Termiz davlat universiteti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Vosita va uslublar sostavining xususiyatlari



Download 14,88 Mb.
bet61/167
Sana25.02.2022
Hajmi14,88 Mb.
#464687
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   167
Bog'liq
4-Kurs Nazariyaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Vosita va uslublar sostavining xususiyatlari. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. O‘tish davrida asosan faol dam olish mashq bilan chiniqqanlikni saqlash uchun qo‘llaniladigan umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari arsenalidan olingan mashqlar asosiy o‘rin egallaydi. Bunda bir holatdan ikkinchisiga o‘tishlarni keng qo‘llash yo‘li bilan faol dam olish rejimi yaratiladi. Bu ishlayotgan ayrim muskul guruhlarini almashtirib turishdan ko‘ra, ko‘proq butun faoliyat xarakterining o‘zgarishidir va ayrim muskul guruhlari ishining formalari va shart-sharoitlarini charchoq hosil qilgan asosiy faoliyatdan keyingi tiklash jarayonlarini yengillashtiradigan va tezlashtiradigan qilib almashlab turishdir.
Vositalar aniq tarkibi g‘oyat xilma - xil bo‘ladi. Jumladan, turizm, harakatli o‘yinlar, sport - kumaklashuv gimnastikasi, qo‘-shimcha sport turlaridagi mashqlardan keng qo‘llash yo‘li bilan faol dam olish rejimi yaratiladi. Harakat faoliyatining ilgari o‘zlashtirilgan formalaridan ham, yangi formalaridan ham foyda-lanish mumkin. Biroq bunda yangi faoliyat formalari unchalik ko‘p vaqt hamda kuch talab etmaydigan bo‘lishi kerak. Sportchiga mashg‘u-lot predmetini tanlash va almashlash uchun g‘oyat keng imkoniyatlar beriladi. Faqat faol dam olish shartlari buzilmasa bas.
Bu, albatta, faol dam olishning barcha vositalari birdek yaxshi va ularni tanlash umuman sport ixtisosiga bog‘liq emas, degan ma’noni bildirmaydi. Biroq barcha hollarda ham bu vosi-talar faqat bir ma’noda belgilab qo‘yilmaydi. Masalan, sport-ning bir xil turida ixtisoslashayotgan sportchilar faol dam olishning har xil formalarini tanlashlari mumkin, sportning mutlaqo boshqa - boshqa turlarining vakillari esa, o‘tish davrini bir-biriga o‘xshagan vositalaridan foydalanish asosida tuzishlari mumkin. Masalan, gimnastikasi ham, suzuvchi ham, bokschi ham bu davrni turistik sayohatda o‘tkazishi, o‘z ixtisosining ba’zi bir vositalaridan esa qo‘shimcha ravishda foydalanishi mumkin. Turizm (piyoda, chang‘ida, qayiqda, velosipedda va shu kabilarda) - mashg‘ulotning mazkur davridagi faol dam olishni tashkil etish-ning universal, ko‘p hollarda esa eng ratsional vositasi va uslubidir.
O‘tish davri boshlangan zahoti, odatda, musobaqa mashqlari (tanlangan sport turidagi) va ko‘proq ishlatib kelingan maxsus -tayyorlov vositalari bajarilmay qo‘yiladi. Bunda asosan maxsus tayyorgarlikning nisbatan ma’lum bir yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadigan (epchillikni rivojlantiradi-gan, ayrim mushak guruxlarining kuch sifatini yuksaltiradigan maxsus - tayyorlov mashqlari va hokazo) vositalari qoladi ba’zan esa, tanlangan sport turining yaxlit formalariga asoslangan mashqlar ham qo‘llaniladi, biroq bunda ularning kuch yoki tezlik xarakteristikasi kamayish tomonga o‘zgaradi (masalan, yuguruvchi-larda o‘rtacha intensivlikdagi yugurish, suzuvchilarda o‘rtacha intensivlikda suzish va hokazo). Sport turining yaxlit forma-lariga asoslangan mashqlar nihoyatda uzoq davom etadigan ishga ko‘nikishni talab qiladigan siklli sport turlari uchun tipikdir.
Maxsus tayyorgarlikning salmog‘i ancha kamayadi. Biroq umumiy va maxsus tayyorgarlikning shu paytdagi konkret miqdor nisbati sport turlarining xususiyatlariga qarab anchagina keng chegaralarda tebranishi mumkin: 4:2 - 19:1.
Shundan keyin o‘tish davrining spesifikasi mashg‘ulot uslublarini tanlashda namoyon bo‘ladi. Sportchining jismoniy va psixik fazilatlariga qattiq talablar qo‘yiladigan dam olish intervallari kamayib boradigan va umuman qat’iy intervalli takroriy mashqlar, shuningdek, yuklamani maksimum darajasiga yetguncha zo‘raytirib boradigan mashqlar tipidagi uslublar bu davr uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bu vaqtda musobaqa uslubini asosan uni rasmiy musobaqalar va boshqa yuksak psixologik yuklama talab etadigan musobaqalar bilan bog‘lamasdan, mashg‘ulotni uyushtirishning qo‘shimcha usullaridan biri sifatida qo‘llash ma’quldir.
Mikrosikllar yuklamalari dinamikasining va strukturasining xususiyatlari. O‘tish davrida yuklamalar umumiy darajasi faol dam olish va mashq bilan chiniqqanlikni saqlab turish qonuniyatlari bilan belgilanadi. Bu yerda qarama-qarshilik guyo birga qo‘shilib ketgandek bo‘ladi: birinchi tomondan, faol dam olish «yuklama»dan iborat bo‘ladi, chunki faol dam olish faoliyatsiz bo‘lmaydi va bunda ma’lum darajada ish potensial sarflanadi, ikkinchidan, ayni vaqtda «dam olish» dir, chunki unda boshqa faoliyatga nisbatan ish qobiliyati tiklanadi. Bunda tiklanish effektiga spesifik yuklamalar hajmi va intensiv-ligini ancha kamaytirish yo‘li bilan erishiladi. Umumiy jismoniy yuklama hajmi esa odatda ancha kattalashib ketishi mumkin. Ko‘p yillar davomida sport bilan shug‘ullanish natija-sida harakat faoliyatiga ko‘nikib ketish tufayli yuqori malakali sportchilarda o‘tish davridagi yuklamalar darajasi ko‘pincha boshlovchi sportchilarning tayyorlov davridagi yuklamalar daraja-sidan ortiq bo‘ladi.

Download 14,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish