Tadqiqotlari


– BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI TASHKIL ETISH



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

2– BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI TASHKIL ETISH
 
 
2.1. Marketing tadqiqotlarining ikki yo‘nalishi 
 
Marketing  tadqiqotlarida  turli  xil  hisob-kitoblar  keng  qo‘llanadi,  rivojlanish 
proporsiya  va  tendensiyalarini  o‘lchash,  miqdoriy  qonuniyatlar  va  o‘zaro  aloqalarni 
aniqlashga  imkon  beradigan  statistik  formulalar  foydalaniladi.  Shu  bilan  bir  paytda 
miqdoriy tavsifnomalardan foydalanish, taxminiy baholash va dalillarni qayd etishga 
ehtiyoj mavjud.  
Marketing  tadqiqotlariinng  ikki  xil  maktabi  (ikkita  asosiy  yo‘nalish)  ma’lum: 
bir  tomondan,  tadqiqot  va  uning  natijalarini  rasmiylashtirish,  ya’ni  miqdoriy 
baholardan  foydalanish,  statistik  va  ekonometrik  modellar  va  hokazolardan 
foydalanish  tarafdorlarining,  boshqa  tomondan  esa,  norasmiy  tahlil,  miqdoriy 
baholash, grafik modellar tarafdorlarining maktablaridir. Bu yo‘nalishlarning har biri 
o‘z  ustunlik  va  kamchiliklari  mavjud.  Xususan,  rasmiylashtirish  aniq  va  ishonchli 
baholar beradi, ko‘plab omillarni hisobga olishni ta’minlaydi, istiqbolga rivojlanishni 
bashorat  qilishga  imkon  beradi,  biroq  ma’lum  bir  bilimlarni,  kompyuter 
texnologiyasidan  va  maxsus  amaliy  dasturlardan  foydalanishni  talab  qiladigan 
sermehnat tadqiqotchilik jarayonini ko‘zda tutadi, statistik axborot to‘plashga ehtiyoj 
sezadi.  Rasmiy  usullardan  foydalanish  ko‘rsatkichlarni  aniq  rasmiylashtirishni, 
natijalarni  talqin  qilishda  ikkiyoqlama  sharhlashni  taqiqlashni  talab  qiladi.  Tahlilni 
rasmiylashtirish bir xil natija berishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ko‘p marta takror 
ishlab chiqarish imkoniyatini ta’minlashi lozim. 
Marketing  tadqiqotini  rasmiylashtirish  –  matematik  apparatdan:  miqdoriy 
tavsiflar,  baholar  va  hisob-kitoblar,  statistik  va  iqtisodiy  modellash
 
tirish  va  bashorat 
qilish usullaridan foydalanish. 
Norasmiy  yondashuv qator afzalliklarga ega, u tezkor, ko‘p hollarda  ishonchli 
baholar  beradi,  matematik  apparatdan  foydalanishga  muhtojlik  sezmaydi,  biroq  u 
yetarli  darajada  yuqori  aniqlikka  ega  emas,  doim  ham  ob’ektiv  emas,  xodimlardan 


 
43 
 
katta  tajriba  va  yuqori  malaka  talab  qiladi.  O‘ylaymizki,  bu  yo‘nalishlarni  muayyan 
vaziyat va maqsadlardan kelib chiqib uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq. 
Marketing tadqiqotida norasmiy usullar – sifat baholari va tavsiflardan, grafikli 
modellashtirishning taxminiy tavsiflaridan foydalanish. 
Muayyan  marketing  tadqiqotlarida  ko‘pincha  tadqiqot  jarayonining  rasmiylik 
darajasi yuqoriligi (matematik apparatdan, statistik modellashtirish usullari va h.k.dan 
foydalanish) o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning norasmiy, tasviriy tavsifi, sifat 
baholari,  ya’ni  o‘ziga  xos  bozor  diagnostikasi  bilan  birlashtiriladi.  Marketing 
tadqiqotlari  metodologiyasi  bu  ikki  yo‘nalishni  muvaffaqiyatli  birlashtirish  va  bir-
birini boyitish, to‘ldirishga imkon beradi. 
Marketing  tadqiqotlari  strukturasi  va  tipologiyasi

Uslubiy  asoslarni  ishlab 
chiqish  marketing  tadqiqotining  eng  mas’uliyatli  jihati  sifatida  ko‘rib  chiqilishi 
mumkin. Marketing tadqiqoti belgilangan  strukturaga ega bo‘lib,  ma’lum bir ketma-
ketlikda yoyiladi. Marketing tadqiqoti strukturasi tadqiqot konsepsiyasini ilgari surish 
va  xulosalar  chiqarishdan  boshlab  bozorni  o‘rganish  va  modellashtirishning  beshta 
elementi yoki beshta bosqichini ajratishga imkon beradi.
 
Marketing tadqiqoti umumiy konsepsiyani ishlab chiqishdan (lat. conception – 
asosiy g‘oya) boshlanadi, so‘ngra muayyan uslubiyatlar ishlab chiqishni qamrab oladi 
(tadqiqot maqsadlariga muvofiq). Marketing tadqiqoti konsepsiyasi bozor jarayonlari 
va  hodisalari  qonuniyatlarini  aniqlash,  bozorning  har  tomonlama  va  to‘liq 
tavsifnomasini olish g‘oyasini ifodalaydi. 
Marketing tadqiqoti konsepsiyasi – bozor holati va rivojlanish qonuniyatlari va 
tendensiyalari xaqida mukammal bilim olish asosiy g‘oyasi. 
Xuddi  shu  bosqichda  tadqiqotning  u  yoki  bu  variantlarini  asoslab  beradigan 
g‘oyalar  qatori  ilgari  suriladi.  Ilgari  surilgan  g‘oya  asosida  muayyan  marketing 
tadqiqotining  algoritmlari  ishlab  chiqiladi.  Bu,  o‘z  navbatida,  belgilangan 
imkoniyatlar  va  voqeliklarni  hisobga  olgan  holda  yechiladigan  muayyan  vazifalar 
qo‘yishni ta’minlashga imkon beradi. Marketing tadqiqotida algoritmlash hisob-kitob 
jarayoni  mazmunining  rasmiy  yozuvlarini,  uning  strukturasi  va  bosqichlari  ketma-
ketligni ko‘zda tutadi. 


 
44 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish