Termiz davlat universiteti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Vosita va metodlar sostavidagi o‘zgarishlar



Download 14,88 Mb.
bet58/167
Sana25.02.2022
Hajmi14,88 Mb.
#464687
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167
Bog'liq
4-Kurs Nazariyaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Vosita va metodlar sostavidagi o‘zgarishlar. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. Mazkur davrda sport musobaqalari yanada takomil topishning eng muhim vositasi va metodi xisoblanadi. Musobaqa sharoiti hamda musobaqa jarayonining o‘zi yuzaga keltiradigan alohida fiziologik va emotsional fon mashg‘ulotlar jarayonida ko‘rinmaydigan zahiralar hisobiga jismoniy mashqlarning ta’sirini oshiradi va organizm funksi-onal imkoniyatlari oliy darajada namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga musobaqalar iroda tarbiyasi hamda sport maxoratini takomillashtirish jarayonida mislsiz katta rol o‘ynaydi. Bular bari sport formasi davrida musobaqalardan faqat sport imkoniyatlarini ishga solish vositasi sifatidagina emas, balki yanada olg‘a borishning eng ta’sirchan faktori sifatida ham keng foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.
Musobaqalar miqdori albatta sport turlarining xususiyati va sportchilarning malakasiga bog‘liq. Masalan, sportning tezkor-kuchlilik talab qiladigan ko‘pchilik turlarida hamda sport o‘yinlarida yuqori malakali sportchilar deyarli butun musobaqa davrida har xaftada musobaqalasha olsalar, hoyat zo‘r chidamlilik talab etadigan sport turlari, shuningdek, sportdagi yakkama - yakka kurashuvlar va ko‘pkurashlar uchun musobaqaning bunday rejimi to‘g‘ri kelmaydi. Biroq musobaqalarning umumiy soni, faqat sportning tanlangan turlaridagina emas, qo‘shimcha turlarida ham xamisha sportchining jismoniy va iroda sifatlarini effektiv suratda tarbiyalash, uning mahoratini oshirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Jadvalga qarab kuchli sportchilarning amaliy faoliyatida musobaqalarning ahamiyati xaqida bir oz tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Unda butun yil davomida musobaqalarning umumiy soni (sportning tanlangan va qo‘shimcha turlarida, agar sportchi keyingilaridan foydalangan bo‘lsa) keltirilgan. Musobaqalar-ning bir qismi (taxminan 10-20 foizgacha) tayyorlov davrining ikkinchi bosqichiga, qolganlari musobaqa davriga to‘g‘ri keladi. Jadvalda o‘quv chamalashlari va boshqa norasmiy xarakterdagi musobaqalarning, shuningdek, sportning ayrim turlarida bir musobaqada 10 va undan ortiq, bir yilda esa 100 va undan ortiq martaga yetadigan musobaqa urinishlari (startlari) ning soni ko‘rsatilmaganini xisobga olmoq lozim.
Shu jadvalning o‘zidan (oxirgi grafasidan) ko‘rinib turibdiki, sportchi o‘zining imkoniyatlarini rekord natijalarda ko‘rsatishdan avval mashg‘ulotning har bir siklida sport kura-shining real sharoitlarida butun bir seriya sinovlardan o‘tib chiqar ekan. Bunday «maktab» ni o‘tish uchun faqat tanlangan sport turida emas, balki mustaqil yoki yaqin (mazkur sport turiga nisbatan) mashqlardan xam musobaqalashadilar: ko‘pkurashchilar ko‘pkurashning ayrim turlarida chiqadilar, yuguruvchi, velosipedchi, changichilar asosiy turga yaqin turli masofalarda musobaqalasha-dilar va shunga o‘xshash. Bu tanlangan sport turidagi musobaqalar oraliqda katta intervallar talab etadigan joylarda, ayniqsa, muhimdir. Intervallarni shunday qo‘shimcha musobaqalar bilan to‘ldirib, mashg‘ulot samarasini ancha oshirishga erishiladi. Bunda musobaqalarning ummiy soni ancha salmoqli darajada ortadi (masalan, chang‘ichilarda va xatto o‘nkurashchi yengil atletikachilarda ham 2 va undan ortiq martaga yetadi).
Sportchi faqat tanlangan mashqda musobaqalashayotganidan yoki yana qo‘shimcha mashqlarda ham chiqayotganidan qat’i nazar, musobaqalar o‘z ahamiyati va yo‘nalish darajasi bo‘yicha bir - birlaridan farq qilinishi kerak. Musobaqalarning bir qismi xatto musobaqa davrida ham tayyorgarlik xarakteriga ega bo‘ladi va ulardan asosiy, eng mas’uliyati musobaqalarga yaqinlashtirish uchun foydalaniladi.
Tabiiyki, bu davrda musobaqa mashqlarining salmog‘i ortib boradi: bu maxsus - tayyorlov mashqlarining miqdorini qisqarti-rish hisobiga ortib borganidan ko‘ra ko‘prok musobaqalardan keng foydalanish ham mashg‘ulotlarda musobaqa mashqlarini tez - tez ba-jarib turish natijasida sodir bo‘ladi. Maxsus - tayyorlov mashq-larining sostavi bundan oldingi davrning oxirida qanday bo‘lgan bo‘lsa, asosan shundaligicha qoladi.
Umumiy tayyorgarlik vositalaridan foydalanishda anchagina o‘zgarishlar yuz beradi. Sport formasi turg‘un vaqtda «salbiy» ta’sir etuvchi xavf kamayadi va, binobarin, mashqlarni kengrok miqyosda almashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Garchi umumiy -jismoniy tayyorgarlik asosan ilgari o‘zlashtirilgan mashqlar materialidan ko‘rilsa ham, biroq mashqlarning tarkibi va ularni almashlash jihatidan tayyorlov davrining ikkinchi bosqichidagiga qaraganda ko‘proq xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu umumiy tayyor ekanlik darajasini saqlab turish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu esa o‘z navbatida maxsus tayyor ekanlikni saqlab turish va yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bir holatdan ikkinchisiga o‘tishlar - faol dam olish yordamida ish qobiliyatini kundalik tiklab borish sharoiti ham yengillashadi. Musobaqa davrida davrning uzunligi qanchalik katta bo‘lsa va maxsus tayyorgarlikning mazmuni qanchalik bir xil bo‘lsa, mashqlarning xilma-xilligi-ning ahamiyati shunchalik katta bo‘lsa kerak. Chunki bir yo‘nalish-dagi faoliyat qo‘riqlovchi tormozlanishga tezroq olib keladi hamda funksional imkoniyatlarni cheklab qo‘yadi. Musobaqa davrida umumiy tayyorgarlikning salmog‘i maxsus - tayyorgarlik bosqichida-giga qaraganda umuman past bo‘ladi. Agar musobaqalar davri nisbatan qisqa muddatli bo‘lsa, umumiy va maxsus tayrgarliklar nisbati taxminan tayrgarlik davrining oxirida qanday bo‘lsa, shunday darajada saqlanib qoladi. Agar musobaqa davri 2-3 oydan ortiqqa cho‘zilib ketsa, u holda bu nisbat oraliq bosqichda umumiy tayyorgarlikning salmog‘ini bir qadar ortirish tomoniga o‘zgarishi kerak.
Hozirgi mavjud amaliyotda ko‘pincha mutlaqo boshqacha manzarani ko‘rish mumkin: musobaqalar davri boshlanishi bilan umumi tayyorgarlikning salmog‘i yo keskin qisqarib ketadi yoki yo‘q darajaga tushib ketadi. Hozirgi zamon ilmiy qarashlari va ilg‘or tajriba bunday yo‘lni ratsional emas deb xisoblash uchun yetarli asos beradi.
Maxsus - tayyorlov bosqichida umumiy tayyorgarlikning salmog‘i pasayishi mashg‘ulot qonuniyatlariga to‘g‘ri keladi va umumiy mashq bidlan chiniqqanlik darajasini yo‘qotishga sabab bo‘lmaydi (chunki birinchi bosqichda ishlatilgan yuklamalarning katta hajmi ta’sir qilishda davom etadi). Umumiy tayyorgarlik hajmining bundan keyingi uzoq muddat qisqarishi esa, turli adaptatsion jarayonlarning shakllanib qolgan nisbatlarini buladi va sport formasining funksional bazasini kamaytiradi. Shuning uchun yetakchi sportchilarning musobaqa davrida mashg‘ulot uchun ajratilgan umumiy vaqtning 30%, ba’zan xatto undan xam ortiq foizni umumiy tayyorgarlikka sarflashlari tobora ko‘payayotgani bejiz emas. Tadqiqotlar, jumladan sportning tezkor - kuchlilik talab qiladigan turlari bo‘yicha ixtisoslashayotgan sportchilar uchun kuch - quvvat xarakteridagi mashqlarning anchagina qismini saqlab qolish zarur ekanini ko‘rsatdi (N.Bazanov, R.Kempbell, V.Bara-novskiy va boshqalar).

Download 14,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish