Tadqiqotlari


Jins:  kattalar:______erkaklar _______ayollar



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Jins:  kattalar:______erkaklar _______ayollar 
 
 
bolalar: ______erkaklar _______ayollar 
foydalanish: _________ mahsulot uchun aravachalar 
 
 
___________ mahsulot savatchasi 
 
 
___________ hech narsa 
magazindagi xulq-atvorni qayd etish 
 
Xulq-atvor  
Yangi 
apelsin 
Shisha 
idish-
dagi sharbat 
Bankali sharbat 
Muzlatilgan 
sharbat 
Tovar yonidan o‘tib ketish 
 
 
 
 
Har 
xil 
tovar 
turlarini 
taqqoslash 
 
 
 
 
 
 
 
 
Belgilangan markani tanlash 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tanlangan 
markani 
diqqat 
bilan ko‘rib chiqish 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
210 
 
Guruhdagi 
boshqa 
qatnashchilar  bilan  muhokama 
qilish 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xaridni  tanlashning  boshqa 
xususiyatlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Foydalanish: _________ xaridlar ro‘yxati 
 
 
___________kalkulyator 
 
 
___________kuponlar 
Xarid amalga oshirilgan vaqt____________ 
Xarid qilingan miqdor_________________
 
 
Ba’zida kuzatuvchi odamni maxsus mexanik vosita bilan almashtirish mumkin. 
Bunday  almashtirish  yoki  aniqlikning  yuqoriligi,  yoki  arzonlik,  yoki  funksional 
sabablar bilan asoslanadi. Masalan, ko‘cha harakatini o‘rganishda avtomatik qurilma 
g‘ildiraklari  maxsus  plastinani  bosib  o‘tgan  har  bir  mashinani  qayd  etadi. 
Shuningdek,  maxsus  qurilma  vositasida  oilaning  ma’lum  bir  teleko‘rsatuvlarni 
ko‘rish odatlarini osonroq va ishonchliroq o‘rganish mumkin. 
Kuzatuvni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 
1.  Kuzatuvlar  nisbatan  qisqa  vaqt  oralig‘ida  amalga  oshirishi  lozim.  Masalan, 
vaqt  va  mablag‘  sarflash  nuqtai  nazaridan  butun  uyni  sotib  olish  jarayonini  kuzatish 
maqsadga  muvofiq  emas.  Vaholanki,  buni  qismlar  bo‘yicha,  ushbu  jarayonning 
alohida bosqichlarida amalga oshirish mumkin. 
2.  Kuzatilayotgan  jarayon  va  hodisalar  kuzatish  uchun  ochiq  bo‘lishi,  jamoat 
orasida ro‘y berishi lozim. Masalan, xususiy suhbat bu talabga javob bermaydi. 
3.  Respondent  yaxshi  eslab  qolishga  qodir  bo‘lmagan,  tez-tez  takrorlanadigan 
sistematik  faoliyat  uning  aossida  yotmaydigan  xulq-atvorgina  kuzatuv  ostiga 
qo‘yilishi lozim. Masalan, kishi odatda oxirgi dushanba kuni ishga ketayotgan mahal 
avtomobilla qaysi radioeshittirishni tanglaganligini eslay olmaydi. 
Eng  ideal  holatda  kuzatuv  ob’ektlari  ularnig  xulq-atvori  kuzatuv  istida 
ekanligini  bilmasligi  lozim.  Qator  hollarda  kuzatuv  aniq  axborot  olishning  yagona 
usuli  hisoblanadi.  Masalan,  kichkina  bolalar  o‘yinchoqqa  o‘zning  munosabatini  so‘z 
orqali  ifodalay  olmaydi,  biroq  bunday  axborotni  bolalarning  o‘yinchoqni  qanday 
o‘ynashiga qarab olish mumkin. 
Odatda kuzatuv usuli boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi. Bu holatda 


 
211 
 
olingan natijalar bir-birini to‘ldiradi va nazorat qiladi. Xususan, agar kuzatuv boshqa 
usullar  yordamida  olingan  ma’lumotlarni  nazorat  qilish  uchun  foydalaniladigan 
bo‘lsa,  u  maksimal  darajada  qat’iy  strukturalangan  bo‘lishi,  nazorat  qilinayotgan 
axborot to‘plangan sharoitlar bilan bir xil sharoitlarda ro‘y berishi lozim. 
Kuzatuv  usulining  kamchiliklari  barcha  sifat  tadqiqotlariga  xos.  Bevosita 
kuzatuvda  odata  kichk  guruhdagi  odamlarning  xulq-atvori  ma’lum  bir  sharoitlarda 
o‘rganiladi, demak, olngan ma’lumotlarning reprezentativlik masalasi yuzaga keladi. 
Bunda  sub’ektiv  talqin  qilish  o‘ringa  ega  bo‘ladi.  odamning  qabul  qilish  hissiyoti 
cheklangan,  shu  sababli  o‘rganilayotgan  vaziyatning  bironta  muhim  jihatini  o‘tkazib 
yuborishi  mumkin.  Odatda  tadqiqotchi  kuzatuv  usuli  asosida  olingan  ma’lumotlarni 
chuqurlashtirish  va  ma’lum  bir  xulq-atvor  asosida  yotgan  manfaatlar,  motivlar, 
munosabatlarni ochib berishga qodir bo‘lmaydi.  
Kuzatuv  juda  ko‘p  mehant  talab  qiladigan  usul  sanaladi.  Kuzatuv  natijalarini 
rasmiylashtirish ba’zida kuzatuvning o‘zi uchun sarflangan vaqtdan ikki baravar ko‘p 
vaqt talab qiladi. 
Atrofdagi  vaziyat  xarakteriga  qarab  kuzatuv  tabiiy  sharoitlarda  (magazinda, 
peshtaxta  oldida)  ro‘y  beradigan  dala  kuzatuvi  yoki  sun’iy  tashkil  qilingan 
sharoitlarda bo‘lib o‘tadigan laboratoriya kuzatuvi bo‘lishi mumkin.  
Kuzatuv  natijalari  audio-  yoki  videotexnika  yordamida,  yon  daftarlarda  qayd 
etiladi. 
Kuzatuv  o‘tkazishdagi  qiyinchiliklar  sub’ektiv  (kuzatuvchi  shaxsi  bilan 
bog‘liq) va ob’ektiv (kuzatuvchiga bog‘liq bo‘lmagan) turlarga bo‘linadi. 
Sub’ektiv qiyinchiliklar qatoriga tadqiqotchining boshqalar harakatlari va xulq-
atvorini  o‘zining  qadriyatlar  tizimi,  o‘z  «Men»i  orqali  tushunish  va  talqin  qilishi 
mumkinligi  tushuniladi.  Bundan  tashqari,  kuzatuv  har  doim  tadqiqot  maqsadlariga 
bo‘ysunadi, bu esa kuzatilayotgan narsa sohasini ta’kidlaydi va unga selektiv xarakter 
baxsh  etadi.  Oqibatda  kuzatuv  uchun  dalillar  tanlash  kuzatuvchining  o‘ziga  kuchli 
bog‘liq bo‘ladi. 
Ob’ektiv  qiyinchiliklar  qatoriga  birinchi  navbatda  kuzatuv  vaqtining  hodisa 
ro‘y  berish  vaqti  bilan  cheklanganligini  kiritish  mumkin.  Bundan  tashqari,  barcha 


 
212 
 
qiziqarli omillarni ham bevosita kuzatish imkoni bo‘lavermaydi. 
Kuzatuvchining  shaxsiy  xislatlar,  uning  ro‘y  berayotgan  holisalarga  o‘z 
munosabatini  bildirishi  ham  kuzatilayotgan  щaxslar  xulq-atvoriga  jiddiy  ta’sir  etishi 
mumkin. 
Kuzatuv marketing tadqiqotlarining boshqa usullarini to‘ldirishi va tadqiqotchi 
uchun zarur bo‘lgan axborotni boshqa usullar bilan olish  imkoni bo‘lmagan hollarda 
qo‘llanishi  lozim.  Odamlar  o‘z  harakatlari  ketma-ketligini  aniq  va  batafsil  tavsiflay 
olmagan  hollarda  shunday  bo‘ladi.  Odatiy  vaziyatlarda  odamlarning  harakatlari 
ko‘pchilik  hollarda  «avtomatik»  xarakterga  ega  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  tez-tez 
takrorlanadigan  vaziyatning o‘zi  uning ongidagi biron  ma’lumotga aylanadi  va  unga 
xos bo‘lgan jihatlar o‘chib ketadi. 
Tadqiqot 
maqsadlari 
uchun 
zarur 
bo‘lgan  axborotni  olish,  ya’ni 
o‘rganilayotgan  ob’ektning  muhim  tavsiflari  xaqida  ma’lumot  olish,  uning  faoliyati 
bilan  bog‘liq  bironta  muhim  narsani  o‘tkazib  yubormaslik  uchun  kuzatuv  dasturi  va 
rejasini  oldindan  ishlab  chiqish  zarur.  Rejalashtirishda  kuzatuv  o‘tkazish  muddatlari 
aniq  belgilanishi  va  axborot  to‘plash  usuli  ko‘rsatilishi  lozim.  bundan  tashqari, 
tadqiqotchi  o‘zida  mavjud  imkoniyatlar  (vaqt,  mablag‘,  yordamchilar  soni  va 
ularning  malakasi)  doirasida  kuzatuv  sohasini  chegaralash,  shuningdek,  uchrashi 
mumkin  bo‘lgan  to‘siqlarni  (ma’muriy  yoki  psixologik  qiyinchiliklar,  axborot  olish 
va qayd etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar) hisobga olishi muhim ahamiyat kasb etadi.  
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish