Prezident davlat boshlig‘i hisoblanadi va ayni vaqtda, ijro etuv
chi
hokimiyatga va nafaqat uning markaziy bo‘g‘iniga, balki
respublikaning barcha ijro etuvchi tizimiga rahbarlik qi-
ladi. Davlat boshlig‘i sifatida u hokimiyatning barcha
tarmoqlariga boshchilik qilib, ularning faoliyatini mu-
vofiqlashtiradi. Ijro etuvchi organlar
ning Prezidentga
bevosita bo‘ysunishi uning obro‘si, kuchi bilan ijro etuv -
chi hokimiyatni, qonunchilikni, intizomni mustahkam-
lash, qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni kuchay
-
tirish, paydo bo‘ladigan masalalarni yanada tezkorlik bi-
lan hal etishni ta’minlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini
43
yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil
O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Prezident
-
ning vakolat muddati yetti yil.