Xulosa va tavsiyalar.
Hisobotda tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash
yakunini keltirish yetarli emas. Natijalar qo‘yilgan muammoni hisobga olgan holda
yoritib berilishi lozim. Tadqiqot natijalari va xulosalarga (conclusions) asoslangan
holda, tadqiqotchi qaror qabul qiladigan shaxslarga tavsiyalar (recommendations)
berishi mumkin. Ba’zida marketologlardan tavsiya ham so‘ralmaydi, chunki ular
qator holatlarda mijoz firmasidagi utun vaziyatni qamrab ola olmaydi. Agar
tavsiyalar berilgan bo‘lsa, ular amaliy bo‘lishi va bevosita rahbariyat tomonidan qaror
qabul qilishda foydalanilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |