Termiz davlat universiteti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 14,88 Mb.
bet69/167
Sana25.02.2022
Hajmi14,88 Mb.
#464687
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   167
Bog'liq
4-Kurs Nazariyaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Musobaqa o‘tkazish usullari
(O‘yin tizimi)

Har xil sport turlari bo‘yicha musobaqa amaliyotida musobaqa o‘tkazishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:

a) aylanma usul

-bunda xar bir sportchi (jamoa) boshqalari bilan birma-bir uchrashib chiqqunga qadar musobaqa davom ettiriladi;

b) o‘yindan chiqish

-bunda sportchi (jamoa) birinchilik uchun kurashda bir yoki ikki mag‘lubiyatdan keyin (musobaqa shartiga binoan) bellashuvni davom ettirishdan mahrum etiladi.

v) oraliq

-bunda yuqoridagi har ikkala usul aralashma xolda qo‘llaniladi;




Musobaqa o‘tkazishning u yoki bu usulini qo‘llash ushbu musobaqa xaqidagi nizom bilan belgilanadi.

Musobaqa o‘tkazishning u yoki bu usuli musobaqa oldiga qo‘yilgan vazifa, musobaqa yakunlanishi lozim bo‘lgan muddat; sportchilar (jamoalar) soni, ularning sport tayyorgarligi, o‘quv ishlab chiqarishda bandligi va xududiy joylashganligi, qatnash-chilar bellashuvini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan joylar (maydon) miqdori hamda albatta mablag‘ bilan ta’minlanishiga qarab belgilanadi.
Sport musobaqalari pedagogik, sport, metodik va ijtimoiy siyosiy vazifalarni yechishga yaqindan yordam beradi.
Sportchining musobaqa faoliyati. Musobaqa faoliyatining tuzilishi. Yosh sportchilardan tortib mahoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqalarga qatnashmay turib sport faoliyati xaqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Musobaqalar - sportchilar uchun, rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi va shu paytning o‘zida sportchidan yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, sport kurashiga o‘rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o‘rgatadi.
Sportchining musobaqalarda ko‘p qatnashishi shunchalik tajribaga ega bo‘lishligini amaliyot ko‘rsatib turibdi. Negaki sportning barcha turlari bo‘yicha bellashuvlar soni ortib ketdi.
Masalan, yuqori mahoratli velosipedchi, sprinter yil davomida 200-250 martadan musobaqaga chiqadi. (D.A.Polishchuk, 1982).
Malakali suzuvichlarning musobaqa tayyorgarligi kun tartibi ham tig‘iz bo‘ladi. Yiliga musobaqalar soni 25-30, davomiyligi 1 kundan 3-5 kungacha, 120-140 martagacha startlar bo‘ladi (V.N.Platonov, 1986).
O‘z mohiyatiga ko‘ra asosiy hisoblangan, mashqlarning yakuniy nuqtasi bo‘lgan bosh musobaqalar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak (yiliga 3-4 marta, sport o‘yinlari bundan mustasno). Bosh musobaqalar oddiydan murakkabga va qiyinchiligiga qarab joylashtirilishi lozim. Ularni joriy yilga shunday joylash-tirilish kerakki, bunda sportchi hal qiluvchi eng muhim musobaqaga doimiy tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lsin, musobaqalar orasida jismoniy hamda ruhiy dam olsin va bir musobaqada aniqlangan kamchiliklar mashq jarayonida keyingi musobaqalargacha tuza-tilsin.
Musobaqa davrida sportchi ishtirokining soni eng avvalo sport turi xususiyatiga bog‘liq. Sport turlarida musobaqalar (xaftasiga 1-2 musobaqa kunlari) chidamlilikda alohida talablar qo‘yadigan va uzoqroq tiklanishni talab etadigan sport turlaridagiga qaraganda ko‘proq o‘tkaziladi.
Sportchini musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik tizimida quyidagilarni hisobga olish zarur:
- sportchi uchun musobaqalar hafsala bilan tanlanishi va asta-sekin qiyinlashib boradigan bo‘lishi lozim;
- musobaqada kuch jihatdan teng bo‘lgan sportchilar qatnashish;
- yuqori darajadagi yutuqlarga erishish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi musobaqalarda qatnashish zarur;
- vaqtni u yerdan bu yerga kuchish va h.k.va kuchni ko‘p talab qiladigan musobaqalarning ko‘payib ketishi mashq ishlarini cheklab, sportchi tayyorgarligiga salbiy ta’sir etishi mumkin;
- musobaqalar taqvimi (kun, taqsimot, musobaqalar qiyinligi darajasi) shunday sharoit yaratishi kerakki, bunda sportchiga katta imkon yaratilsin. O‘tkazilayotgan barcha musoba-qalar shu maqsadga qaratilmog‘i zarur.
Shunday qilib, sport musobaqalari erishilgan yutuqlarni namoyish qilish, ayrim sportchi va jamoaning yutuqlarini baholash va solishtirish usuli ekan.
Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb yuritiladi. Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan ayrim xarakat, usul, kombinatsiyalardan iborat, tayyorgarlikning texnik, jismoniy, taktik, ruhiy integral darajasi bilan ta’minlanadi. Sport musobaqalarida qatnashish musobaqa faoliyati ko‘rinishining shakli hisoblanadi. Sport bellashuvi vaqti cheklangan raqiblik hisoblanadi, bu jarayonda bellashayotganlarning qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solishtiriladi.

Download 14,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish