Тарихшунослик фанидан


Demokratiyaning yangi davri



Download 0,99 Mb.
bet88/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

Demokratiyaning yangi davri
Mamlakatimizda tub islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyillarining joriy etilishi avvaliga ayrim muxoliflarimizga unchalik ham xush kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumining illatlariga, yangi hokimiyat demokratik o‘zga-rishlarga qodir emasligiga yo‘yishdi.
Aslini olganda, islohotlarni inqilobiy yo‘l bilan amalga oshirish bizning hayot va tafakkur tarzimizga butkul zid narsadir. Bunday yo‘l tutilganda jamiyatni mislsiz fojialarga olib kelishi bugun barchaga ayon. Hissiyot aqldan ustun kelgan joyda jamiyat inqirozga yuz tutishini, har qanday islohot esa asta-sekinlik bilan odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshirilgandagina yuksak madaniy va ma’naviy mazmun kasb etishini muxoliflar tushunishmas yoki tushuna turib, boshqacha maqsadlarni ko‘zda tutishar edi.
Oradan birmuncha vaqg o‘tgach, avvalo iqgisodiy islohotlarning dastlabki samaralari ko‘zga tashlana boshladi. Bu davlat mulkini xususiylashtirihtsan tortib, pul va bank-kredit tizimini butunlay yangi izga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirish, sanoatni yangi, ilgor zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashgacha bo‘lgan va boshqa jihatlarni qamrab olgan islohotlarni o‘zida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayonida «o‘zbek modeli» vujudga keldi.
Xo‘sh, O‘zbekistonning tub islohotlardagi o‘z taraqqiyot yo‘li faqat shulardan iboratmi?
Bugun ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha munosabatlar qaror topdi. Jamiyat taraqqiyotining aholi ma’navay-ruhiy, siyosiy-madaniy qarashlaridan kelib chiqqan o‘ziga xos yondashish usuli shakllana boshladi. Jumladan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ham muhim bosqich, yangi davr boshlandi.
Ma’lumki, XX asr 90-yillarining boshlarida mamlakat mustamlaka tuzumdan meros bo‘lmish og‘ir ijtimoiy, iqgisodiy bo‘htonlar girdobida qolgan, demokratiya «o‘yin»lari avj olgan, aholining ayrim guruhlarida ehtiroslar junbushga kelgan bir payt edi. Ana shu og‘ir vaziyatdan eson-omon chiqib olish, Islom Karimov iborasi bilan aytganda «hech qanday larzalarsiz», qon to‘kmasdan, mamlakatda barqarorlikni saqlab turgan holda asta-sekinlik bilan hayotni izga solish yo‘li tanlab olindi va qatiyat bilan amalga oshirildi. «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» singari hayot sinovidan o‘ggan tajribalar yo‘lidan borildi. Bu g‘oya islohotlarning hamma sohalariga – huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlariga tegishli edi. Unda siyosatning insonparvarlik mazmuni, har bir fuqaro, har bir tirik jon hayotining daxlsizligini ta’minlashga mas’ullik, butun mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun javobgarlik hissi mujassamlashgan edi.
Islom Karimov o‘sha paytdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishi xususida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday degan edi: «Dastlabki kezlarda O‘zbekistonni sustkashlik va konservatizmda ayblashardi. Ammo O‘zbekiston bugungi kunga kelib, bozor o‘zgartishlarining teranligi, ijtimoiy yangilanishning sur’atlari va taraqqiyoti yuzasidan sobiq sovet hududidagi aniq dasturga ega bo‘lmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini tezlashtirishga uringan, besabrlik qilgan, soxta obro‘ga intilgan ko‘pgina respublikalardan oldinlab ketdi.
Ming afsuski, ana shu yuzaki urinishlarning hammasi pirovard natijada islohotlarning o‘zini ma’lum darajada obro‘sizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus berdi. Jamiyatdagi ichki qarama-qarshilikni kuchaytirdi. Bu bor va undan hech qayoqqa qochib qutulib bo‘lmaydi».
Mana, oradan yillar o‘tib, toshqinlar tindi, atay loyqalatilgan suvlar tiniqlashdi, bulutlar tarqaldi. Haqiqiy hayot manzarasi aniq-ravshan ko‘zga tashlandi: siyosatning o‘tkinchi hissiyot va tuyg‘ulardan xoli bo‘lgan, aql-idrok va tajribaga tayangan amaliy qiyofasi namoyon bo‘ldi. Aytish mumkinki, shu holning o‘ziyoq yangilikni evolyutsion yo‘l bilan amalda joriy qilishning, qatiy intizomga tayangan demokratiyaning ma’naviy qiyofasi edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida (1995 yil 23 fevral) Islom Karimov tomonidan demokratiya haqidagi ilmiy-nazariy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan amaliy xulosalar o‘rtaga tashlandi. Davlat siyosatining demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishga doir strategiyasi ishlab chiqildi.
Bugunga kelib hammamizning demokratiya haqidagi tasavvurlarimiz birmuncha kengaydi. U hayotimizning muhim va ajralmas qismi, ma’naviyatimizning ko‘zgusi ekanligini tushundik. Hurriyat shunchaki so‘zbozlik va tadbirbozlik, guruhbozlik yoki ko‘cha-ko‘yda ayyuhannos solib qichqirish emas, ta’bir joiz bo‘lsa, haqiqiy demokratiya – qonunlar diktaturasi!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan VI sessiyasi ijtimoiy hayotimizda demokratik o‘zgarishlarning yangi davrini boshlab berdi va bu jarayonlarni chuqurlashtirish tamoyillarini yangi bosqichga ko‘tardi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish