Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Mahalliy kanallar. Mahalliy kanallar o‘z nomidan kelib chiqqan holda mahalliy 
guruhlarga xizmat ko‘rsatadi. Axborotni kerakli paytda kerakli joyga kelganlar oladi.  
Mahalliy  kanallar  bizni  ommaviy  sotuvlar  emas(chunki  buni  hamma  ham  sotib 
ola  olmaydi),  balki  tovarning  qimmat  ekanligi  yoki  maxsus  vazifalarga 
yo‘naltirilganligi  (masalan,  kolyaskalar  faqat  yosh  bolali  oilalarga  –  katta  guruhga 
kerak,  qimmat  kolyaskalarni  faqat  yosh  bolasi  bo‘lgan  badavlat  oila  –  kichik  guruh 
xarid qila oladi) bilan qisqartirilgan sotuvlar qiziqtirgan  holatda zarurdir. Bu  holatda 
ommaviy kanallardan foydalanish – asossiz ravishda pulni ko‘kka sovurishdir.  
Misol:  ikkita  zoologga  qo‘riqxonadagi  nosoroglarni  sanab  chiqish  topshirildi. 
Birinchi  zoolog  vijdonan  bunga  bir  oy  vaqt  sarfladi.  Ikkinchi  zoolog  esa  oxirgi  kun 
keldi  va  u  ham  sanab  chiqdi.  Va  –  ajablanarlisi  –  ularning  natijalari  bir  xil  chiqdi. 


143 
 
Birinchi  zoolog  hayron  bo‘lib  ikkinchi  zoologdan  qanday  qilib  buning  uddasidan 
chiqqanligini  so‘radi.  Ikkinchi  zoolog:  "Men  shuni  bilamanki,  BARCHA  yo‘lbarslar 
HAR KUNI aynan SHU ERDA suv ichadi, men ularni mana shu erda sanab chiqdim" 
deb javob berdi va ularning suv ichadigan joyini ko‘rsatdi.  
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki:  ularning  yuradigan  yo‘llarni  topib,  bu 
yo‘lda o‘zining axboroti bilan bo‘lish mumkin bo‘lgan bir paytda potensial mijozlarni 
butun shahar bo‘ylab izlash shartmikan?  
Bugungi  kunda  tug‘ruqxonadan  chiqayotgan  yosh  onalarning  ko‘pchiligi 
reklama  bukletlari  va  bepul  taglik  namunalari,  bolalar  ozuqasi  va  go‘daklar  uchun 
kosmetika  mahsulotlari  to‘plamini  sovg‘a  tariqasida  olmoqda.  Bolalar  kosmetikasi 
markalari  bilan  tanishuv  ko‘pincha  aynan  shunday  boshlanmoqda.  Bunday 
mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  firmalar  asosan  tovarlarni  siljitishning  shu  usulidan 
foydalanadi.  Albatta,  ular  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  reklamasiz  ish  bajarmaydi,  biroq  eng 
katta samarani keng miqyosli televizion reklama emas, balki pediatrlar orqali (fikrlar 
etakchilari  orqali  shaxsiy  kanal),  tug‘ruqxonalar  orqali  va  yosh  onalar  uchun 
ixtisoslashgan nashrlar orqali siljitishyordam bermoqda.  
Ikkita aniqlik kiritib o‘tamiz:  
"Suvloqlar" doimiy (bizdan doimo mustaqil) va maxsus tashkil qilingan (tematik 
ko‘rgazmalar,  bayram  va  shoular,  taqdimotlar,  tematik  ma’ruzalar  va  h.k.)  bo‘lishi 
mumkin.  
Oyoq bilan yurish, ko‘z (ko‘rish) va quloq (tinglash) bilan «yurish» mumkin.  
Shunday ekan, mahalliy kanallar ("suvloqlar") tabiiy (u erga boriladi) va axborot 
(tinglanadi va ko‘riladi) turlarda bo‘lishi mumkin. ularni alohida ko‘rib chiqamiz.  

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish