Tarmoq texnologiyalari



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/101
Sana30.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#193362
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
'Tarmoq texnologiyalari

 
IP-telefoniY. 
Mazkur servis tarmoqning ikki abonenti о‘rtasidagi tovush trafigini (nutqni) 
uzatadi,  unda  tarmoq  trafigi  sifatida  IP  protokol  (Internet  Protocol)  dan 
foydalaniladi.  «IP  telefoniya»  servisini  tashkil  etish  uchun  mahalliy,  korporativ, 
global  tarmoqlar,  hatto  Internet  tarmog‘i  foydalanilishi  mumkin.  Umumiy 
foydalanishda  qо‘llaniladigan  maxsus  shlyuzlar  yordamida  telefon  tarmoqlari 
abonentlari  va  ma’lumotlarni  uzatish  tarmoqlari  abonentlari  о‘rtasida  IP-telefon 
aloqasi ta’minlanadi.  
Yuqori  sifatli  tovush.  Yuqori  sifatli  tovush  deganda  shunday  servis 
tushuniladiki,  bu  servis  yuqori  sifatli  tovushni,  masalan,  musiqa,  konsertlardagi 
chiqishlarni va h.k. larni uzatishni va eshittirishni amalga oshiradi. 
VideotelefoniY. Mazkur servis ikki abonent о‘rtasida insonlar nutqini uncha 
yuqori  bо‘lmagan  sifatdagi  uning  tasviri  bilan  birga  uzatishni  amalga  oshiradi. 
Mazkur servis mijozlari tegishli kommutatsion apparatura orqali real vaqt rejimida 
bir-birlarini eshitishlari va kо‘rishlari mumkin. 
VideokonferensiY.  Mazkur  servis  abonentlar  guruhi  о‘rtasida  tovushli  va 
videotrafikni  uzatishni  amalga  oshirib,  bunda  tovush  va  videosignallar  bir-biriga 


bog‘liq  bо‘lmagan  holda  (turlicha  transport  birikmalari  bо‘yicha)  tarmoqda 
uzatiladi,  ularning  qabul  qilishdagi  sinxronlanishi  transport  darajasidagi  tegishli 
protokol bilan ta’minlanadi. 
Masofadan  tibbiy  xizmat  kо‘rsatish.  Mazkur  servis  bemorlarni  masofadan 
tibbiy  tekshirish,  tashxis  qо‘yish  va  maslahat  berishni  ta’minlaydi.  Mazkur  servis 
trafigi  real  vaqt  miqyosida  uzatilgan  tovush  va  videoma’lumotlarni,  tekshiruv 
natijalarini va boshqalarni о‘z ichiga oladi. 
Videomonitoring.  Mazkur  servis  xonalarning  videokuzatuvini  amalga 
oshiradi,  turli  vazifalarni  bajaruvchi  hududlarni  qо‘riqlash,  turli  xil  noan’anaviy 
vaziyatlar  tо‘g‘risida  tezkor  xabardor  qilish,  odamlar  tо‘planadigan  joylarda 
doimiy monitoring (real vaqt rejimida) qilish uchun qо‘llaniladi. 
Radio  va  televizion  dasturlarni  olib  kо‘rsatish.  Mazkur  servis  radio  va 
televizion  kanallarni  raqamli  telekommunikatsion  tarmoq  orqali  olib  kо‘rsatishni 
amalga oshiradi. 
Raqamli  televideniye.  Mazkur  servis  uning  mijozlari  talabiga  kо‘ra  yuqori 
sifatli  raqamli  televideniye  kо‘rsatuvlarini  (badiiy  filmlar,  musiqali  videokliplar, 
sport translyatsiyalari) amalga oshiradi. 
Zamonaviy  telekommunikatsion  tarmoqlarining  rivojlanishida  asosiy  yо‘nalish 
servisning  turli  xil  kо‘rinishlarini,  shu  jumladan,  multimediyali  servislarni  ham 
qо‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediyali trafikning turli xil kо‘rinishlarining 
tarmoq resurslariga talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy 
trafik,  odatda,  uni  foydalanuvchiga  yetkazib  berish  vaqtiga  alohida  cheklashlar 
qо‘ymaydi.  Bunday  trafikka  qо‘yiladigan  talabning  hammasi  –  bu  yangi  minimal 
о‘tkazish  qobiliyatini  ajratishdir.  Real  vaqtda  videokonferensiya  о‘tkazish  uchun 
trafik  boshqa  misol  bо‘lishi  mumkin.  U  ancha  о‘tkazish  qobiliyatinigina  emas, 
balki  videokadrlarni  oluvchiga  yetkazib  berishning  vaqtini  minimallashtirishni 
talab etadi. Bundan tashqari, agaraxborot paketlarining tutilib qolishlari nihoyatda 
nomuntazam  xususiyatga  ega  bо‘lsa,  videokonferensiya  seansini  о‘tkazish  sifati 
qoniqarli  bо‘lmaydi.  Mazkur  holda,  tarmoq  resurslariga  kо‘pgina  parametrlar 
bо‘yicha qat’iy talablar qо‘yiladi. Bu  


parametrlar quyida mufassal kо‘rib chiqiladi. 
Zamonaviy 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarida 
multimediya 
trafigini 
tavsiflash  va  tahlil  qilish  juda  murakkab  va  qiyin  vazifa  hisoblanadi.  Bunday 
qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
-  Uzatish  tezliklarining  keng  diapazoni  –  telefon  trafigini  uzatish  holidagi 
kabi bir necha kbit/s dan to videokonferensiyalarni uzatishdagi kabi yuzlab Mbit/s 
gacha; 
-  Uzatilayotgan  multimediyali  axborot  oqimlarining  turli  xil  statistik 
xossalari (real vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qо‘yadi); 
-  Tarmoq  konfiguratsiyalarining  juda  katta  xilma-xilligi,  uzatish 
texnologiyalari  va  protokollarining  kо‘pligi  (Gygabit  Ethernet,  ATM,  MPLS  va 
boshqalar);  
-  Uzatilayotgan  axborotlarni  kо‘p  darajali  ishlov  berishni,  buning  oqibatida 
xizmat kо‘rsatish sifati ishlob berishning bir necha darajasiga bog‘liq bо‘lib qoladi. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish