Tadqiqotlari


-rasm. Marketing tadqiqoti metodologiyasi asoslarini shakllantirish



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

1.10-rasm. Marketing tadqiqoti metodologiyasi asoslarini shakllantirish 
ketma-ketligi va iyerarxiyasi 
 
Marketing  tadqiqoti  metodologiyasi  statistik,  ekonometrik,  sotsiometrik, 
kvalimetrik, bixevioristik va marketing usullari, shuningdek, informatika usullarining 
murakkab  bir  yig‘indisini  ifodalaydi.  Shunday  qilib,  marketing  tadqiqotida 
kompleksli yondashuvni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Bozor 
axboroti 
olish 
maqsadida 
statistik 
va 
marketing 
kuzatuvi 
metodologiyasi,  jumladan,  tanlab  olish,  hisob-kitob  va  savdo  ro‘yxatlari, 
so‘rovnomalar, ekspert baholaridan foydalaniladi. 
Statistik  tahlil  va  bashoratda  bozor  hodisalari  hajmi  va  darajasining  bahosi, 
ularning  dinamikasi  va  strukturasi,  variatsiyalar  keltiriladi,  tendensiya  va 
qonuniyatlar  aniqlanadi.  Unda  mutloq,  o‘rtacha  va  nisbiy  kattaliklar,  guruhlash, 
indeksli, trend  va regressiyali omillar  modellari, variatsion, dispersion, korrelyatsion 
va davriy tahlil usullari qo‘llanadi. 
Ekonometrik  usullar  bozor  jarayonlarini  modellashtirish,  o‘xshatish  va 
bashorat  qilishda  qo‘llanishi  mumkin.  Marketingda  ehtimollar  nazariyasi  va  qaror 
qabul  qilish  nazariyasiga  asoslangan  modellar,  ommaviy  xizmat  ko‘rsatish  usullari 
(navbatlar  nazariyasiga  asoslanadi),  tovar  oqimlari  va  xaridorlar,  oqimlari  modellari 
yetarli darajada keng qo‘llanadi.  
fan va amaliyot 
metodologiyasi
marketing metofologiyasi
marketing tadqiqoti 
metodologiyasi
marketing tadqiqoti uslubiyoti


 
40 
 
Marketing  tadqiqotlarida  ko‘p  o‘lchamli  (jumladan,  klasterli)  tahlil,  qaror 
qabul  qilish  nazariyasi  (risk  nazariyasi),  aloqalar  nazariyasi  (belgilangan 
ko‘rsatkichlar doirasidan chetga chiqadigan jarayonlar xaqida axborot) usullari katta 
foyda  beradi.  Xususan,  ekonometrikada  muqobil  qarorlar  qatori  ichidan  bozor 
vaziyati  uchun  eng  qulayini  tanlash  matematik  usulini  ifodalaydigan  chiziqli 
dasturlash 
usullari 
foydalaniladi. 
Shuningdek, 
iqtisodiy-matematik 
usullar 
logistikada, ya’ni tovarlarni harakatlantirish va omborlarga joylashtirishni boshqarish 
tizimida ham foydalaniladi. 
Tarmoq rejalashtirish  usullari  marketing operatsiyalari ketma-ketligi  va o‘zaro 
aloqalarini  tartibga  solish,  innovatsiyalar  rejalarini  ishlab  chiqish,  sinov  marketingi 
o‘tkazish  va  h.klar  uchun  mo‘ljallangan.  Marketing  vaziyatlari  tahlilida,  raqobat 
xulq-atvori  modellarini  shakllantirish  va  yangi  bozorlarga  chiqish  strategiyalarini, 
ishlab chiqishda ishbilarmonlik o‘yinlari usuli katta foyda keltirishi mumkin. 
Sotsiometriya va bixeviorizmni bilish iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganishda, 
shuningdek,  anketa  so‘rovlari  o‘tkazishda  foydali  hisoblanadi.  Kompleksli  sifat  va 
raqobatbardoshlik  baholari  kvalimetrik  tahlil,  sifat  hodisalarini  mikdoriy  baholash 
usullaridan foydalanishga yo‘naltiradi. 
Marketing  tahlilida  foydalaniladigan  usullarning  mazkur  guruhi  tarkibiga 
korxona  moliyaviy-iqtisodiy  salohiyatining  tijorat  tahlili  usullarini  (tijorat  hisob-
kitoblari, skoring tahlili va h.k.) kiradi. 
Shunday  qilib,  marketing  tadqiqoti  bozorni  u  yoki  bu  darajada  o‘rganadigan 
fanlarning o‘ziga xos to‘plamini, butun bir majmuani ifodalaydi.  
Statistika  –  miqdoriy  o‘lchanadigan,  jamiyatning  rivojlanish  qonuniyatlari  va 
tendensiyalarini  aniqlash,  porporsiyalarni  topish  va  tebranuvchanlikni  baholashga 
imkon beradigan, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadigan fan
.  
Ekonometriya  –  belgilangan  ijtimoiy-iqtisodiy  konsepsiyani,  murakkab,  ko‘p 
omilli  jarayon  va  hodisalarni  tasniflaydigan,  matematik  ifodalar  ko‘rsatkichlarini 
o‘lchash, iqtisodiy-matematik tahlil usullarini qo‘llashdir.  
Sotsiometriya  –  miqdoriy  baholar  yordamida  belgilangan  insonlar  guruhlari 
faoliyati va strukturasining tavsifidir
.  


 
41 
 
Kvalimetriya – tovarlar sifatini miqdoriy baholash metodologiyasidir.  
Bixeviorizm  –  odamlarning  ta’bi,  xohish-istaklari  xaqidagi  fan,  u 
iste’molchilarning  tovarga  munosabati  shakllanishi  va  o‘zgarish  jarayonlarini,  tovar 
va  uning  xususiyatlari  yangilanish  va  eskirish  jarayonlariga  talabning  javobini 
tushunib olishda yordam beradi.  
Belgilangan  axborot  hajmiga  tayanadigan  marketing  tadqiqoti  axborot 
oqimlarini  boshqarish  xaqidagi  fan  hisoblangan  informatika  talablariga  bo‘ysunadi. 
Marketing sxema va modellari va marketing boshqaruvi keng qo‘llaniladi. 
Shunday  qilib,  marketing  tadqiqotlari  metodologiyasi  tadqiqotga  oid  barcha 
unsur  va  usullarni  jamlagan  holda,  faoliyati  yuritadi  va  ushbu  metodologiya 
kompleksini  korxonalar  va  tarmoqlarda  qo‘llanilsa  bozordagi  ulushi  yuqori  darajaga 
erishishga muvofaq bo‘ladi. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish