152
(antropologiya), ijtimoiy falsafa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (antropologiya), san’at falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), ma’naviyat falsafasi, din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kati sohalar ham mavjudki, ular bir so’z bilan ijtimoiy - falsafani fanlar tizimi deyiladi.
Insoniyatning yashashi, rivojlanish istiqbollari, orzu - havaslari, intilishlari, umidlari, turmush tarzi g’oyaviy qarashlarda ham o’z ifodasini topadi. Falsafiy g’oyalar, obrazli qilib aytganda, inson hayot tarzining ko’zgusidar. Har qanday falsafiy bilim dastlab g’oya tarzida shakllanadi.
Falsafiy g’oya insoniyat oldida turgan muayyan muammoni anglash va uni hal qilish maqsadi, uslub va vositalarining ifodasidir. Kishilarning narsa va xodisalarga o’z extiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshishi natijasida muammoga munosabat va uni hal qilishga qaratilgan amaliy, nazorat harakat paydo bo’ladi. Masalan, inson ongli mavjudot ekani bois o’zini muqarrar halokatga olib borishi mumkin bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalarga asoslangan xatti - harakatlarini chegaralashga, taqiqlashga qodir. Umumiyroq qilib aytsak, kishilarning yashash avlod qoldirish, hayotni davom ettirish mayli (instinsti) dunyoda nisbatan barqaror vaziyatni ta’minlab turadi.
Bugungi kunda tinchlik g’oyasi umumiysoniy maqsadlarni birlashtiruvchi falsafiy g’oyaga aylandi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida aytilganidek: «Odamning qalbida ikkita kuch - bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro kurashadi. Afsus bilan ta’qidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatdagi insoniylikdan ko’ra vaxshiylik, ur iyqit instinktlari, ya’ni hatti-harakatlarini qo’zg’atish osonroq .
Bunda ikki xil jihatga e’tibor berish lozim. Birinchisi tor doiradagi mutaasib kuchlarning g’ayrinsoniy g’oyalarni yoshlar ongiga, turmush tarziga singdirish yo’li bilan uzlarining muayyan maqsadlariga erishishni ko’zlagan xatti - xarakatining oldini olish uchun ehtiyot va xushyor bo’lmoq kerak. Ikkinchisi esa, sog’lom quchlarning ularga karshi insonni inson degan nomga munosib qilib tarbiyalash va sivilizasiyani saqlab qolish hamda rivojlantirish manfaatlari uchun kurashdir.
Har kanday manfaat shakllari va darajalari muayyan falsafiy g’oya va nazariyalarda o’z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, g’oya va 7
7 Mchom KapuMOB. Munnuw MCTM.vnon Ma^Kypacu - Kan^ ^vm^oflM Ba 6yroK KenawaKKa MmoHHflMp. T., 2000 m., 10-6eT.
Do'stlaringiz bilan baham: |