1993 yil sentyabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog’liq tarixiy yodgorliklar qayta tiklandi, uning ijodiga bag’ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy tavqim bo’yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog’ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Yubiley munosabati bilan Imom al-Buxoriyning 4 jildlik “Al-Jomi’ Al-Sahih” kitobi o’zbek tilida nashr etildi.
2000 yil 16-17 noyabr kunlari Marg’ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burxoniddin al-Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ularning xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burxoniddin al-Marg’inoniyning islom huquqiga bag’ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko’lamda nishonlandi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992 yil 27 martdagi farmoni bilan Ro’za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika muslmonlarining istak va hohishlariga ko’ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992 yil 7 martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998 yil 30 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.
“Qadriyat”, “qadriyatlar”, “milliy qadriyatlar”, “umuminsoniy qadriyatlar” tushunchalarining falsafiy mohiyati. “Qadriyat” tushunchasi - juda keng tushuncha bo’lib, uning bir qismi ma’naviy qadriyatlardir. Milliy-ma’naviy qadriyatlar- “milliylik”, “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o’z ichiga oladi.