma’lum  bir  hududlar,  mahsulotlar  yoki  mijozlarning  biriktirib 

qo‘yilishi – sotuv bo‘yicha menejerning eng  muhim  majburiyatlaridan biri bo‘lib, uni 

to‘g‘ri  bajarish  uchun  sezilarli  tahliliy  qobiliyatlar  talab  etiladi.  Xarid  bo‘yicha 

menejer  tomonidan  qabul  qilingan  qarorlar  savdo  operatsiyalari  samaradorligini  – 

sa’y-harakatlar  va  natija,  qo‘shilgan  hissa  va  olingan  samara  o‘rtasidagi  aloqani 

belgilab  beradi.  Ular  shuningdek,  sezilarli  darajada  sotuv  faoliyati  muvaffaqiyatlarini 

va qo‘yilgan maqsadlarga erishishni belgilab beradi. 

Xodimlarning sa’y-harakatlarini optimal taqsimlash shartlari iqtisodiyot asoslarini 

o‘rgangan  har  bir  kishiga  tanishdir.  Optimal  taqsimotda  sa’y-harakatlar  samarasi  ular 

qo‘llangan  barcha  ob’ektlar  uchun  bir  xilda  bo‘ladi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

harakatlarni  bir  mijozdan  boshqasiga,  bir  hududdan  boshqa  hududga  yoki  bir 

mahsulotdan boshqa  mahsulotga qaratish  umumiy samarani oshirmaydi, aksincha, uni 

kamaytirishi mumkin bo‘ladi.  

Sotuv  bo‘yicha  menejer  hal  etishi  zarur  bo‘lgan  muammoning  asosida 

sotuvchining harakatlari (deyarli har doim amalga oshirilgan ishbilarmonlik tashriflari 

soni bilan o‘lchanadi)  va sotuv  natijalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish zarurati  yotadi. 

Ko‘rinib turibdiki, bu ayniqsa, harakat va uning natijasi o‘rtasida bir necha oy masofa 

bo‘lgan  xarid  vaziyatlarida  juda  murakkab  muammo  sanaladi.  Javob  reaksiyasi 

tariqasida alohida mijozlar yoki hajman katta bo‘lgan mijoz guruhlari, masalan, butun 

boshli  geografik  hududlar  javobini  ko‘rib  chiqish  mumkin.  Bu  munosabatda  bog‘liq 



 

146 


 

bo‘lgan  o‘zgaruvchi  turli  ko‘rinishlarga  ega  bo‘lishi  mumkin,  masalan,  belglangan 

davr uchun umumiy sotuv hajmi, sotuvchi belgilangan vaqt davomida bajarishga qodir 

bo‘lgan  mijoz so‘rovlari  foizi, yaqin kelajakdagi  ishbilarmonlik uchrashuvi davomida 

bitim tuzishga erishish ehtimoli va hakozo. 

Sotuv  bo‘yicha  menejer  sarflangan  harakatlarga  javob  reaksiyalarini  baholashga 

intuitiv  va  tizimsiz  ravishda  yondashishi,  biroq  bu  masalaga  uni  hal  qilish  uchun 

boshqaruv masalalari bo‘yicha mutaxassislar jalb etgan holda tahliliy yondashishi ham 

mumkin.  O‘tkazilgan  tahlil  darajasidan  qat’i  nazar,  menejer  harakatlarni  optimal 

taqsimlash  haqida  qaror  qabul  qilish  uchun  mijozlarning  javobini  taxminan  baholashi 

lozim. Yaxshi ta’lim olgan sotuv bo‘yicha menejer mijozlarning javoblari funksiyasini 

matematik  ifodalay  oladi  va,  ehtimol,  butun  jarayonni  u  yoki  bu  natija  olish  ehtimoli 

nuqtai-nazaridan  ko‘rib  chiqa  oladi.  Mijozlarning  javobi  funksiyasi  o‘tgan  davrdagi 

sotuv  natijalari  va  harakatlar  nisbatini  statistik  tahlil  qilish  yordamida  baholanishi 

yoxud  nazorat qilinadigan sharoitlarda eksperiment o‘tkazilib, uning davomida bir  xil 

mijolzlarga  nisbatan  savdo  harakatlari  belgilangan  vaqt  davri  oralig‘ida  turli 

variantlarda  bo‘ladi.  Javoblardagi  farq  diqqat  bilan  kuzatib  borilishi  va  tahlil  qilinishi 

lozim.  Natijada  mos  keluvchi  xarajatlarni  bemalol  qoplaydigan,  juda  muhim  va 

qimmatli  ma’lumotlar  olinishi  mumkin.  Ehtimol  shunday  bo‘lsa  kerakki,  bog‘liq  va 

bog‘liq  bo‘lmagan  o‘zgaruvchi  o‘rtasida  «kechikkan»  munosabatlar  tamoyiliga 

asoslangan  modellar  faqat  bitta  davr  uchun  ma’lumotlarni  o‘rganish  bilan 

chegaralanadigan modellardan ko‘ra aniqroq bo‘lib chiqadi. 

Harakatlarni  qo‘llash  vaqti  va  sotuv  natijalari  olingan  vaqt  oralig‘i  juda  uzun 

bo‘lgan  va  ularning  bir-biriga  bog‘liqligini  aniq  belgilashga  imkon  bermaydigan 

vaziyatlarda  sotuv  bo‘yicha  menejer  biron-bir  oraliq  natijani,  masalan,  mijozning 

xabardorlik  darajasi  va  uning  korxonaga  nisbatan  ishonch  darajasini  ko‘rib  chiqishi 

mumkin. Bu tahlil natijalari sotuv hududini mijozlar guruhi tarkibi bo‘yicha bir xilroq 

hududlarga  taqsimlash  uchun  foydalanilishi  mumkin  bo‘lib,  bu  savdo  vakilining 

vaqtini yaxshiroq rejalashtirishga imkon beradi.  

Amaliyotda  sotuv  bo‘yicha  menejer  –  vaqt  va  harakatlarni  taqsimlash  haqida 

optimal  qaror  qabul  qilinganidan  so‘ng  –  muayyan  savdo  vakillarining  kuchli  va 



 

147 


 

kuchsiz tomonlarini, ularning ish tajribasini, o‘qitish zaruratini o‘rganishi va bularning 

barchasini  yakuniy  qaror  qabul  qilishda  hisobga  olishi  lozim.  Mijozlarni  savdo 

vakillariga  biriktirib  qo‘yish  muammosi  sotuvchi  va  xaridorning  strategik  hamkorlik 

sharoitlarida    va  umummilliy  miqyosda  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha 

dasturlarni joriy qilishda ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Mijozlarni savdo vakillari o‘rtasida samarali taqsimlash uchun anchayin ziyraklik 

talab  etiladi.  Diqqat  bilan  bajarilgan  tahlil  qabul  qilinadigan  qarorlarning  ehtimoliy 

oqibatlarini  aniqlashga  yordam  beradi.  Ayrim  savdo  vakillari  ma’lum  bir  mijozlar 

bilan  munosabatlarni  boshqa  mijozlar  bilan  taqqoslaganda  yaxshiroq  yo‘lga  qo‘yishi, 

mijozlar  sotuv  bo‘yicha  menejerdan  ular  bilan  ishbilarmonlik  uchrashuvlarini  aynan 

shu  savdo  vakillari  o‘tkazishini  talab  qilishi  mumkin.  Oliy  ma’lumot,  ish  tajribasi  va 

savdo  vakilini  o‘qitish  ma’lum  bir  mijoz  bilan  ishlarni  olib  borish  uchun  ayniqsa 

qimmatli bo‘lib chiqishi mumkin. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish