Kriptoanaliz (kriptotahlil) — bu amaliy matematikaning bitta bo‘limi bo‘lib,
kiruvchi yoki chiquvchi signallardan foydalanib maxfiy parametrlarni aniqlab olish
(yashirin matnni ochish) maqsadida kriptosistemalarni tahlil qilishga qaratilgan
usul, model, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‘rganadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kriptoanaliz matematik ma’noda
kriptografiyaga teskari bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadi. Kriptografiya va
kriptoanaliz birgalikda yangi fan — kriptologiyani tashkil qiladi.Kriptologiya
tarixini uch bosqichdan iborat deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |