Tadqiqotlari


 Kuzatuv usulining turlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

9.2. Kuzatuv usulining turlari 
 
Sifat tadqiqotlarining asosini respondentlar bilan aloqa qilishdan ko‘ra ko‘proq 
ularni  kuzatish  ko‘zda  tutiladigan  kuzatuv  usullari  tashkil  qiladi.  Bu  usullarning 
ko‘pchiligi psixologlar tomondan ishlab chiqilgan yondashuvlarga asoslanadi. 
Marketing tadqiqotlarida kuzatuv o‘rganilayotgan ob’ekt xaqida tanlab olingan 
odamlar guruhini, harakatlar va vaziyatlarni kuzatish yo‘li bilan birlamchi marketing 
axboroti  to‘plash  usulini  ifodalaydi.  Bunda  tadqiqotchi  o‘rganilayotgan  ob’ektga 
taalluqli va tadqiqot maqsadlar nuqtai nazaridan muhim hisoblangan barcha omillarni 
bevosita qabul qiladi va qayd etadi.
 
 
Marketing  tadqiqotida  kuzatuv  turli  maqsadlarga  erishishga  yo‘naltirilgan 
bo‘lishi mumkin. Kuzatuv o‘tkazish usullari xilma-xilligi ularni amalga oshirga to‘rt 
xil  yondashuv:  bevosita  yoki  bilvosita,  ochiq  yoki  yashirin,  strukturalangan  yoki 


 
208 
 
strukturalanmagan,  inson  yordamida  yoki  mexanik  vositalar  yordamida  amalga 
oshiriladigan kuzatuvlar asosida belgilanadi. 
Bevosita kuzatuv aytaylik, xaridorlarning magazindagi xulq-atvorini (masalan, 
mahsulotlarni  qaysi  ketma-ketlikda  sotib  oladi)  bevosita  kuzatishni  nazarda  tutadi. 
Bilvosita  kuzatuvni  qo‘llashda  xulq-atvorning  o‘zi  emas,  balki  natijalari  o‘rganiladi. 
Bu  yerda  ko‘pincha  arxiv  ma’lumotlaridan  foydalaniladi,  masalan,  belgilangan 
tovarlarning  yillar  bo‘yicha  zaxiralar  dinamikasi  xaqidagi  ma’lumotlar  bozor 
vaziyatidagi  o‘zgarishlarni  o‘rganishda  foydali  bo‘lishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 
ayrim  hodisalarning  tabiiy  isbotlari  o‘rganilishi  mumkin.  Masalan,  axdat  qutilarini 
o‘rganish  natijalari  bo‘yicha  qaysi  firmalarning  tovar  o‘rovi  atrof-muhitni  qay 
darajada ifloslantirishi xaqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. 
Ochiq  kuzatuvda  odamlar,  masalan,  maxsus  eksperimentlar  o‘tkazishda  ularni 
kuzatishayotganini  bilishlari  ko‘zda  tutiladi.  Biroq  kuzatuvchilar  mavjudligi  kuzatuv 
ostidagilarning xulq-atvoriga ta’sir etadi, shu sababli bu ta’sirning minimal bo‘lishiga 
harakat qilish kerak. 
Bu  talablarga  tadqiq  etilayotgan  shaxslar  ularni  kuzatishayotganini  bilmagan 
hollardagi  yashirin  kuzatuvlar  javob  beradi.  Masalan,  magazinlarda  sotuvchi 
xaridorlar bilan qanchalik xushmuomala bo‘lishi va ularga xaridni amalga oshirishda 
yordam ko‘rsatishi yashirincha kuzatilishi mumkin. 
Strukturalangan kuzatuv o‘tkazishda kuzatuvchi u nimalarni kuzatishi va qayd 
etishini  oldindan  belgilab  qo‘yadi.  Boshqa  barcha  xulq-atvor  turlariga  e’tibor 
qaratilmaydi.  Ko‘pincha  kuzatuvchining  sarflanadigan  vaqtini  qisqartirishga  yordam 
beradigan kuzatuvlar standart varag‘idan foydalaniladi. 
Strukturalangan  kuzatuv  boshqa  usullar  bilan  olingan  natijalarni  tekshirish, 
ularni  aniqlashtirish  uchun  foydalaniladi.  U  tadqiqot  ob’ektining  xulq-atvorini 
aniqroq ta’riflash  uchun axborot to‘plashning asosiy  usuli sifatida  ham  foydalanilish 
mumkin. 
Uning  qo‘llanishi  tadqiqot  predmetini  oldindan  yaxshi  bilishni  talab  qiladi, 
chunki strukturalangan jarayonni ishlab chiqish jarayonida tadqiqotchi kuzatilayotgan 
vaziyatni  tashkil  qiluvchi  hodisalarni  tasniflash  tizimini  tuzish  va  kzatuv  toifalarii 


 
209 
 
standartlashtirishi  lozim.  Tasniflash  tizimi  keyingi  tahlilni  o‘tkazish  taxmin 
qilinayotgan atamalar bilan ifodalanishi lozim 
Shunday  qilib,  kuzatuvlar  shakli  qaysi  xulq-atvor  turi  kuzatilish  va  uning 
qanday  qayd  etilishini  ko‘rsatishi  lozim.  Bundan  tashqari,  shaklning  yuqori  qismida 
tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi va kuzatuv vaqti ko‘rsatiladi. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  yondashuvda  dastlab  tasniflash,  so‘ngra  kuzatuvni 
amalga  oshirish  ko‘zda  tutiladi.  Vaholanki  dastlab  kuzatuv  o‘tkazish,  so‘ngra 
natijalarni alohida toifalar bo‘yicha joylashtirish mumkin. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish