Shodmon Sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari reja: Kirish I bob. Shodmon Sulaymon – iste’dodli shoir


II BOB. SHODMON SULAYMON SHE’RIYATINING BADIIY OLAMI



Download 124,48 Kb.
bet5/11
Sana18.02.2022
Hajmi124,48 Kb.
#455979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shodmon sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari

II BOB. SHODMON SULAYMON SHE’RIYATINING BADIIY OLAMI.
II.1. SHOIR SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON
Hozirgi o`zbek she`riyatida qo`llanilgan she`riy janrlarni, bizningcha, tubandagicha janr turlariga ajratish mumkin:
1) shakl xususiyatlariga ko`ra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: g’azal, mustazod, tuyuq, ruboiy, tarjiband, tarkibband, musammatlar.
2) anjumanga mo`ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lug’z);
3) xorijiy adabiyotlardan o`zlashgan janrlar: sonet, xokku, tanka, oktava, oq she`r, epigramma va h.;
4) hozirgi she`riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning ko`rinishlari sifatida meditativ lirika va intellektul lirika), ijroviy lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika.
Hozirgi she`riyatda qo`llaniluvchi janrlarni yuqoridagicha turlarga ajratar ekanmiz, biz ularning shakl xususiyatlariga, biroq, mumtoz adabiyotdagidan farqli o`laroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz. Jumladan, avtopsixologik she`r deganda biz lirik qahramon va shoir shaxsiyati munosabatidan kelib chiqamiz. Avtopsixologik she`rlarning bir ko`rinishi sifatida olingan meditativ lirikaning predmeti shoir ko`nglidirki, bunda shoir ko`nglidan kechayotgan oniy kechinmalar, doim ham mantiqiy idrok etish va tuShuntirish mushkul tuyg’ular ifodalanadi (Shu bois ham hozirda buni "ko`ngil she`riyati" deb atamoqdalar). Umuman lirikaga xos bo`lgan lirik meditatsiya (hissiy mushohada, his-tuyg’uga yo`g’rilgan mushohada) meditativ she`riyatning asosini tashkil qiladi.
Shoirning mavjudlikning konkret masalasi - hayot va o`lim, inson taqdiri yoki fe`l-atvori, jamiyat va h. masalalar haqidagi mushohadasi asosiga qurilgan she`rlar intellektual lirika namunasi sanaladi. Intellektual lirikada birmuncha sokinlik, aytish mumkinki, birmuncha "sovuqqonlik" kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan ustunligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning "Umr o`tib borar misoli ertak...", "Ona sayyora", "Nisbiylik" kabi qator she`rlari intellektual lirika namunasi sifatida ko`rsatilishi mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, ijroviy lirikada shoir o`zga shaxs ruhiyatiga kirib, o`zganing tilidan mushohada yuritadi, natijada o`sha o`zga shaxs she`rning lirik qahramoniga aylanadi. Bu haqda yuqoridagilarga Shuni qo`shimcha qilish joizki, 60-yillardan boshlab, ayniqsa, 70-80-yillar she`riyatida tarixiy shaxslar tilidan yozilgan ijroviy she`rlarning ko`payishi kuzatiladi. Bu narsa, bir tarafdan, milliy o`zlikni anglashga intilishning boshlangani bilan, ikkinchi tarafdan, bu xil she`rlarning "so`z aytish"ga nisbatan kengroq imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron "Abulhay so`zi" nomli she`rida olis XY asrda yashagan musavvir Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolg’onga asoslangan san`at, hayotni bejab ko`rsatadigan san`at haqidagi fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini ko`ndalang qo`yadi. Shunindek, Rauf Pafining "Muktibdoh", "Turkiston yodi" U.Azimning "Brut" she`rlarida ham tarixiy shaxslar ruhiyatiga ko`chish holati kuzatiladi.
Hozirgi o`zbek she`riyatida tavsifiy lirika namunalari ham ancha keng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar salmog’i nisbatan ustun, biroq tavsiflanayotgan, tasvirlanayotgan narsalar zamirida hamisha lirik meditatsiya mavjud. Boshqacha aytsak, shoir o`zi tavsiflayotgan yoki tasvirlayotgan narsa-hodisalar, tabiat manzaralarida kechinmalarini, o`y-fikrlarini suratlantiradi. Masalan, SHavkat Rahmonning "Tong ochar ko`zlarin erinib", "Tun gurkirab o`sar yobonda", "Oy sinig’i to`la suvloqqa..." kabi bir qator she`rlarida ayni Shunday holatga duch kelamiz. Misol tariqasida uning "Tungi manzara" she`riga diqqat qilaylik:
O`rmonlar jim, yig’lamas shamol,
soy sayramas, baqalar jimdir,
ingroqlarga to`lib ketgan tun -
g’amgin qo`shiq aytadi kimdir.
Otim o`lgan, qilichim singan,
majaqlangan sovut qalqonim,
kim tashladi meni bu chohga,
qayda qoldi yorug’ osmonim!
Qaerdanman, qayga borarman,
qora zindon naqadar chuqur,
faqat toqning burjidagi oy -
tuynukchadan tushar xira nur.
Barcha azob kamlik qilganday
soy sayramas, baqalar jimdir,
go`yo mazax qilganday goh-goh
yopib turar tuynukni kimdir...
Mazkur she`rda lirik qahramon ruhiyatidan o`tkazib berilgan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, o`y-fikrlari o`z aksini topgan. Lirik qahramon o`zini asirlikdagi bahodirdek sezadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi Shu sezimni kuchaytirib ifodalaydi. She`rning kuchi Shundaki, lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati o`quvchi ruhiyatida Shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga, Shu kayfiyat asosida ko`nglidan kechinmalar buhronini, ongidan o`y-fikrlar oqimini o`tkazishga imkon beradi. Aslida shoirning tub maqsadi tabiat manzarasini chizishgina emas, Shu bois u konkret manzarani hissiy bo`yoqlar bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb manzarasiga aylangan. Peyzaj lirikasi tavsifiy she`rlarning bir ko`rinishi, xolos. Zero, biror narsa yoki hodisani tavsiflash asosida lirik qahramon kechinmalarini ifodalovchi she`rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatanni tavsiflovchi "O`zbekiston", hazrat Navoiyga bag’ishlangan "Alisher", nogoh uchragan go`zal tavsiflangan "Go`zallik" kabi she`rlari ham tavsifiy lirika namunalari sanaladi.
Nihoyat, hozirgi she`riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband lirika xususida. Xuddi tavsifiy lirikaga o`xshash, voqeaband lirikada voqeani tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Voqea ortida uni hissiy mushohada qilayotgan lirik sub`ekt qalbi akslanadi. Aytish kerakki, voqeaband she`rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifatida tuShunish unchalik to`g’ri emas. Qachonki she`rda tasvirlanayotgan voqea his-tuyg’ularni ifodalash vositasi bo`lsa, baski, sodir bo`lgan voqeaning Shunga mos fragmentlari uzib olib tasvirlangan (ya’ni, voqea to`laqonli gavdalantirilmasa) bo`lsagina voqeaband she`r haqida gapirish mumkin bo`ladi. Masalan, A.Oripovning "Ayol", "Yomg’irli kun edi" she`rlarini voqeaband lirika namunasi desak, uning "Sharq hikoyasi", "Hangoma" asarlari she`riy yo`lda yozilgan kichik hikoyatlar, ya’ni, mohiyatan epik xarakterdagi asarlar sifatida tuShunilgani to`g’riroq bo`ladi.
Intim lirika shaxsiy kechinmalar izhoridir, Inson kechinmalarining aksariyat qismini vafodor yor, do’st, hamhard izlash tashkil etadi. Har bir odam hamisha haqiqiy hamhardga extiyojmand bo’ladi. Intim lirika ana shu holatni ifoda etadi. Kishi turli kayfiyatga tushishi mumkin. Uning bu holatdagi hard, iztirobi, sevinch - shodligi kimnidir qo’msash, kimdandir ranjish bilan bog’lanadi. Alisher Navoiyning «Kecha kelgumdir debon...», Bobo’rning «Charxning men ko’rmagan...», G’afur Gulomning «Sog’inish», Abdulla Oripovning sevgi-muxabbat, ona haqidagi she’rlari intim lirika namunalaridir,
Publitsistik lirika hayotning ijtimoiy - siyosiy hodisalariga munosabat bildirish asosida maydonga keladi. Turmushning dolzarb muammolariga kishilar e’tiborini jalb etish publitsistik lirika mohiyatini tashkil etadi. G’afur G’ulomning «Sen yetim emassan», Hamid Olimjonning «Qo’lingga ko’rol ol», Zulfiyaning «O’g’lim, sira bo’lmaydi urush» she’rlari publitsistik she’r sanaladi. Bu xil she’rlarda chaqiriq, da’vat ohanglari asosiy o’rin tutadi. Publitsistik she’rlar­da muayyan ijtimoiy - siyosiy holat, muammo alohida ta’kidlanadi.
Sh.Sulaymon she’rlari intim, meditativ va publististik lirikaning go’zal namunalaridan tarkib topgan.
"Munojot'1, "Ibtido", "Abdulxolik Gijduvoniy saboqlari", "In-
tiko" kabi she’rlar kitobxonni bugun va erta, fano va baqo, oxirat va
kiyomat hakida o’ylatadi. Uni ruxiy poklanishga undaydi. Ijodkorning yana bir yutugi shundaki, u aruz vaznidagi she’riy shakllarni barmok vaznida xam kullabkurgan. Masalan, murabba’ usulida ,,Munojot,’ni, "Ib-
tido" va "Intiho"ni masnaviyda, muxammas usulida esa
"Muxammad Yusuf” she’rlarini bitdi.
Shoir ushbu asarlarini yaratayotganda tanlagan
janri ming shakli, band tizimi, kofiyalanishiga sodik qolib, vaznni o’zgartirgan. Bu ham muallifning ajdodlarning adabiy-badiiy an’analariga sodiq qolgan holda yangilikka intilishiga yana bir dalildir.
She’rdan she’rga, kitobdan kitobga o’z kalamini charxlab borayotgan Shodmon Sulaymonning navbatdagi guldastasi "Munojot" bilan ochiladi. “Ibtido" esa uning yangi topilmasidir. “Munojot" aslida taxlil etilmaydi. Mabodo taxlil kilinsa, butun boshli talkin lozim buladi. Zero, shoirningg mana bu mieralarini fakat ukishgina kifoya kilmaydi:
Dunyo nima? Bir zarra chang
- Ketgay uchib gar puflasang.
Qayda Hasan, qayda Husayn,
May sanga bir devona kul.
Yaxshisi, mumtoz shoirlarimizning yirik devonlariga xos bul­gan xamd va na’tni esga soladi. Buni bugunning shoiridagi jasorat sifatida baholash mumkin. Poetik ifodada lirik “men"ning istigfor aylab,
Ifk istigfordek yaxshi dam,
Ajrim — neki dardu alam.
Ne naf yomonu yaxshidan...
Man sanga bir devona kul, deyishiyoq, “Munojot"ning ne sababdan kogozga tushganligini ayon etadi.
Shodmon xar xil. tushunuksiz, lugat yordamida ukishni talab etadigan so’zlarni katorlashtirib tashlamaydi. Uning lirik qahramoni suzni sevadi. Bir karashda oddiy tuyulgan suzlarni aytar so’zga aylantiradiki, she’rda so’zning siru sehru sadosi uzi bilan birga namoyon buladi.
Uning she’r­larida hech kimnikiga o’xshamagan allaqanday tug`yon, botiniy isyon tuyg`ulari borligini his etish mumkin.. Shoir baytlarida olam va odam falsafasi, ruxiy evrilishlar, yurt mexri, Vatan madhi ham o’zgacha in’ikos topgan:
Uch kungina qolib ketsam poytaxtlarda,
Ne hafsala kolgay dilda, ne ahdlarda.
Bir mehribon do’st bog`iga qo’nolmayman,
Kunim o’tgay termulgancha soatlarga.
Takror-takror shivirlayman ozurdajon,
Otginangdan aylanayin,Buxorojon.
Shu vaqtga qadar Buxoro haqida juda ko`plab she’r-g`azallar bitilgan. Lekin bu she’rdagi Buxoroga bo’lgan yoniq muhabbat o’zgacha jaranglaydi. Ya’ni bu satrlar Muhammad Yusufning Vatan mavzusidagi she’rini yodga soladi. U og`iz ko’pirtirib, balandparvoz nutq irod etmaydi. Ona diyorini bir farzand sevganichalik sevadi. Va o’sha sevgi ta’sirida yuragida po’rtana otayotgan samimiy tuyg`ularini qogozga tushiradi.



Download 124,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish