ikkinchidan, iqtisodni jonlantirish uchun xususiylashtirish jarayonining tezlashuvi, mulkchilik, mulkka egalik huquqining kengaytirilishi;
uchinchidan, milliy valyutaning joriy qilinishi, jahon moliya tizimi maydonlariga endigina kirib kelgan valyutamiz qadr-qimmati barqarorlik darajasining ta’minlanishi;
to‘rtinchidan, iqgisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga an’anaviy muhim tarmoq sifatida qaralishi;
beshinchidan, o‘tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishlarini yo‘lga qo‘yish, bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirishdan iborat kontseptsiya va iqtisodiy islohot nazariyasining yaratilishi.
Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli ilmiy-nazariy asarida islohotlarning «o‘zbek modeli»ga xos yangi davr talablariga monand tamoyillarini o‘rtaga tashladi va kechayotgan jarayonlar mohiyatini ochib berdi.
Keyingi yillarda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida, eng avvalo, iqtisodiyotda ro‘y bergan o‘zgarishlar O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirishga qaratilgan tub islohotlarni bosqichma-bosqich, izchil, har tomonlama o‘ylangan yondashuv, ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlab chiqilgan kontseptsiya asosida amalga oshirish ishonchli hodisa ekanligini ko‘rsatdi.
Mamlakatda mavjud imkoniyatlardan ratsional foydalanib, taraqqiyot ehtiyojlariga to‘la javob beradigan islohotni amalga oshirish quyidagi masalalarni hal etish imkonini berdi.
Birinchidan, o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning me’yoriy-huquqiy bazasi yaratildi. Qabul qilingan yangi qonunlar hozirgi kunda bozor iqtisodiyotining me’yor va tamoyillariga muvofiq keladigan shart- sharoitlarni shakllantirmoqda. Iqtisodiy erkinliklar va xususiy mulk huquqining mustahkam yuridik himoyasini ta’minlamoqda. Iqtisodiyotning turli sohalarida bozor mexanizmlarining samarali ishlashi uchun keng huquqiy maydonni yaratmoqda.
Ikkinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tartibotlari va tuzilmalariga barham berish, institutsional qayta qurishlarni amalga oshirish, bir tomondan, iqtisodiyotni tashkil etishning bozor printsiplariga xos bo‘lgan tuzilmalarini yaratish, tarmoq vazirliklarini tugatish, davlat mulki hissasini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko‘p ukladli iqtisodiyot va uni boshqarish tuzilmalarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |