Tahlilchilarning maqsadli narxlari:
Deutsch Bank tomonidan ‘Sprouts Farmers Markets Inc’
korxonasining joriy
aksiyalariga narxi $31 lik
maqsadli narxdan $33 narxga ko’tarildi.
Boshqa tahlilchilarning aksiya narxiga prognozini quyidagi grafik orqali ko’rishingiz mumkin:
O’rtacha aksiya narxini $25.93 deb belgilashgan va eng yuqori narx sifatida $37 lik narx o
lingan.
Aksiyaning narx agar yuqori tushishni ko’rsatsa unda $19.50 narxga yetishini ta’kidlashmoqda.
Ushbu o’rtacha prognoz narxi yuqoridagi tehnik tahlilimizdagi savdoni amalga oshirish narxidan $0.3
ga farqlanmoqda.
9.
Risk boshqaruvi
Har qanday moliyaviy instrumentga sarmoya qilishda avvalambor daromad darajasini
bilishdan ham
oldin, mavjud risklarni aniqlash va ularga tayyor turish muhim ahamiyat kasb etadi.
SFM aksiyasining oxirgi 2 yillik narxlardagi o’zgarishi statistikasiga asosan o’rtacha kun
lik daromadi
0.5% ga teng bo’lgan bo’lsa, o’rtacha narxlarning tebranish darajasi 2.53% ga teng bo’lgan.
VaR (Value at Risk) ko’rsatgichi bo’yicha 2 yillik narxlar tahliliga asosan aksiyani narxlari 5% lik
ehtimoliy nazariyasiga ko’ra bir kunda 3.61% tushish ko’rsatgichini ko’rsatsa, 1%lik ehtimoliy
nazariyasiga ko’ra aksiyaning narxlari 5.25% ga pastlaydi. Faqatgina 0.1% ehtimollikga ko’ra
aksiyaning narxi bir kun ichida 18% pastlashni qayd etishi mumkin.
Agar aksiyaning narxlari tushishda davom etsa va
bu tushish davomiy bo’lsa, ‘Maximum drawdown’
statistik hisob kitobga ko’ra aksiyaning narxi 42%gacha pastlashi mumkin va
bu ehtimoldan holi
emas.
Quyidagi grafik orqali oxirgi 2 yilda qayd etilgan aksiyaning narxlaridagi tushishni ko’rishingiz
mumkin.
U
shbu hisob kitobga ko’ra aksiyaning narxlari barqaror emasligi va faqatgina qisqa muddat uchun
sarmoyaga mo’ljallanganligini ko’rsatmoqda. Risk ko’rsatgichlari ham yuqori baholangan.
‘Massimo Analytics’
aturabidinov@bloomberg.com
10.
Xulosa
➢
‘Sprouts Farmers Markets’
korxonasi AQSH da
joylashgan tabiiy oziq ovqat mahsulotlarini
savdosi bilan shug’ullanuvchi supermarketlar tarmog’i hisoblanadi va ESG faktoriga asosan
yuqori o’rinlarda turadi.
➢
Korxona moliyaviy ko’rsatgichlariga ko’ra oxirgi 1 yil davomida juda yuqori o’sishni namoyish
e
tgan va buni Top 10 moliyaviy ko’rsatgichlari orqali aniqlash mumkin.
➢
Sanoatdagi raqobatchilari bilan nisbiy baholanganda o’rtacha baholanganligini ko’rsatmoqda
va bu yo’nalishda ustunlikni bera olmagan.
➢
Fundamental narx bo’yicha o’rtacha
aksiyaning narx
i 2021 yil uchun $33.96ga teng.
➢
Yirik institutsional investorlar 28 fevraldan boshlab ushbu aksiyani o’z porfellariga joylashni
boshlagan va yirik ETF fondlaridan joy olgan.
➢
Korxona mart oyining boshlarida 400 million AQSH dollari qiymatiga
teng aksiyalarni qayta
sotib olgan.
➢
Kunlik sotuv hajmiga ko’ra hozirda aksiyaning joriy narxiga bosim boshlangan va kelgusi
haftalarda aksiya narxi tushishidan darak bermoqda.
➢
Put-
Call kontraktlari bo’yicha 16 aprel 2021 yilga qadar Call kontraktlari 89%
dan yuqoriro
q
ko’rsatgichni ko’rsatmoqda, bu esa aksiyalar narxi o’sishiga umid borligini ko’rsatadi.
➢
Korxonada yuzaga kelgan dolzarb yangiliklar: 4-
chorak bo’yicha yuqori o’sish, yangi
supermarketlarning joriy etilishi va yangi taqsimot markazlarining qurilishi.
➢
Te
hnik tahlilga ko’ra aksiyaning narxi uchun savdo bitimini ochish $25.90 da taklif etiladi va
maqsadli narx etib $30 belgilangan (15.3% o’sish) , risk narxi esa $24.88 ga teng bo’lib, ushbu
narxdan ham aksiya tushishda davom etsa savdo yopiladi va 4%
zarar
ko’riladi.
➢
Risk darajasiga ko’ra aksiyaning narxlari tushishda davom etsa 40%gacha narxlar tushishi
mumkinligidan darak beradi.
Eslatma:
Ushbu ma’lumotlarni moliyaviy maslahat sifatida qabul qilmang. Ushbu ma’lumotlar
faqatgina ta’lim
maqsadlarida taqdim
etildi. Aksiyalarga sarmoya qilish yuqori risk darajasiga ega.
Aloqa uchun:
Email:
aturabidinov@bloomberg.com
Linkedin: Abbosbek Turabidinov
-50.00%
-40.00%
-30.00%
-20.00%
-10.00%
0.00%
10.00%
20.00%
SFM_Maximum drawdown
Cumulative Return
Cumulative Drawdown