Тарихшунослик фанидан


Demokratiyaning siyosiy madaniyati



Download 0,99 Mb.
bet85/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

Demokratiyaning siyosiy madaniyati
Hakli ravishda savol tug‘iladi. Xo‘sh, O‘zbekiston demokratiyaning qaysi yo‘nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish oliy maqsad ekan, unga erishishning yagona yo‘li demokratiyani chuqurlashtirishdir. Ayni paytda O‘zbekistonda davlatchilikning xuddi ana shu jihatiga qanday qaralmoqda?
Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari, dunyo tan olgan, e’tirof etgan, barcha uchun umumiy bo‘lgan yo‘riqlari mavjud.
Bu bevosita fuqaroning o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylash-saylanish huquqi va boshqalardir.
Bular qariyb barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida qat’iy belgilab qo‘yilgan tartib-qoidalar hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqib demokratiyaning turli shakllari vujudga kelishi muqarrar. Ayrimlar O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar, uni hayotga tatbiq etishning sharqona tamoyillari haqida gapirar ekan, demokratiya demokratiya-da, uning sharqonayu g‘arbonaligi bormi?– degan fikrlarni bildirishmoqda. To‘g‘ri, yuzaki qaraganda demokratiya – demokratiya-da. U hamma uchun birday ijtimoiy hodisa! Biroq, uning mag‘zini chaqsangiz, mazmunini chuqurroq anglasangiz, masala ancha-muncha murakkab ekanligini sezish qiyin emas. Erkin fikr, eng avvalo, fikrlash tarzidan, ma’naviy ruhiy ko‘nikmadan, erkin hatti-harakat esa, turmush tarzidan, axloqiy mezonlardan kelib chiqadi. Ana shuning o‘zi G‘arbda g‘arbonalikni, Sharqda sharqonalikni taqozo etadi. Demak, demokratiyani hayotga tatbiq qilishda xalqning milliy ehtiyojlaridan kelib chiqib yondashish kerak bo‘ladi. Aks holda, demokratiya tadbirbozlik va kompaniyabozlikka aylanib qolishi mumkin, xolos.
Ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o‘zi kifoya qiladimi? Faqat shuning o‘zi aholining barcha ehtiyojlarini qondira oladimi, ma’naviy-ruhiy olamini qamraydimi? Yo‘q! Chunki, har bir xalqning o‘z turmush tarzi, tarixiy an’analari, hayotga munosabatlari va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashish usuli bor. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Islom Karimov «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. Ya’ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar.
Erkinlik, demokratiya hayotimizni ham, o‘zimizni ham zabt etdi. Mustaqillik bunga yo‘l ochib berdi, shunday imkoniyat yaratdi. Endi biz o‘zimizni anglashimiz, dunyoni tushunishimiz va shu bilan birga demokratiyaning butun mohiyati va imkoniyatlarini chuqurlashtirishimiz lozim. Ana shunda biz ham, demokratiya ham, mustaqillik ham buyuk ne’matga, hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan oliy qadriyatga aylanadi. Xullas, hazrat Mir Alisher Navoiy aytganlaridek,
To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas,
To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas,
To zulmu sitam jonig‘a bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.
Darhaqiqat, to ma’naviy kamolotga etmaguncha, to hatti-harakatlarimiz, munosabatlarimiz aqlu idrok va umumiy manfaat doirasi bilan chegaralanmaguncha demokratiyaning mazmuni ham, ko‘lami ham kutganimiz darajasida bo‘lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaqin o‘tmishimizdan qolgan loqaydlik va boqimandalik kayfiyatlarini yo‘qotish, shu asosda milliy davlatimiz, milliy vatanimiz istiqboli uchun kuyinish tuyg‘ularini kuchaytirish kabi murakkab, uzoq muddatli jarayon bilan bog‘liq. Ana shundan kelib chiqib Islom Karimov «...demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to‘kib, hayotning achchiq-chuchugini obdan totib, qiyin, aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o‘tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin», – degan edi. Zero, ana shu juda murakkab jarayonga hamma va har bir kishi alohida tayyorgarlik ko‘rishi, o‘zini tayyorlab borishi, eng muhimi, o‘zini o‘zi ichki bir ma’naviy qudrat bilan tarbiyalab borishi kerak. Shuning uchun ham Islom Karimov «demokratik o‘zgarishlar va yangi demokratik jarayonlarni boshqarishni, hayotga tatbiq qilishni hamda ularni himoyalashni jamiyatning o‘zi anglamog‘i darkor», – deb alohida ta’kidlaydi. Ana shuning o‘zi bizning jamiyat odtsidagi, yangilanayotgan hayot odtsidaga va butun kelajak oldidagi vazifalarimizni belgilaydi.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish