Ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 0,73 Mb.
bet61/102
Sana06.03.2021
Hajmi0,73 Mb.
#60986
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
Bog'liq
Falsafa 2

150





tuyg’uni tug’idiravermaydi. Bu his- hayajon va ruhiy kechinmalar qachonki ma’lum diniy tasavvurlar, diniy g’oyalar va qarashlar bilan ko’shilib, ma’lum yo’nalish, ma’lum ma’no kasb etgan taqdirdagina diniy tuyg’uga aylanadi.

Diniy dunyoqarashning ikkinchi elementi - bu diniy aqidalardir. Diniy aqidalar o’z mazmuni bilan dunyo va undagi voqyea - hodisalarni ilohiy e’tiqod asosida tushinish bilan bog’langan tasavvurlar va tushunchalardir. Masalan, bunday aqidalarning namunasi sifatida islom dinining sunmiylik mazhabida shakllangan iymon talablariga oid aqidalarni ko’rib chiqish mumkin. Ular Ollohning yagonaligi, farishtalarning mavjudligi, diniy kitoblarning muqaddasligi, ohiratning borligi, taqdirning ilohiyligi, o’lgandan keyin qayta (qiyomat kuni) tirilish mumkinligidir.

Diniy dunyoqarashning navbatdagi elementi - bu biron buyumga, narsaga, hayvon va daraxtga, kishiga yoki xudoga sig’inishdir.

Sig’inish sodda yoki murakkab bo’lishi mumkin. Sig’inishning sodda ko’rinishi - kishilarning kundalik hayotida ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishidir. Sig’inish diniy tasavvurlar va g’oyalarni ifoda etuvchi, ilohiy kuchlarga, ilohiy obyektlarga qaratilgan yakka yoki jamoa bo’lib bajariladigan ramziy hatti- harakatdir. Masalan, tazim qilish, tiz cho’kish, sajda qilish, bosh egish, qo’l qovushtirish, chuqinish, toat-ibodat qilishlar sig’inishning sodda ko’rinishlaridir.

Namoz o’qish, Qur’on o’qish va o’qitish, qurbonlik va xudoyi qilish, diniy bayramlarni nishonlash sig’inishning murakkab shakllaridir. Sig’inish diniy e’tiqod bilan chambarchas bog’liq. Diniy e’tiqod diniy dunyoqarashning eng muhim elementi bo’lib, u g’ayri tabiiy kuchlar va ilohiy mavjudotlarga, diniy tasavvur va tushunchalarga diniy g’oyalar va qarashlarga so’zsiz ishonishidir. Dunyoqarashning navbatdagi shakli falsafiy dunyoqarashdir. Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko’proq e’tibor beradi. Shu sababli falsafiy dunyoqarashga har doim hur fikrlilik, fikriy teranlik kabi xususiyatlar xosdir. Falsafiy dunyoqarash bu aslida mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar, mantiqiy isbotlar va raddiyalar asosida nazariy fikr yuritishlar orqali dunyoni, borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir. Falsafiy dunyoqarash, xayoliy obrazlar to’g’risidagi hayoliy obrazlar to’g’risidagi tasavvurlar va tushunchalarga emas, balki insonning borliqqa munosabati to’g’risidagi erkin, tanqidiy va ayni vaqtda umumiy aqliy mushoharalariga, nazariy umumlashmalariga asoslanadi. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan

bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovich bilimlar

151





tizimdir. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z- o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar namoyon bo’ladi:

ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, g’oyaviylik, nazariya va amaliyotning birligi.

  1. Dunyoda xilma-xil fanlar bor. Muayyan sohaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. Ular «tabiiy fanlar», «Ljtimoiy fanlar», «Aniq fanlar», «texnika fanlari» kabi bir qator sohalarga bo’linadi.

Ma’lumki, inson o’z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib bergan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi mexanizmiga aylangan Falsafiy yunalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko’ra, uziga xos bo’lib, asosiylari quyidagilardir:

Ontologiya - olam, inson va jamiyatning obyektiv universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot. Boshqacha aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagi falsafiy bilish sohasidir. Gnoseologiya - bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilim nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limot.

Aksiologiya - qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot.

Praksiologiya - insonning predmetli - o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot.

Metodologiya - bilim va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot.

Logika - tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, hulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qa’tiy nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot.

Etika - axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib - qoidalari to’g’risidagi fan.

Estetika - nafosat falsafasi, jamiyat va inson xayotida go’zallikning o’rni, qonun - qoidalari to’g’risidagi qarashlar majmun. Bundan tashqari, inson falsafasi



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish