Тарихшунослик фанидан



Download 0,99 Mb.
bet83/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

Uchinchidan, 80-yillar oxiridagi chuqur iqgisodiy tanazzulni engib o‘tish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratish. Aynan iqgisodiy islohotlar «o‘zbek modeli»ning amalga oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki yillarida ishlab chiqarishning keskin, halokatli pasayishini to‘xtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini saqlab qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini yaratishga erishildi.
To‘rtinchidan, mamlakatning iqgisodiy mustaqilligini, O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda qo‘shilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi extiyojlarini o‘zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga ta’minlash masalasi tubdan hal qilindi. G‘alla mustaqilligi choralari ko‘rildi.
Shunday qilib, yonilg‘i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa mamlakatning barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining asosi va kafolatidir. Mamlakatning don va neft bozorlaridagi jahon narxlarining o‘zgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan bo‘shagan valyuta manbalari esa zamonaviy uskuna va texnologiyalar xarid qilishga yo‘naltirildi.
Beshinchidan, bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank tizimi yaratiddi. Hozirgi kunda respublikada sug‘urta kompaniyalari, tovar-xom ashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmog‘i ishlab turibdi, fond birjasi va ko‘chmas mulk birjasi, Markaziy depozitariy va ikkinchi daraja depozitariylari, lizing va konsalting kompaniyalari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bularning hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
Oltinchidan, kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini mo‘ljalli ijtimoiy himoya bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida aniq natijalarga erishildi.
Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqgisodiy o‘zgarishlar natijalariga berilgan bunday umumiy baho ham isloh qilish dastlabki bosqichlarining asosiy vazifa va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Davlat iqtisodiy islohotlar o‘tkazish uchun huquqiy, tashkiliy va iqgisodiy sharoitlar yaratish bilan birga ayrim korxonalarni, sohalarni, ba’zan esa butun iqtisodni boshqarishning bozor tamoyillariga o‘tishini ta’minlashga harakat qildi. Buvda davlat boshqaruvi vazifalari va mexanizmlari tubdan o‘zgarib, ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari o‘rniga iqgisodiy va moliyaviy tartibga solish tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi.
Ko‘p qirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan o‘zgarayotgan, tuzum yangi mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir paytda aholi ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos keluvchi, xalqni istiqbolga etaklovchi hayotbaxsh intilishlar ifodasi bo‘lgan g‘oyalar va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga egadir.
Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy va ma’naviy qadriyatlariga ongli munosabati bilan bevosita bog‘liq hodisadir. Agar yangilanishlar odamlar ongi va dunyoqarashi, qalbi va ruhiyati orqali o‘zini namoyon etsa, u yashovchan va samarali bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda davlatning yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan o‘zgarayotgan jamiyat, yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning qadriyat mo‘ljallari bilan uyg‘unlashib ketgan.
Madaniyat va ma’rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi ma’naviy voqelik sifatidagi takomillashuv jarayonining chin insoniylik mohiyatini belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar orqali kamolotga etadi, hayotda, jamiyatda o‘z mavqeiga, o‘rniga, nufuziga ega bo‘ladi. Inson faoliyatlari mahsuli ayni ana shu ma’naviyat va ma’rifat orqali qadriyatga aylanadi.
Islom Karimovning qadriyatlar ustuvorligi kontseptsiyasi xuddi ana shu jihatlar tufayli ham qimmatli. U ma’naviyatni, ma’rifatni jamiyatning yo‘naltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu nuqgai nazardan ham «Men ma’rifatli jamiyat qurmoqchiman» deydi. Ma’rifatli jamiyatda esa inson, ma’naviyat, axloq, tafakkur mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Ma’naviy sog‘lom, kuchli jamiyat islohotlarga tayyor bo‘ladi», degan edi.
I.Karimov mamlakat istiqboliga doir tadbirlar tizimini belgilar ekan, uning eng avvalo yuksak ma’rifat va madaniyat mamlakati bo‘lishi, shu asosda barcha islohotlarning ma’rifiy negizini yaratish nuqtai nazaridan ish tutadi. I.Karimov iqgisodga, huquqiy va siyosiy islohotlarga, shuningdek, jahon muammolarini hal etish, tinchlikni ta’minlash masalalariga ham ma’rifiy ko‘z bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida yondashishga da’vat etgandi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan Islom Karimov «Ilmiy va madaniy sohadagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish, qayta tiklash, ko‘paytirish maqsadida bundan buyon fundamental fanning, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga, aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obro‘yini oshirishga davlat tomonidan zarur mablag‘lar ajratilave-radi», – degan edi. O‘tish davrida iqgisodiy jihatdan birmuncha qiyinchiliklar sezilayotgan bir paytda ma’naviy hayotimizga davlat e’tiborining ustuvor mavqe kasb etishi insoniy g‘amxo‘rlikning yorqin ko‘rinishidir.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish