Tadqiqotlari


 Kuzatuv usulini o‘tkazish bosqichlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

9.4. Kuzatuv usulini o‘tkazish bosqichlari 
 
Kuzatuv o‘tkazishning quyidagi bosqichlari  ajratib ko‘rsatiladi. 
Maqsadni belgilash, vazifalar qo‘yish, kuzatuv ob’ekti va predmetini belgilash. 
Tadqiqot  maqsadlariga  qarab  odatda  kuzatuv  predmeti  sifatida  ob’ekt  faoliyatining 
bitta yoki bir nechta chegaralangan sonli jihatlari tanlab olinadi, masalan, xaridorning 
magazin savd zalidagi harakatlar yo‘nalishi o‘rganiladi. 
Mos keluvchi ruxsatnomalar olish, odmlar bilan muloqo‘natish. 
Kuzatuv  usulini  tanlash  va  oldindan  to‘plangan  materiallar  asosida  jarayonni 
ishlab chiqish. 


 
213 
 
Kuzatuvga  kirishishdan  oldin  tadqiqotchi  uchun  qiziqarli  bo‘lgan  vaziyat 
xaqida  mulohaza  yuritish  mumkin  bo‘lgan  kuzatuv  birliklarini  tanlab  olish  lozim. 
Kuzatuv  birligi  sifatida  turli  xarakterdagi  istalgan  murakkab  harakatlar  yig‘indisi 
tanlanishi mumkin. 
Texnik  hujjatlar  va  asbob-uskunalar  tayyorlash  (kartochkalar,  bayonnomalar, 
kuzatuvchilar  uchun  yo‘riqnomalarni  ko‘paytirish,  texnik  asbob-uskunalarni 
tayyorlash va h.k.). 
Reja  ishlab  chiqilgandan  so‘ng  kuzatuv  o‘tkazish,  ma’lumotlar  to‘plash, 
axborot jamlash amalga oshiriladi. 
Bu  yerda  birinchi  navbatda  kuzatuvchilarni  tanlab  olish  lozim.  diqqat-e’tibor, 
sabr-toqat,  kuzatilayotgan  vaziyatdagi  o‘zgarishlarni  qayd  etish  qobiliyati  kabi 
xislatlardan  tashqari  kuzatuvchiga  qo‘yiladigan  asosiy  talablardan  biri  halollik 
hisoblanadi. 
Kuzatuvchi  o‘z  harakatlarining  kuzatilayotgan  vaziyatga  ta’siri,  demak, 
ularning o‘zgarishi minimal bo‘lishi uchun ularni uzluksiz kuzatib borishi lozim. 
Har  bir  kuzatuvchi  mos  keluvchi  tayyorgarlikdan  o‘tishi  zarur.  Kuzatuvchini 
o‘qitishi bir vaqtning o‘zida unda muhim harakatlarni ko‘ra olish, shuningdek, eslab 
qolish va aniq qaydlar yuritish qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. 
Kuzatuvga  tayyorgarlikda  yo‘riqoma  ishlab  chiqish  muhim  bosqich  sanaladi. 
Yaxshi  tayyorlangan  yo‘riqoma  kuzatuvchilarning  ishini  yengillashtiradi  va  ular 
tomondan to‘planadigan materiallarni bir xillashtiradi. 
Yo‘riqnomada  kuzatilayotgan  hodisalarni  qayd  etish  usuliga  talablar 
ko‘rsatilishi lozim. 
Kuzatuv natijalarini qayd etish quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi: vaqt va 
joy imkon beradigan darajada «qaynoq izlar» bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa muddatli 
qayd;  kuzatilayotgan  shaxslar,  hodisa  va  jarayonlarga  taalluqli  axborotni  qayd  etish 
uchun  xizmat  qiladigan  kartochkalar;  kuzatuvlar  kundaligi;  foto-,  video-,  ovoz 
yozuvlari. 
Kuzatuv  natijalarini  qayd  etish  ikki  yoqlama  nazorat  –  kuzatuvchi  ustdian 
nazorat  va kuzatilayotgan  vazit yoki jarayon doirasida chetga og‘ishni  nazorat qilish 


 
214 
 
vositasi hisoblanadi.  
Strukturalanmagan kuzatuv ko‘pincha natijalarni qayd qilishning qat’i belgilab 
qo‘yilgan  shakllariga  ega  bo‘lmaydi.  Bu  yerda  avvalo  qaydlar  nima  kuzatuv 
hisoblanishi,  nima  esa  kuzatilayotgan  hodisalar  talqini  ekanligini  aniqlashga  imkon 
berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kuzatuv ustidan nazorat turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin: a) 
vaziyat  qatnashchilari  bilan  suhbat  o‘tkazish;  b)  ushbu  vaziyat  bilan  bog‘liq 
hujjatlarga  murojaat  qilish;  v)  o‘z  kuzatuvi  natijalarini  boshqa,  malakali  kuzatuvchi 
tomondan qilingan kuzatuv  natijalari bilan solishtirish;  g) kuzatuv  xaqida raportlarni 
boshqa tadqiqotchilarga kuzatuvlarni takrorlash maqsadida yuborish. 
Kuzatuv xaqida hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: amalga oshirilgan 
kuzatuv  vaqti,  joyi  va  vaziyatlari  xaqida  hujjatlar;  tadqiqot  o‘tkazishda 
kuzatuvchining  roli  kuzatuv  usuli  xaqida  axborot;  kuzatilayotgan  shaxslar 
tavsifnomasi;  kuzatuvchining  o‘z  qaydlari  va  sharhlari;  olingan  natijalar 
ishonchliligining bahosi. 
Odatda ishonchlilikni baholashning uchta turidan biri qo‘llanadi: 

 
kuzatuvchilarning  rozilik  koeffitsiyenti  (bitta  vaziyat  bir  vaqtning  o‘zida 
turli tadqiqotchilar tomondan kuzatiladi); 

 
barqarorlik koeffitsiyenti (bitta kuzatuvchining o‘zi kuzatuvni turli vaqtlarni 
o‘tkazadi); 

 
ishonchlilik  koeffitsiyenti  (turli  kuzatuvchilar  turli  vaqtda  kuzatuv 
o‘tkazadi). 
Kuzatuvlar rejasini ishlab chiqishda kuzatuv ostiagilar faoliyati ro‘y beradigan 
sharoit va vaziyatlarning eng muhim tavsiflarini aniqlash, ya’ni kuzatuvni qachon va 
qayerda o‘tkazish masaalsini hal qilish zarur. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish