2.4. Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Geometriya fani bo’yicha tayanch BKM va kompetensiyalarni shakllantirish, smart texnologiyalar asosida Geometriya fanini o’qitishning metodik tizimini takomillashtirishda ixtisoslik fanlarini o’qitish mazmuni, metodi va shakllarini tadqiq qilish natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarga kelindi.
Geometriya fanini o’qitish bo’yicha mavjud metodikalar tahlili shuni ko’rsatdiki, umumiy o’rta ta’lim maktablari Geometriya fanini axborot texnologiyalari bo’yicha tayanch BKM va kompetensiyalarni shakllantirishda o’qitishning metodik tizimini smart texnologiyalar asosida takomillashtirildi.
Geometriya fanini smart texnologiyalar asosida o’qitishning didaktik ta’minoti, metod va vositalarini takomillashtirishning muhim omillaridan biri ta’lim jarayonini samarali tashkil etishdir, ya’ni asosiy maqsad mashg’ulot jarayonini mediatexnologik tarzda tashkil etish ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtiruvchi mediavositalar hamda samarali interfaol ta’lim metodlari, o’qitishning aralash usullaridan oqilona foydalanishdir.
Mediatexnologik ta’lim – bu ta’limni belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishni nazariy loyihasi pedagogik tizimning amalga oshiruvchi muhim vositalar kompleksi bo’lib, unda ta’lim texnologiyasining samarasi darsning tanlangan va muvofiq keluvchi shakli, metodlari, pedagogik shart-sharoitlar hamda mediavositalarining uyg’unlikda ishlatilishiga bog’liq bo’ladi.
Geometriya fanini smart texnologiyalar asosida o’qitishda “Web-quest+Mediatools” interfaol metodidan foydalanish o’quvchida Davlat ta’lim standartlarida belgilangan axborot savodxonligi bo’yicha qo’yilgan tayanch bilim, ko’nikma, malaka va tayanch kompetetsiyalarning shakllanishi, axborotlarni saralash, tushunish, uzatish, tanish hamda ulardan mustaqil foydalana olish hamda mediamahsulotlarni samarali qo’llay olishi, mas’uliyatni o’z bo’yniga olishi hamda qarorlar qabul qilishi, muammoli vaziyatlarni ijobiy hal qilishi kabi zaruriy jihatlarni shakllantirishi aniqlandi.
5.Mediatexnologiyalar asosida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirish, shuningdek o‘quvchining dunyoqarashi kengayishi, xotirasining o‘sishi, tasavvur etishi, ta’lim jarayonida didaktik, pedagogik, metodik omillardan foydalanish, kreativ, tanqdiy tafakkurini shakllantirish uchun mediatexnologik “Web-quest+Mediatools” interfaol metodidan to‘g‘ri foydalanish va amaliyotga joriy qilish lozim.
6.Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash (blended learning – onlayn va offlayn) ta’lim shakli, ta’lim metodlari va web-resurslardan oqiloni foydalanish orqali Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik tizimi yanada takomillashishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |