Partizancha marketing (guerrilla marketing) deb pul kiritmagan yoki deyarli pul
kiritmagan holda o‘z tovari yoki xizmatini samarali ilgari surishga, yangi mijozlar
jalb qilish va foydani oshirishga imkon beradigan kam byudjetli reklama va
marketing usullariga aytiladi. SHu sababli partizancha marketing «kam byudjetli
marketing» yoki «kam xarajatli marketing» deb ham ataladi.
Virusli marketing bu – shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning
reklamasi kishiga shu qadar ta’sir ko‘rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish
g‘oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o‘za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu
kishining u haqida do‘stlari va tanishlariga o‘zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan,
unga yoqadigan reklamadir.
Virusli marketing bu – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun
mavjud ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan marketing texnikasi.
Virusli marketing bu – e-mail-marketing uchun xos bo‘lgan uslubiy tamoyillar
bo‘lib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga etkazishini
rag‘batlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning eksponensial o‘sishi uchun
131
salohiyat yaratadi. Xuddi viruslar kabi, bunday texnologiyalar uzatilgan xabarlar
sonini oshirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanadi.
Virusli marketing – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun
odamlarning o‘zidan foydalanadigan marketing texnikasi. Bu «og‘izdan og‘izga»
marketing kommunikatsiyasidan foydalangan holda axborotni tarqatish, mish-
mishlarni boshqarish texnologiyasi, partizancha marketing elementi, tavsiyalar
bo‘yicha marketing yoki «uzunquloq radio» deb atalishi ham mumkin.
Hozirgi paytda virusli marketingning eng tarqalgan vositasi Internet hisoblanadi.
Tarmoq marketingi bu – kompaniyaning mustaqil vakillari yoki distribyutorlar
tomonidan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqatish bilan
bog‘liq biznes. Tarmoq marketingining asosiy vazifasi maksimal sondagi odamlarni
axborot bilan qamrab olish hisoblanadi. Tarmoq marketingining zamonaviyroq
sanalgan MLM (Multi-Level Marketing) tushunchasi «Ko‘p tarmoqli marketingi»
sifatida izohlanadi. Tarmoq marketingida mahsulot yoki xizmatni tarqatishga juda
ko‘p odam jalb qilinadi. Tarmoq marketingi sohasida faoliyat yuritadigan juda ko‘p
kompaniyalar mavjud. Har qanday mahsulot yoki xizmat bugungi kunda tarmoq
marketingi tizimi yordamida tarqatiladi
19
.
Tarmoq marketingi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv usuli bilan chakana savdoning eng
tarqalgan varianti. Tarmoq marketingi uchun tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi
o‘rtasida ulgurji savdo firmalari yo‘qligi xarakterli – tovarning butun harakati yangi
ustama narxlar yuzaga keltirmagan holda tarqatuvchilar tarmog‘ida ro‘y beradi. Keng
tarmoqlangan tarqatuvchilar tarmog‘i vujudga keladi. Tovar ishlab chiqaruvchi
kompaniya sotuv hajmini oshirganlik uchun qo‘shimcha chegirmalar taqdim etgan
holda tarmoqning o‘sishini rag‘batlantiradi. Tarmoq marketingida, qoidaga ko‘ra,
ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalari o‘tkazilmaydi – sotuvchining
o‘zi tovarn xaridorga taqdim etadi, tovar xususiyatlari haqida ma’lum qiladi, uning
ustunliklarini namoyish etadi.
19
www.marketing.kharkov.ua/marketing/setevoy-marketing.html
132
Kross-marketing – bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha
iste’molchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda
keltiradigan texnologiya hisoblanadi.
Usulning mohiyati quyidagidan iborat: ikki yoki undan ortiq kompaniya o‘z
mahsulotlarini ilgari surish uchun birgalikda aksiya tashkillashtiradi. Bunda reklama
qilinadigan tovarlar yoki xizmatlar bir-biriga yo‘ldosh bo‘ladi va go‘yoki bir-birini
to‘ldirib turadi.
Kross-marketing turli tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda faol qo‘llanadi. U
oziq-ovqat sohasida juda faol foydalaniladi. Agar keng miqyosdagi kross-aksiyalar
ko‘zga tashlanmasada, supermarketlarda kross-savdo deb atash mumkin bo‘lgan
yo‘ldosh tovarlar taklifi juda ko‘p uchraydi. Asosiysi – iste’molchilar tomonidan
reklama yoki majburan o‘tkaziladigan tovar sifatida qabul qilinmaslikdir. Buning
ustiga, xaridorlar tashkil qilingan bunday qulayliklar uchun minnatdor ham bo‘ladi.
Hammasi oddiy – ularni joylash do‘konning boshqa hududida ro‘y beradigan
bo‘lsada, yo‘ldosh tovarlar yonma-yon joylashtiriladi.
Mobil marketing – ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni,
smartfon
yoki
cho‘ntak
portativ
kompyuteri
(KPK)
foydalaniladigan
kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi
20
.
Mobil marketingning asosiy afzalliklari – reklama kampaniyasiga boshqa media
vositalarni integratsiya qilish hisobiga reklama imkoniyatlarini kengaytirish,
samaradorlik.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
marketing
(direct-marketing,
direkt-marketing)
–
iste’molchidan javob olishga – yoki mahsulotga buyurtma ko‘rinishida, yoki
axborotga keyingi buyurtma ko‘rinishida, yoki bevosita ta’minotchiga murojaat
shaklida javob olishga qaratilgan har qanday tadbir.
Direkt-marketing bu – kompaniya ular yordamida o‘z tovar va xizmatlarining
har bir iste’molchisi bilan shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kommunikatsiyalari
yo‘lga qo‘yadigan va ular bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlar
20
Ульяновский А.В. Маркетинговые коммуникации: 28 инструментов миллениума /А.В. Ульяновский. - М.:
Эксмо, 2008. - С. 17.
133
o‘rnatadigan chora-tadbirlar kompleksidir. Bunda kommunikatsiyalar ikki taraflama
xarakterga ega bo‘ladi, samarali qaytuvchan aloqa o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |