334
GLOSSARIY
Aksiyadorlik jamiyati (ingl. Joint-stock company)
– korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli bo‘lib, jamiyat ixtiyoridagi mulki, boyligiga asoslanib faoliyat
yuritadi. Aksiyadorlik jamiyati sarmoyasi jamiyat a’zolarining qo‘shgan pul
mablag‘lari yoki moddiy ne’matidan tashkil topadi.
Aksiya (ingl. Share)
– aksiyadorlar jamiyati a’zosining mablag‘ qo‘shganligi
haqida guvohlik beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aksiya sotib olgan shaxs hissador
bo‘lib, ma’lum huquq va majburiyatga ega bo‘ladi.
Aksiyaning nazorat paketi (ingl. Block of shares)
– biror shaxsga
aksiyadorlar jamiyati faoliyati ustidan nazorat qilishni ta’minlaydigan aksiyalar
hissasi. Odatda bunday holat aksiyalar miqdorning yarmidan ko‘pi yoki katta qismi
bir qo‘lda to‘planganda amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: