Shodmon Sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari reja: Kirish I bob. Shodmon Sulaymon – iste’dodli shoir


II.2. Shoir she’rlarining vazn xususiyatlari



Download 124,48 Kb.
bet7/11
Sana18.02.2022
Hajmi124,48 Kb.
#455979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shodmon sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari

II.2. Shoir she’rlarining vazn xususiyatlari
She’r tizimi xalq tili xususiyatlariga bog’lik hodisa sanaladi. O’zbek tili ifoda imko-niyatlari, grammatik me’yorlari sillabik va metrik she’r tizimiga mos tushadi.
Sharq xalqlari she’riyatida aruz va barmoq vazni deb ataluvchi she’r tizimi keng tarqalgan. Hozirgi o’zbek she’riyatida esa ular bi­lan bir qatorda, erkin vazn deb yuritiluvchi tizim ham mavjud.
Barmoq vazni turkiy til xususiyatlariga asoslangan she’r tizimi­dir. Shuning uchun o’zbek xalqining eng qadimgi og’zaki she’riyati namunalari ayni shu vaznda yaratilgan. Mahmud Koshg’ariyning «Devoni lug’otit turk» asaridagi to’rtliklar, xalq qo’shiqlari barmoq vazniga mansub bo’lib, ular asosan yetti bo’g’indan tuzilgan, 4+3 shaklida turoqlangan, a-a-a-b tarzida qofiyalangan.
O’zbek xalq dostonlari, masalan, «Alpomish» dostonidagi she’rlar ham, shuningdek maqollar, hikmatli so’zlar ham barmoq vazniga mansubdir.
Barmoq vazni misralarda bo’g’inlarning muayyan miqdoriga va bir xil turoqlarning o’ziga xos tartibda takrorlanishiga asoslangan she’r tizimidir. Misralardagi bo’g’inlar miqdori barmoq bilan sanalgani sababli mazkur she’r tizimi barmoq vazni deyilgan. Barmoq vaznida birinchi misrada bo’g’inlar miqdori va turoqlar tartibi qanday bo’lsa, qolgan misralarda ham aynan shunday bo’ladi. Masalan, Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha» she’ri shunday boshlanadi:
Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o’tadi kuni,
Xoru xas, xazoilar ustin yopdilar.
Barmoq vaznidagi she’rlarda turoq, qofiya, band ritm (zarb)ni vujudga keltiradigan asosiy unsur hisoblanadi.
Badiiy nutqning ikki shaklga - she`riy (tizma) va nasriy (sochma) ko`rinishda namoyon bo’ladi. Nasriy nutq o`zining qurilishi jihatidan kundalik muloqotda qo`llaniluvchi nutqqa yaqin bo`lsa, she`riy nutq so`z san`atiga xos maxsus hodisa sanaladi. Zero, o`zining kelib chiqishi jihatidan ham badiiy nutqninng she`riy shakli nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog’i, o`z vaqtida u badiiy nutqning yagona shakli bo`lgan. Sababi, she`riy nutqdagi o`ziga xos tashkillanishning o`ziyoq uni odatdagi nutqdan farqlagan, she`riy nutq vositasida aytilgan informatsiyaning san`atga aloqadorligini ta`kidlab turgan. Bunga amin bo`lish uchun adabiyot tarixiga nazar solish kifoya: milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy asarlar she`riy yo`lda yozilgan, nasrda yozilgan badiiy asarlarning paydo bo`lishi, baski, nasrning badiiy nutq ko`rinishi sifatida shakllanishi esa nisbatan keyingi davrlarga to`g’ri keladi.
SHe`riy nutq muayyan bir o`lchov(vazn) asosidagi ritmga ega bo`lgan, o`zining musiqiy jarangi, hissiy to`yintirilganligi bilan farqlanuvchi nutqdir. SHe`riy nutqdagi o`ziga hos intonatsiya, musiqiylik ritmik bo`laklar va ritmik vositalar, o`ziga xos fonetik tashkillanish, turli sintaktik usullar yordamida vujudga keladi. She`riy yo`lda yozilgan lirik asardagi kayfiyatning hosil qilinishi, kechinmaning o`quvchiga "yuqtirilishi"da uning ritmik-intonatsion tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, she`rning ritmik-intonatsion xususiyatlari uning mazmuni bilan belgilanadi, mazmun bilan uyg’unlik kasb etadi. She`riy nutqning o`ziga xosligini, o`ziga xos tashkillanishini tasavvur qilish uchun, avvalo, uning ritmik-intonatsion xususiyatlarini belgilovchi unsurlar, vositalar haqida tushunchaga ega bo`lish zarur.
She`riy nutq haqida gapirganda, avvalo, uning muayyan vaznga solingan ritmga egaligi ta`kidlanadi. Ritm juda keng tushuncha bo`lib, u borliqdagi juda ko`p narsa, hodisalarda kuzatilishi mumkin. Shunga ko`ra, keng ma`noda ritm deganda muayyan bo`laklarning ma`lum vaqt oralig’ida tartibli takrorlanib turishi tuShuniladi. Bu ma`nodagi ritm borliqdagi juda ko`p narsa-hodisalarda, jumladan inson organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchilab turgan tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvining maromli shildirab oqishida, yil fasllarining, kun bilan tunning almashinuvida; insonning yurak urishi, nafas olishi, ma`lum bir harakatni bajarishi - bularning barida ritm kuzatiladi. Tabiiyki, kundalik muloqot nutqida ham ma`lum bir ritm mavjud. Avvalo, har bir odamning gapirishida o`ziga xos ritm bo`lib, bu ritm uning fiziologik imkoniyatlari (mas., har bir odamda nafas olish o`ziga xos, nutq ritmi esa Shunga ko`p jihatdan bog’liq) bilan belgilanadi. Kundalik muloqot nutqidagi ritmga ichki va tashqi omillar (kasallik, ruhiy holat - ichki; biror narsadan ta`sirlanish, tez harakat qilish, - tashqi) ta`sir qilishi hamda uni o`zgartirishi mumkin. Og’zaki nutqda kuzatiluvchi bu ritm tabiiy ravishda yozma nutqqa ham ko`chadi, zero, yozganimizda "miya"da gapiriladi, o`qiganda "tasavvurda" eshitiladi. Demak, o`z-o`zidan ayonki, nasriy asarda ham ritm mavjud va u asarning o`qishli, ta`sirli bo`lishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Agar badiiy nasrdagi nutq ritmi umuman nutq ritmi bilan izohlansa, she`riy nutq ritmi maxsus hosil qilingan hodisadir.
Iqtidorli shoir she’rlari janriy rang baranglikdan tashqari, ulug` Maqsud Shayxzoda o’rinli ta’kidlaganiday, “o’zbek she’riyatining to’qqiz vaznida” bitilganligiga guvoh bo’lish mumkin. Binobarin, aruzdagi go’zal g`azallar, an’anaviy barmoqdagi va erkin vazndagi she’rlar, sochmalar bundan guvohlik beradi.
Shoirning aruzdagi asarlarini nazardan o’tkazishga harakat qilamiz. “Faxriya” nomli she’ri Buxoroyi sharif madhiga bag`ishlangan:
Jahon – bahri tamaddun, anda bir qirg`oq Buxoroman,
Hamon aylar takallum: “Pokiza tuproq Buxoro”man.
Minoram dovrug`i etgan Arab birlan Ajam shohid:
Malaklar to’tiyo etgan muazzam toq Buxoroman.
G`azal mafoiylun mafoiylun, mafoiylun, mafoiylun tarmog`ida, hazaji musammani solim bahrida yaratilgan. Zero, shoir ta’biricha, jahon tamaddun, taraqqiyot dengizi, Buxoro undagi bir qirg`oqdir. Bu tashbeh hayotiy mazmunga ega.
Qorong`u o’zbaki osmon Navoiysiz, Navoiysiz,
Boqar Oy arshidin nolon Navoiysiz, Navoiysiz.
“Qushlar-la suhbat” dil topardi “Chin suyukli”sin –
Ma’yusdir “Mantiq”u “Bo’ston” Navoiysiz, Navoiysiz.
“Navoiysiz” radifli g`azali falsafiy, hayotiy va tarbiyaviy mazmun kasb etadi. Bu g`azal ham an’anaviy hazaj bahri, mafoiylun, mafoiylun, mafoiylun, mafoiylun rukni, musammani solim tarmog`ida yaratilgan. Zero, o’zbekning osmoni Navoiysiz qorong`udir. Agar unda Navoiy bo’lmasa oy ham ko’kdan nolon boqadi. Keyingi bayt talmeh bilan ziynatlangan. Ya’ni bunda Navoiyning “Lisonut tayr” dostoni, Attorning “Mantiqut tayr” dostoni va Sa’diyning “Bo’ston ”asarlariga ishora qiladi.
Saharda yo’l qarab, ko’kka boqarkan xastadil Jomiy,
Ko’zin yoshlar edi pinhon Navoiysiz, Navoiysiz.
Mo’min Mirzo tushimda qo’llarim ushlab, chekar faryod...
Yuzimga sachradi ul qon, Navoiysiz, Navoiysiz.
Dastlabki misradagi xastadil Jomiy tilga olinadi. Jomiy Navoiyning ustozi. Bu ishora ham o’zining mantiqiga ega. Ya’ni ustoz Jomiy ham Navoiysiz ko’zini yoshlab qoladi demoqchi. Mo’min Mirzo Husayn Boyqaroning suyukli naberasi edi. Biroq dushmanlarning ko’rolmasligi tufayli katta iste’dod sifatida ulg`ayayotgan Mo’min Mirzo o’ldiriladi. Unga ustozlik qilayotgan Navoiy bundan achchiq iztirobga tushadi. Shuning uchun shoir Mo’min Mirzo lirik qahramon tushiga kirib, unning qo’llarini ushlab faryod chekadi. Nima uchun? Albatta, Navoiysiz.
Muqimiy, Furqatu Zavqiyga erdi zavq begona,
Ulusdin ketdi deb iymon Navoiysiz, Navoiysiz.
Suyab Fitratni Bo’zsuv bo’yida qatlin kutar Cho’lpon,
Sovuqda qaltirar Usmon – Navoiysiz, Navoiysiz.
Cho’qir ko’ksini zog`lar, qon sukutda bosh egar Oybek,
Ko’zida mung qotib so’zon Navoiysiz, Navoiysiz.
Yuqoridagi baytlarda talmeh poetik fikrni badiiy ifodalash vositasi sifatida namoyon bo’lgan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi mashhur shoirlar Navoiyni o’zlariga ulug` ustoz sanashgan. Navoiysiz ular ijodi ham zavqdan xoli bo’lar edi. Shoir yaqin tariximizning ayanchli sahifalarini nazardan o’tkazar ekan, Bo’zsuv bo’yida qatl etilgan qatag`on qurbonlari, ulug` shoirlar Fitrat, Cho’lpon, Usmon Nosirni tilga oladi. Akademik shoir Oybekka ishora qilar ekan, u Navoiysiz ko’ksin zog`lar cho’qib, qon sukutda bosh egadi, deydi.
Umuman, g`azal o’zining hayotiy mazmuni, ta’sir kuchi bilan o’ziga xoslik kasb etadi.
Qasida o’zbek mumtoz adabiyotidagi faol lirik janrlardan biridir. Mazmuniga ko’ra bu janrning “qasidai bahoriya, qasidai madhiya, qasidai faxriya, qasidai holiya, qasidai ishqiya” kabi qator ko’rinishlari mavjud.7 Ayniqsa, qasidai madhiya, qasidai faxriya singari asarlar ko’tarinki ruh bilan bitiladi. A.Fitrat qasidaning shu ko’rinishlarini nazarda tutib, shunday yozadi: “Maxtashlar, maxtanishlar, tabiat tasvirlari, axloqiy fikrlar qasida yo’sunli aytiladir”.8
XX asr o’zbek adabiyotida qasida uslubida yozilgan she’rlar va poemalar ko’plab yaratildi. Ularda asosan qasidai madhiya, qasidai faxriya kabilardan ko’proq foydalanilganligi kuzatiladi. Shunga qaramay, qasida uslubida bitilgan she’r va poemalar mumtoz qasidachilikdan bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchidan, zamonaviy qasidachilikning muhim xususiyati, ularda an’anaviy aruz vaznini qo’llash bilan birga zamonaviy barmoqdan foydalanishda ko’zga tashlanadi. Binobarin, E.Vohidovning “O’zbegim” qasidasi aruz vazni (ramal bahri)da yaratilgan. A.Oripovning “O’zbekiston” she’ri esa barmoq vaznida yozilgan. Ikkinchidan, zamonaviy she’riyatimizda qasida janri bilan bog`liq mazmun yangilanishi kuzatiladi. Chunki mumtoz qasidalarda ko’proq biror bir tarixiy shaxs: podshoh yoki undan kichik bir mansabdorni madh etish, maqtash xususiyati ustuvorlik qiladi. Chunonchi, Sakkokiyning Ulug`bekka, Alisher Navoiyning A.Jomiyga, H.Boyqaroga, Ogahiyning Muhammad Rahimxon Feruzga bag`ishlagan qasidalarida aynan shu jihat bo’rtib turadi. Zamonaviy qasidachilik esa ko’proq adabiyotshunos T.Boboev o’rinli ta’kidlaganiday: “xalqimizni madh etuvchi, vatanni ulug`lovchi, ulug` ayyom kunlarini tarannum qiluvchi janr”ga aylandi.9 “O’zbegim”da xalq ulug`langan bo’lsa, “O’zbekiston” she’rida Vatan madh etilgan.
She’riyatimizda an’anaviy qasidachilikning taraqqiy etishi poemachilik ufqlarini kengaytirdi. Endi madh, maqtov mazmuni liro-epik turda yirik hajmli asarlar yaratish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Natijada M.Shayxzodaning “Toshkentnoma”, E.Vohidovning “Toshkent sadosi”, “Quyosh maskani”, J.Jabborovning “Quyosh yurti”, T.Ahmadning “Buxoronoma” singari qasida uslubidagi poemalari yaratildi. Bu poema janri badiiy strukturasidagi mazmun, shakl va sifat o’zgarishlarini o’zida ifoda etadi. Uchinchidan, o’tgan asrning birinchi yarmida yaratilgan poemalarda liro-epik tasvir, voqeabandlik xususiyati etakchi edi. XX asrning ikkinchi yarmida esa liro-epik tasvir bilan bir qatorda lirik tasvirga ham keng o’rin berildi. Lirik tasvirni ifoda etish usullaridan biri qasida janri imkoniyatlaridan foydalanishda ko’zga tashlanadi. Natijada adabiyotimizda chuqur lirizm bilan sug`orilgan poemaning sinkretik xarakterdagi yangi ko’rinishi – qasida-poema vujudga keldi. Yuqorida tilga olganimiz dostonlarda lirik kechinmani ifoda etish usuli, kompozistiyasi, badiiyati bilan farq qilib tursa-da, ularni ikkita mushtarak jihat – qasida uslubida va Vatan mavzuida yaratilganligi birlashtirib turadi. Ularda she’riyatda kuzatilgani kabi “an’anaviy qasidalarning bir qator “temir qonunlari buzilib”, zamonga moslashtirilgan, tasvir imkoniyatlari kengaygan” (T.Boboyev).
Shodmon Sulaymon XX asr o’zbek adabiyotida mavjud an’anadan foydalanib, qasida uslubida she’rlar bitgan. Ularda Vatan madhi, istiqlolga, bugungi kunlarimizga shukronalik ruhi yorqin ko’rinib turadi. “Jur’at maydoni” she’ri misolida fikrlarimizni asoslashga harakat qilamiz. Faqat bu asarning o’ziga xos jihati shundaki, u zamonaviy barmoq vaznida yozilgan:
Buxoro – mangulik yorlig`i tekkan
Yurtlar karvoniga muqaddas mayoq.
Bunda oyat tinglab gullaydi tikan,
Bunda saksovullar yoqadi chiroq.
Niliy gumbazlarda o’tmish suroni,
Ulug` madrasada sharqona majlis.
Shu tuproq ulg`aytdi necha Sinoni,
Shunda kamol topdi ne ilohiy his.
Olis sarhadlarga uchgay laylaklar
Dunyoga yoyay deb ovozasini.
Ammo qishdan chiqmay kelgay daraklab,
Muazzam o’n ikki darvozasini...
Unda Buxoro madh etiladi. Taniqli adabiyotshunos I.Haqqulov shoir she’rlarini tahlil etar ekan, shunday yozadi: “shodmonning ilhom qaynog`i, eng avvalo, Buxoro. Uning deyarli barcha she’rida jismu joni ila yurtiga bog`langan buxorolik shoirning nafasini his eta olasiz. Ayniqsa, tarixiy tuyg`ularning yorqinligi va haqqoniyligi alohida ahamiyatga molikdir. Shodmonning she’rlarida tarix qa’rida ko’milib yotgan ko’hna dardlar emas, dard va azobning tarixi aksini topgan”10. Bu fikrlar juda asosli shoirning qaysi janrdagi she’ri bo’lmasin, ularda ko’hna va mo’ysafid, ayni paytda Navqiron Buxoro surati bo’y ko’rsatib turadi. Tahlil etayotganimiz she’r ham shoirning faxriyasi, yurtga muhabbatining tajassumi. Mangulik yorlig`i tekkan yurtlar karvoniga muqaddas mayoq bu Buxorodir. Qolaversa, Buxor tuprog`i muqaddas. “Buxoro quvvati islomi din ast” deyiladi. Zero, shoir “Bunda oyat tinglab gullaydi tikan” deb tashxis yaratar ekan xuddi shunga ishora qiladi. “Bunda saksovullar yoqadi chiroq” satri ham shoirning badiiy topilmasi deyish mumkin. Geografik nuqtai nazardan Buxoro cho’l zonasida joylashagn. Tashxis uchun qo’llangan badiiy obraz “saksovul” esa cho’l o’simligi. Mana shu jixatdan bu fikrlarda mantiqiy mutanosiblik mavjud. Niliy gumbazlar o’tmish suronlaridan so’zlaydi. Ular tarixning “tirik” guvohi aslida. “Shu tuproq ulg`aytdi necha Sinoni” der ekan shoir, Buxoro yetishtirgan ulug`lar bilan faxrlanadi. Ushbu she’r qasida janri xususiyatlarini ko’p jihatdan ifoda eta olgan.

Ta’kidlash kerakki, Shodmon Sulaymon mumtoz adabiyotimizda ana’anaviylashgan bahrlar: ramal va hazajni o’z she’rlarida muvaffaqiyatli qo’llay olgan. Uning “Do’stlik” bilan g`azali ramalda yozilgan bo’lsa, “Navoiysiz”, “Keraksan”, “Komronlar sasi kelgay” singari g`azallari, faxriyalari hazaj bahrida bitilgan.





Download 124,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish