Ko‘rgazma va yarmarkalar. Ko‘rgazma va yarmarkalar ilmiy hajmdor
innovatsion mahsulotlarni siljitishda juda sezilarli rol o‘ynaydi. Innovatsion
firmaning ko‘rgazma-yarmarka kabi tadbirda
ishtirok etish
maqsadi va
texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.
Ko‘rgazma bu – uning nomi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, asosiy maqsadi
ommani insoniyatda o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mavjud bo‘lgan vositalarni
namoyish etish yo‘li bilan, shuningdek, faoliyatning bitta yoki bir nechta sohalarida
taraqqiyot maqsadlarida va kelgusi istiqbollardan xabardor qilishdan iborat bo‘lgan
namoyishdir.
150
Yarmarka bu – namunalarning xalqaro iqtisodiy ko‘rgazmasi bo‘lib, u
nomlanishidan qat’i nazar o‘tkazilayotgan mamlakat urf-odatlariga muvofiq keng
iste’mol tovarlari va/yoki asbob-uskunalar yirik bozorini ifodalaydi, bitta joyning
o‘zida chegaralangan vaqt davomida belgilangan muddatlarda bo‘lib o‘tadi va unda
eksponentlarga milliy va xalqaro miqyosda savdo bitimlari tuzish uchun o‘z
mahsulotlari namunalarini namoyish etishga ruxsat beriladi. Unda olib chiqqan holda
savdo qilishga ruxsat etiladi.
Ko‘rgazma va yarmarkalarning asosiy ustunliklaridan biri shuki, ularda qoidaga
ko‘ra turli mamlakatlardan turli ishlab chiqaruvchilarning juda ko‘p sonli tovar
namunalari mujassam topadi. Bu esa xaridorga qisqa vaqt ichida bozorda mavjud
bo‘lgan takliflar bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan zarur maslahatlar olish, narx
va sifat tavsifnomalarini kerakli tarzda taqqoslash, muzokaralar o‘tkazish, tijorat
tshartlarini kelishib olish va nihoyat, shartnoma imzolash imkonini beradi. Bunad
xaridor yangi mahsulot bilan ishchi ko‘rinishda tanishish, u bilan ishlash usullarini,
qo‘llanish sohasi va samaradorligini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu mashina
va asbob-uskunalar xarid qilishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish eksponentlarga o‘z korxonasining ham
kommunikatsion, ham narx shakllantirish, ham sotuv, ham tovar siyosatini bir
vaqtning o‘zida amalga oshirish imkonini beradi. Marketing vositalaridan boshqa
birontasi korxona va uning mahsulotlarini butun boricha to‘liq namoyish etish va shu
bilan bir paytda mijozlar bilan shaxsiy aloqalar o‘rnatish imkoniyatini taqdim eta
olmaydi.
Innovatsion mahsulotlarni siljitish bo‘yicha bu ko‘rgazmalarda tuziladigan
asosiy tijorat bitimlari quyidagilardir:
• shartnomalarning asosiy turi bu – tovarni kelgusida etkazib bergan holda
namoyish etilayotgan namunalar (shuningdek, modellar, chizmalar va kataloglar)
bo‘yicha bitimlar;
• bitimlarning boshqa turi bu – eksponatlarning o‘zini: mashina va asbob-
uskunalarni, uzoq muddat foydalaniladigan predmetlar va keng iste’mol tovarlarining
151
ayrim turlarini sotishdir. Bunday bitimlar tuzishda xaridor xarid qilingan tovarni mos
keluvchi ko‘rgazma yoki yarmarka yopilganidan so‘ng olib ketishi kelishib bolinadi.
Eksponentlarning aksariyati ko‘rgazmada ishtirok etishni marketing siyosatining
ajralmas bir tarkibiy qismi deb hisoblaydi. Marketing vositasi sifatida ko‘rgazmalar
korxona uchun marketing tadbirlari xarajatlarini optimallashtirishni anglatadi, chunki
ko‘p funksionalli ahamiyatga ega bo‘ladi. Ko‘rgazmalar, shuningdek, marketing
strategiyasini shakllantirish uchun ko‘plab zaruriy boshlang‘ich nuqtalar berishi
mumkin. Bu ko‘rgazmalarning ayrim funksiyalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak,
yanada aniqroq ma’lum bo‘ladi:
ko‘rgazmalar maqsadli bozorlarning o‘ziga xos ko‘zgusi hisoblanadi;
ko‘rgazmalar yorqin, hayajonli hodisa hisoblanadi hamda potensial xaridorlar
va hamkorlarni o‘ziga jalb qiladi;
ko‘rgazmalar bozor haqida axborot to‘plagna imkon beradi;
ko‘rgazmalar yangi bozorlarni yanada ochiqroq qiladi;
ko‘rgazmalar narx va erishiladigan natijani to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslashga
imkon beradi;
ko‘rgazmalar intensiv axborot almashinishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, ko‘rgazma yoki yarmarkada ishtirok etish haqidagi qaror
ularni o‘tkazish joyi, ehtimoliy auditoriya tarkibi, ko‘rgazmaning tarmoqdagi nufuzi,
tashkilotchilarning kerakli sharoitlarni ta’minlash qobiliyati, ko‘rgazma maydonlari
qiymati, kutilayotgan qatnashchilar va ularning soni kabi mezonlar asosida qabul
qilinadi.
Ushbu ko‘rgazmada o‘tgan yillar tajribasi (tuzilgan bitimlar soni),
tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar (simpoziumlar va h.k.) va ularning
natijalari bo‘yicha ishbilarmonlik faolligi xarakteri hisobga olinadi.
Firmaning ko‘rgazmada ishtirok etishi reklamasi ham u qatorga kiradigan
qo‘shimcha tadbirlar xarajatlari istalgan holda ham rejalashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ko‘rgazma tashkilotchilari reklamasi tashrif buyuruvchilarni faqat ko‘rgazma
hududiga olib keladi, eksponent reklamaci esa ularni yanada uzoqroq, korxona stendi
tomon etaklaydi.
152
Eksponatlar namoyishi vizual axborot olishga imkon beradi, biroq ushbu
tovarlar ustunliklarini amaliy o‘zlashtirish vizual qabul qilingan axborotdan ustunlik
qilishi va bevosita muloqotga olib kelishi lozi.
Ko‘rgazmalar boshqa hech qaysi axborot vositalarida ko‘rilmagan darajada
maqsadli guruhlar ichida bevosita reaksiyaga olib keladi va bozorni tahlil qilish
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar beradi. Ko‘rgazma hodisa sifatida belgilangan zamon
va makon bilan bog‘liq ekanligi sababli undagi muvaffaqiyat ham aniq o‘lchanishi va
baholanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |