Тарихшунослик фанидан



Download 0,99 Mb.
bet89/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

Birinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida, avvalo, odamlar yangicha turmush tarziga ko‘nikma hosil qilishlari kerak edi. Islohotlarning mazmun-mohiyatini anglab, mustaqil taraqqiyot afzalliklari va beqiyos imkoniyatlarini tushunib olishlari lozim edi. Busiz hech qanday natijaga erishib bo‘lmasdi. Chunki har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda ham inson asosiy hal qiluvchi omil, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Shuning uchun ham hayotdagi yangilanishlar dastlab har bir fuqaroning qalbidan, ongi va tafakkuridan o‘tkazilishi lozim.
Ikkinchidan, jamiyatni tubdan yangilash, turmushimizning barcha sohalarida keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish va shu asosda demokratik tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzoq davom etadigan uzluksiz jarayon. Bu kundalik hayotimiz bilan bog‘liq bo‘lgan va umuman mamlakat taqdirini belgilashda izchillikni taqozo etadigan, sobitqadamlik bilan turli qarshiliklar va to‘siqlarni engib, eskicha qoliplarni bartaraf etib, yangicha tafakkur tarzini joriy qilishni o‘z ichiga olgan murakkab jarayon.
Qolaversa, jamiyatni demokratlashtirish bu iqtisodiy islohotlardan tortib huquqiy, siyosiy va ma’naviy yangilanishlarga bevosita tayangan voqeliqdir. Sessiyada takidlanganidek, «demokratiyalash jarayonining ayni ana shu huquqiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda». Buning sababi, Islom Karimov aytganidek, «talay muhim qonunlar tegishli qonun hujjatlari bilan mustahkamlanmaganligida, qabul qilingan huquqiy me’yorlar va kafolatlarni ro‘yobga chiqarishning aniq mexanizmi etarli darajada ishlab chi-qilmagan»idadir.
Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash lozim. Buning uchun, eng avvalo, huquq-tartibot ishlarini, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Hozirgi paytda jahonda mazkur masalaga doir etmish xil andoza mavjud. Bularning hammasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisoblanadi. O‘zbekiston hozir ana shu andozalardan o‘n beshtasiga qo‘shilganligi uning juda qisqa muddatda demokratiyani turmush tarziga va tobora shakllanib boradigan jonli hodisaga aylantirish borasida erishgan katta yutuqdir.
To‘rtinchidan, aholining siyosiy faolligi bevosita uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga qanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy jihatdan faol bo‘lsa, u o‘z-o‘zini boshqarishga va shu orqali jamoa harakatini shakllantirishga, uning mazmunini chuqurlashtirishga qodir bo‘ladi. Yangilanayotgan jamiyat aholini kundalik tashvishlar va har xil ikir-chikirlar girdobidan olib chiqadi, uni hayotga teranroq va sergakroq qarashga o‘rgatadi. Agar har bir fuqaro hayotda o‘zini ana shunday tutsa, ana shunday qobiliyatga ega bo‘lsa, demokratiya o‘z-o‘zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, ijtimoiy turmushimizda mustahkam qaror topadi. Bunday hodisani Islom Karimov «Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik, hurriyat xalqimizga nihoyatda qimmatga tushgan. Hurriyatning bahosi doimo avlodlar taqtsiri, iymoni, vijdoni bilan o‘lchanadi», – deb to‘g‘ri baholagan.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish