Tadqiqotlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Hisobotni yozish 
O‘quvchilar.  Shuni  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  hisobot  o‘ziga  xos 
o‘quvchilar turi – tadqiqot natijalaridan o‘z ishida foydalanadigan marketing bo‘yicha 


 
328 
 
menejerlar  uchun  tayyorlanadi.  Hisobot  mualliflari  o‘quvchilarning  maxsus 
tayyorgarligi  va  ularning  loyihaga  qiziqishini,  shuningdek,  ular  ushbu  hisobotni 
o‘qiydigan va undan foydalanadigan vaziyatni hisobga olishlari lozim. 
Hisobotda  maxsus  atamalar  va  jargon  so‘zlarni  suiiste’mol  qilmaslik  kerak. 
Ekspertlardan  birining  aytishicha:  "Sizning  hisobotlarni  o‘qiydigan  shaxslar  –  band 
bo‘lgan  odamlar;  ularning  kam  sonli  qismigina  bir  vaqtning  o‘zida  ham  tadqiqot 
haqida  hisobot  o‘qishi,  ham  lug‘at  varaqlashi  va  kofe  ichishi  mumkin"  [5].  Agar 
ayrim  maxsus  atamalarsiz  ish  bitmaydigan  bo‘lsa,  ularning  mazmuni  ilovalarda 
bayon qilib o‘tilishi lozim. Gap marketing tadqiqotlariga taalluqli bo‘lganida odamlar 
ular  tushunmaydigan  yechim  bilan  rozi  bo‘lgandan  ko‘ra  hal  qilinmagan  muammo 
bilan yashashga rozi bo‘ladi. 
Ko‘pincha  tadqiqotchi  loyihaga  qiziqish  va  maxsus  tayyorgarlik  darajasi 
turlicha  bo‘lgan  bir  nechta  guruhning  ehtiyojlarini  qondirishi  lozim.  Bunday  nizoli 
so‘rovlarga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  hisobotga  turli  o‘quvchilar  uchun  turli  bo‘limlar 
kiritish yoki alohida maxsus hisobotlar tayyoranishi mumkin. 
O‘qish  osonligi.  Hisobot  o‘qish  uchun  oson,  chunonchi,  mantiqan 
strukturalangan  va  tushunarli  tarzda  yozilgan  bo‘lishi  lozim.  Hisobot  materiali, 
ayniqsa,  uning  asosiy  qismi  mantiqan  o‘zaro  bog‘langan  bo‘lishi  lozim.  Sarlavhalar 
asosiy  mavzulr  uchun, kichik sarlavhalar esa – kichik  mavzular  uchun  foydalanilishi 
lozim. 
Materialni  mantiqiy  tashkil  qilish  bog‘langan  hisobotga  olib  keladi. 
Tushunarlilikni  yaxshi  tuzilgan,  qisqa  va  mohiyatga  tegishli  gaplardan  foydalangan 
holda  oshirish  mumkin.  So‘zlar  tadqiqotchining  fikrini  aniq  yetkazishi,  murakkab 
so‘zlar,  jargonlar  va  qolip  so‘zlardan  qochish  lozim.  Hisobot  tushunarliligi  uning 
loyiha  bilan  tanish  bo‘lmagan  bir  necha  kishi  tanqidiy  ruhda  o‘qib  chiqishi  bilan 
tekshirish  mumkin.  Yakuniy  hisobot  qo‘lga  kiritilgunga  qadar  hisobotning  bir  necha 
variantini yoziga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori. 
Prezentabellik, professional tashqi ko‘rinish. Hisobotni rasmiylashtirishga katta 
e’tibor qaratish lozim. U sifatli qog‘ozda bosib chiqarilgan va muqovalangan bo‘lishi 


 
329 
 
lozim.  Shriftlar  to‘g‘ri  tanlanishi  kerak,  matnni  o‘qish  qulay  bo‘lishi  ko‘p  jihatdan 
shunga bog‘liq bo‘ladi. 
Ob’ektivlik  –  hisobotning  zaruriy  shartidir.  Metodologiya,  natijalar  va 
xulosalar  aniq  bayon  qilinishi  lozim.  Buyurtmachining  kutayotgan  natijalariga  mos 
bo‘lish  maqsadida  ma’lumotlarni  buzib  ko‘rsatishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Qaror  qabul 
qiladigan  shaxslar  ularning  fikri  yoki  harakatlari  noqulay  tarzda  aks  ettirilgan 
hisobotni  zavq-shavq  bilan  qabul  qilishi  ehtimoli  past.  Tadqiqotchi  natijalarni 
ob’ektiv  aks  ettirish  va  himoya  qilish  uchun  jasoratga  ega  bo‘lish  lozim.  «Aslida 
qanday bo‘lsa, shunday gapir» degan qoidaga rioya qilish zarur. 
Matnni  jadvallar  va  grafiklar  bilan  kuchaytirish.  Matndagi  asosiy  axborotni 
jadvallar,  grafiklar,  rasmlar,  xaritalar  va  boshqa  vizual  vositalar  bilan  kuchaytirish 
lozim  bo‘lib, bu  hisobotni tushunish oson  bo‘lishiga  xizmat qiladi  va  va uning ta’sir 
darajasini oshiradi.  
Qisqalik.  Hisobot  qisqa  va  lo‘nda  bo‘lishi  lozim.  Barcha  keraksiz  narsalarni 
qoldirib  ketish  lozim.  Agar  hisobotda  axborot  juda  ko‘p  bo‘lsa,  muhim  jihatlar 
ko‘rinmay  qolishi  mumkin.  Biroq  qisqalikka  hisobiga  bayon  qilish  to‘liqliga 
hhisobiga erishmaslik lozim. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish