Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha



Download 494,11 Kb.
bet21/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Tayanch so’zlar: mustaqillik, din, qadriyat, millat, umuminsoniy qadriyat, insonparvarlik, fan, metodologiya, ijtimoiy fan.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobining mazmun va mohiyati.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma’naviyat, uni anglash, uni shakllantiradigan asosiy mezonlar, ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi, bugungi globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog’liq muammolar tahlil va talqin etilgan. Bu asar aynan ma’naviyatning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini ko’rsatib beruvchi, ma’naviyat tarixi, buguni va kelajagini yoritb beruvchi, jamiyatimiz ma’naviyatini shakllantirishda zarur bo’lgan muhim asar hisoblanadi.
Bu asarda I.Karimov ma’naviyatga shunday ta’rif bergan: “ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”[1].
Haqiqatan ham ma’naviyat – inson ongi va shuurini yorituvchi nur. U insonlarningo’zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida shakllangan va rivojlangan qadriyatlar tizimidir. Inson ma’naviyatini o’zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, umrining oxirigacha shakllantiradi. Insonning o’z ma’naviyatini rivojlantirishga bo’lgan ehtiyoji cheksizdir. U insonning butun ongli faoliyati davomida shakllanadi, rivojlanadi. Shu ma’noda ma’naviyat insonning ongliligini, qobiliyatini, intilishlarini ham o’z ichiga oladi.
Insonning botiniy dunyosini, gavhar to’la tubsiz dengizga qiyoslash mumkin. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o’z – o’zining anglashi, did-farosati, adolatni razillikdan, yaxshilikdan, yomonlikni, go’zallikni, xunuklikdan, oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, ularni amalga oshirish yo’lida ongli faoliyat ko’rsatish va intilishi[2].
Ma’naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonning hatti- harakatlarida, o’zligini qaysi darajada anglashida, o’zining oila va jamiyatdagi o’rnini tushunishda Vatan va millatga munosabatida namoyon bo’lishi ushbu asarda o’z aksini topgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning ma’naviyatga bergan ta’riflaridan meni xayolimni ruhi pok, irodasi baquvvat, iymoni butun, vijdoni uyg’oq odamni yengib bo’ladimi degan savol chulg’ab oldi. Ana shunday fazilatlarga ega bo’lgan xalqni-chi? Aslo. Shuning uchun ham muallif ma’naviyat timsolida inson, jamiyat va davlat uchun yengilmas kuch mqanbaini ko’radilar va bu qarashni ilmiy-falsafiy asosda asoslab ham ko’rsatilgan.
Tabiiyki, butun bir mamlakat yoki xalq ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotining strategik yo’nalishlarini, bu boradagi dolzarb maqsad va vazifalarni belgilab, inson va uning ma’naviy olamiga xos belgi va xususiyatlarni yangicha qarashlar negizida yoritib berdigan bunday asarlar bir-ikki yilda yaratilmasligini bilamiz. O’zining ma’no-mazmuni, mavzusi va ko’tarilgan muammolarning qamrovi, yo’nalishiga ko’ra noyob bo’lgan bunday asarlar nafaqat muallifning, balki u mansub bo’lgan xalq va millatning ko’p yillar davomidagi hayotiy, ijtimoiy-siyosiy tajribalari, jahonda sodir bo’layotgan voqealarning tahlili zaminida yaratilishi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asar muqaddimasida uning dunyoga kelishiga sabab bo’lgan 5 ta muhim omil haqidagi fikrlarini bilib oilishimiz mumkin:

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish