Tadqiqotlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

 
15.4. Og‘zaki taqdimot 
 
Marketing  tadqiqoti  loyihasi  mijoz-firma  rahbariyatiga  taqdim  etiladi.  Bu 
taqdimot unga yozma hisobotni tushunish va qabul qilishga yordam beradi. Taqdimot 
paytida  firma  rahbariyati  unda  tug‘ilgan  har  qanday  savollarni  berishi  mumkin. 
Ko‘plab  rahbarlarda  loyiha  haqida  birinchi  va  oxirgi  taassurot  taqdimot  asosida 
shakllanishi sababli uning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. 
Puxta  tayyorgarlik  ko‘rish  samarali  taqdimotning  garovidir.  Nutq  matni  yoki 
uning  batafsil  konspekti  yozma  hisobot  mantiqiga  mos  kelishi  lozim.  Taqdtimotni 
muloqot  doirasini  hisobga  olgan  holda  tayyorlash  lozim.  Manfaatdor  shaxslar, 
qatnashchilar  va  loyihaning  oddiy  tinglovchilarini  belgilab  olish,  shuningdek, 
bajarilgan  loyiha  natijalari qay darajada unga daxl qilishini aniqlashga  harakat qilish 
kerak. So‘zga chiqishdan oldin bir necha marta mashq qilib ko‘rish kerak. 


 
330 
 
Jadval  va  grafiklarni  turli  usullar  bilan  ko‘rsatish  lozim.  mel  yoki  flomaster 
bilan  yozish  uchun  taxtalar  zarur  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishga  imkon  beradi. 
Ular  ayniqsa,  maxsus  savollarga  javob  berishda  foydali.  Magnitli  va  karton  taxtalar 
oldindan tayyorlangan materialni tez taqdim etishga yordam beradi. Teskari tomoniga 
o‘girib  qo‘yilgan  diagrammali  varaqlar  zarur  axborotni  yozish  uchun  toza  varaqlar 
sifatida  foydalaniladi.  Proyektor  yordamida  oddiy  grafiklar,  shuningdek,  murakkab 
sxemalarni  ketma-ketlikda  ekranga  chiqarish  mumkin.  Jalb  etuvchan  slaydlar  olish 
uchun  bir  necha  xil  kompyuter  dasturlari  mavjud.  Rangli  plakatlar,  slaydlar, 
videomagnitofonlar  va  proyektorlar  fokus-guruhning  ish  natijalarini  va  dala 
ishlarining  boshqa  jihatlarini  taqdim  etishda  ayniqsa  samarali  bo‘ladi.  Shuningdek, 
monitordagi  tasvirni  ekranga  tushirishga  imkon  beradigan  shaxsiy  kompyuterlarga 
ulanadigan proyektor apparatlaridan foydalanish mumkin. 
Taqdimot  paytida  muloqot  doirasi  bilan  yaqin  aloqani  qo‘llab-quvvatlash 
lozim.  qatnashchilarga  taqdimot  payti  ham,  undan  keyin  ham  savol  berish  uchun 
imkoniyat  berilishi  lozim.  Taqdimot  qiziqarli,  hayotdan  olingan  voqealar,  tarixiy 
hodisalar, tsitatalardan foydalangan holda ishonarli bo‘lishi zarur. «E-e», «haligi…», 
«bilasizku», «mayli» kabi so‘zlardan qochishga harakat qilish kerak. "Ularga ayting" 
("tell  thenr")  tamoyili  taqdimot  o‘tkazish  uchun  samaralidir.  Unga  ko‘ra: 
tinglovchilarga ularga aytish niyatida bo‘lgan narsalarni gapiring; ular uchun gapiring 
va ularga siz aytgan narsalarni gapiring. 
Samarali  tadqiqot  qoidasi.  Ushbu  tamoyilga  ko‘ra:  tinglovchilarga  siz  ularga 
aytish  istagida  bo‘lgan  narsalarni  gapirib  bering;  ular  uchun  gapiring  va  ularga  siz 
aytgan narsalarni gapiring. 
Boshqa bir foydali qoida KISS them tamoyiliga amal qilish bo‘lib, unga ko‘ra: 
"Oddiy  va  ochiq  bo‘l"  (ingliz  tilidagi  KISS  akronimi  -  Keep  It  Simple  and 
Straightforward). 
KISS tamoyili ("KISS them1 principle) 
Ma’ruzani taqdim etish tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra: " Oddiy va ochiq bo‘l". 
Ma’ruzani  o‘qishda  imo-ishoralardan  foydalanish  lozim.  ko‘rgazmali  imo-
ishoralar  axborotni  og‘zaki  uzatishni  kuchaytiradi  yoki  kuchaytiradi.  Ifodali  imo-


 
331 
 
ishoralar  aytilgan  fikrni  kuchaytirish  uchun  foydalaniladi.  Suggestiv  imo-ishoralar  – 
g‘oyalar  va  hissiyatlar  ramzi.  Unlovchi  imo-ishoralar  muloqot  doirasida  ma’ruzachi 
uchun kerakli bo‘lgan javob yuzaga keltiradi. Ma’ruzachi ovoz balandligi, ohangi va 
artikulyatsiyani  o‘zgartirishi  tavsiya  etiladi.  Taqdimotni  kuchli  yakun  bilan  tugatish 
lozim. taqdimotning muhimligini ta’kidlash uchun uni quyidagi misolda ko‘rsatilgani 
kabi, eng  yuqori darajali rahbarlar  ishtirokida  mijoz tashkilotida o‘tkazish  maqsadga 
muvofiq. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish