Kriptografiyaga asoslari.
Kriptografiya – maxfiy xabarning ma`nosini yashirish ‘Kriptografiya’
atamasi dastlab ‘yashirish, yozuvni berkitib qo`ymoq’ ma`nosini bildirgan.
Birinchi marta u yozuv paydo bo`lgan davrlardayoq aytib o`tilgan. Hozirgi vaqtda
kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya`ni diskda saqlanadigan sonlar
ko`rinishida yoki kompyuter tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko`rinishidagi
axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin
bo`lgan har qanday axborotga nisbatan qo`llash mumkin. Maxfiylikni ta`minlashga
qaratilgan kriptografiya kengroq qo`llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda,
kriptografiyada qo`llaniladigan usullarning o`zi axborotni himoyalash bilan bog’liq
bo`lgan ko`p jarayonlarda ishlatilishi mumkin. Kriptografiya axborotni ruxsatsiz
kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta`minlaydi. Masalan, to`lov varaqlarini
elektron pochta orqali uzatganda, u o`zgartirilishi yoki soxta yozuvlar qo`shilishi
mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta`minlash zaruriyati paydo
bo`ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog’iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo
oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini
tekshirishning bunday jarayoni, ko`p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta`minlash
deyiladi. Kriptografiya yordamida axborotlarning haqiqiyligini ta`minlashi
mumkin. Nafaqat axborotning kompyuter tarmog’idan ma`nosi buzilmasdan
kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch hosil qilish juda
muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar
ma`lum. eng universal protsedura parollar bilan himoyalashdir, lekin bu juda
samarali bo`lmagan protsedura. Chunki parolni qo`liga kiritgan har qanday shaxs
axborotdan foydalanishi 21 mumkin bo`ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya
qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish mumkin. Lekin kriptografiya
bundan kuchliroq, u parolni uzluksiz o`zgartirish imkonini beradigan
protseduralarni ham ta`minlaydi. Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri
— raqamli signatura — maxsus xossa bilan axborotni to`ldirish yordamida
yaxlitlikni ta`minlovchi usuldir. Bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit
ma`lum bo`lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida
yaxlitlik
tekshiriladigan
ma`lum
usullardan
ko`proq
afzalliklarga
ega.
Kriptografiyada uzatiladigan axborotning ma`nosini yashirish uchun ikki xil
o`zgartirishlar qo`llaniladi: kodlashtirish va shifrlash. Kodlashtirish uchun tez-tez
ishlatiladigan iboralar to`plamini o`z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan
foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko`p hollarda, raqamlar to`plami bilan
beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so`z to`g’ri keladi. Axborotni kodlash uchun
xuddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval
ixtiyoriy kriptografik o`zgartirishga misol bo`ladi. Kodlashtirishning axborot
texnologiyasiga mos talablar — qatorli ma`lumotlarni sonli ma`lumotlarga
aylantirish va aksincha o`zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor
hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va
ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi. Agar bu kitobdan
biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, kodlarning yangi kitobini yaratish va uni hamma
foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo`ladi. Kriptografik o`zgartirishning
ikkinchi turi shifrlash. U o`z ichiga - boshlang’ich matn belgilarini anglab olish
mumkin
bo`lmagan
shaklga
o`zgartirish
algoritmlarini
qamrab
oladi.
O`zgartirishlarning bu turi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos
keladi. Bu erda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik
kalitni qo`llab, shifrlash algoritmining o`zida himoyalashga bo`lgan talablarni
kamaytirish mumkin. endi himoyalash ob`ekti sifatida faqat kalit xizmat qiladi.
Agar kalitdan nusxa olingan bo`lsa, uni almashtirish mumkin va bu
kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan engildir. Shuning uchun ham
kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida
keng ko`lamda qo`llanilmoqda. 22 Sirli (mahfiy) aloqalar sohasi kriptologaya deb
aytiladi. Ushbu so`z yunoncha ‘kripto’ — sirli va ‘1ogus’ — xabar ma`nosini
bildiruvchi so`zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo`nalish, ya`ni kriptografiya va
kriptotahlildan iborat. Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va
haqiqiyligini ta`minlashdir. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan
ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan borat. Kriptografiya - axborotlarni
aslidan o`zgartirilgan holatga etkazishlarning matematik uslublarini topish va
takomillashtirish bilan shug’ullanadi. U ma`lumotlarni o`zgartirish usullarining
to`plami bo`lib, ma`lumotlarni himoyalash bo`yicha quyidagi ikkita asosiy
muammolarni hal qilishga yo`naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik. Maxfiylik orqali
yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz
niyatli shaxslar tomonidan axborotni o`zgartira olmaslik haqida dalolat beradi.
Shunday qilib, kriptografik uslublar axborotlar matnini asli holidan o`zgartirib,
faqat kalitni bilgan holdagina uni asli holatini olish imkoniyatini beradi.
Shifrlangan va deshifrlangan masalalariga tegishli bo`lgan, ma`lum bir alfavitda
tuzilgan ma`lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alfavit – axborotlarni kodlashtirish
uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to`plamidir. Misol sifatida: - o`ttiz
oltita belgidan (harfdan) iborat o`zbek tili kirill alfaviti; - o`ttiz ikkita belgidan
(harfdan) iborat rus tili kirill alfaviti; - yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat
lotin alfaviti; - ikki yuz ellik oltita belgidan iborat ASSII va KOI-8 standart
kompyuter kodlarining alfaviti; - binar alfavit, ya`ni 0 va 1 belgilardan iborat
bo`lgan alfavit; - sakkizlik va o`n oltilik sanoq tizimlari belgilaridan iborat bo`lgan
alfavitlarni keltirish mumkin. Matn – alfavitning elementlaridan (belgilaridan)
tashkil topgan tartiblangan tuzilma. Shifrlash – ochiq matn deb ataluvchi dastlabki
matnni shifrlangan matn holatiga etkazish jarayoni. 23 Deshifrlash – shifrlashga
teskari bo`lgan jarayon, ya`ni kalit yordamida shifrlangan matnni dastlabki matn
holatiga etkazish. Kalit – bevosita dastlabki matnni shifrlash va deshifrlash uchun
zarur bo`lgan ma`lumot. Kriptografiya nuqtai - nazarida shifr — bu kalit demakdir
va u ochiq ma`lumotlar to`plamini yopiq (shifrlangan) ma`lumotlarga o`zgartirish
algoritmlari majmuasi hisoblanadi. Kalit kriptografiya o`zgartirishlar algoritmining
ba`zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo`lib, barcha algoritmlardan yagona
variantini tanlaydi. Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar
qo`yiladi: • etarli darajada kriptomustahkamlik; • shifrlash va qaytarysh
jarayonining oddiyligi; • axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib
ketmasligi; • shifrlashdagi kichik xatolarga ta`sirchan bo`lmasligi. Kriptografik
tizim yoki kriptotizim – ochiq matnni shifrlash (deshifrlash) jarayonini tashkil
etuvchi amallar majmui bo`lib, u alfavitlar belgilarini almashtirishlar ketma-
ketligidan iborat. Kriptotizimlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko`rsatkich bo`lib
kriptomustahkamlik hisoblanadi. Yovuz niyatli shaxslar o`z maqsadlariga erisha
olmasa va kriptotahlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay
olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi. Kriptotizimning
mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotahlilning asosiy
qoidalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Ushbu ta`rifning asosiy ma`nosi shundan
iboratki, kriptotizim barchaga ma`lum tizim hisoblanib, uning yaratilishi vaqt va
mablag’ talab qiladi. Kriptotizim yaratilgach, faqatgina kalitni o`zgartirib turish
bilan axborotni himoyalash talab qilinadi. Hozirgi kunda kriptotizimlarni ikki
sinfga ajratish mumkin: • simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); • asimmetriyali
ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Simmetriyali (bir kalitlilik - kalit maxfiy) tizimlar
quyidagi sxema asosida ishlaydi. 24 1.4.1-rasm. Asimmetriyali (ikki kalitlilik -
kalit1 maxfiy, kalit2 esa ochiq) tizimlar quyidagi sxema asosida ishlaydi. 1.4.2-
rasm. Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot
almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo`l bilan maxfiy kalitni bir- birlariga
uzatishlari mumkin? 2) Jo`natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa
bo`ladi? Ushbu muammolarning echimi ochiq kalitli tizimlarda o`z aksini topdi.
Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo`llaniladi. Hisoblash usullari
bilan biridan ikkinchisini aniqlab bo`lmaydi. Birinchi kalit axborot jo`natuvchi
tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan
axborotni tiklashda qo`llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan
axborotning maxfiyligini ta`minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo`lsa, u
holda uni elektron imzo sifatida qo`llash mumkin va axborotni autentifikatsiyalash,
ya`ni axborotning yaxlitligini ta`minlash imkoni paydo bo`ladi. Shuningdek,
axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni ham echish
mumkin: • foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya`ni kompyuter tizimi
zahiralariga kirmoqchi bo`lgan foydalanuvchini aniqlash: • tarmoq abonentlari
aloqasini o`rnatish jarayonida ularni o`zaro autentifikatsiyalash. Hozirgi kunda
kompyuterda saqlanayotgan va tarmoq orqali uzatiladigan barcha muhim hujjatlar,
elektron to`lov tizimlari hamda internet yordamida amalga oshiriladigan elektron
savdo singarilar himoyalanishi lozim.
Axborotlarni boshqalar o‘qishidan saqlash maqsadida maxsus kalit
yordamida kodlashtirish kriptografiya deb ataladi. Kriptografiya uzoq yillar
davomida xarbiy maqsadlarda qo’llanilib kelingan. ANB (Agenstvo natsionalnoy
bezopastnosti (AQSH) 4 noyabr 1952yil tashkil topgan) AQSH prezidentining
maxsus buyrug’iga binoan barcha chet davlatlardan kelayotgan xatlar va
axborotlarni tekshiradi.
1995 yil 3 aprelda Rossiya prezidenti №334 qaroriga muvofiq turli xil litsenziyaga
ega bo‘lmagan vositalar yordamida axborotlarni kodlashtirishni taqiqladi. Shundan
keyin axborotlarni kodlashtirish bo‘yicha davlat standarti kiritildi.
Ochiq tekstni R xarfi bilan belgilaymiz. Bu tekst fayli, tasvir, maxsus tovush yoki
h.k. bo’lishi mumkin. Bu axborotlar kompyuterda ikkilik kod ko’rinishida
ifodalanadi. Shifrlangan tekst S xarfi bilan belgilanadi.
Shifrtekstning xajmi ba’zan ochik tekst xajmiga teng bo’lishi mumkin. Shifrlangan
tekst kompyuter tarmog‘i kanallari boylab uzatilishi yoki xotirada saqlanishi
mumkin. Shifrlash funksiyasi E ni quyidagicha yozish mumkin.
E(R)=S
Shifrni ochish funksiyasini D harfi bilan belgilasak,
D (S)=R
D (E(R))=R
Kriptografiya quyidagi masalalarni yechilishini ta’minlashi kerak.
Autentifikatsiya - kabul qiluvchi shunga ishonch hosil kilishi kerakki ma’lumot
aniq bir yuboruvchidan bo’lishi shart. Boshqa bir nom bilan yolg’on ma’lumot
yuborilmasligi kerak;
Butunlik - uzatish paytida axborot o‘zgarmasligi;
Inkor qilmaslik (neosporimost) -ma’lumotni yuboruvchi o‘zi ekanini tasdiqlashi.
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida kishilik jamiyatida axborotning
ahamiyati keskin ravishda ortib ketdi. Insonning har bir sohadagi faoliyatini
takomillashtirish va osonlashtirishga qaratilgan zamonaviy jamiyatda axborot
mahsulot yoki xom ashyo sifatida borgan sari katta qiymatga ega bo‘lib bormoqda.
Keyingi yillarda kompyuter sanoatining rivojlanishi va inson hayotiga tobora
chuqurroq kirib borishi natijasida axborotni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash,
tahlil qilish, uzatishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Oqibatda ana shu
axborotlarning
xavfsizligini
ta’minlash
informatikaning
eng
dolzarb
muammolaridan
biriga
aylanib
ulgurdi.
Kompyuterning
tarmoq
texnologiyalarining jadal rivojlanishi esa bu muammoning ahamiyatini yanada
oshirib yubordi.
Axborotlarni kriptografik usulda himoya qilish yuzaga kelgan muammmolarni hal
qilishda muhim o‘rin tutadi.
Axborotlarni kriptografik himoya qilishda ularning mazmunini yashirish yoki
begonalar tomonidan foydalanishning oldini olish maqsadida axborot maxsus
funksional akslantirish yordamida bir ko‘rinishda boshqa ko‘rinishga o‘tkaziladi.
Bu amalning turli usullarini ishlab chiqish uchun amaliy matematikaning yangi bir
yo‘nalishi-kriptografiya yuzaga keldi va rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |