Birinchi bosqich - (eng qadimgi davrlardan to 1949 yilgacha) tor doiradagi,
hususiy xamda sodda hisoblashlardan iborat kriptografik va kriptotahlil
algoritmlari bilan harakterlanadi va tabiiyki, kompyuterlardan foydalanishni
nazarda tutmaydi. Bu bosqichni ko‘pincha kompyuterlargacha bo‘lgan davr deb
ataladi.
Ikkinchi bosqich - (1949-1976) amaliyotchi matematik K. Shennonning “Mahfiy
tizimlarda bog‘lanish nazariyasi” nomli ilmiy ishining chop etilishi bilan
boshlanadi. Bu davrda EHM lardan foydalangan holda kriptologik izlanishlar keng
miqyosda olib borildi. Kriptologiya matematik fanga aylandi. Ammo, bu fan
mevalaridan faqat diplomatik va harbiy tashkilotlarning aloqa xizmati
foydalangani uchun, kriptologiya "yopiq" (mahfiy) fan bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |