Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet222/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Davriy inqirozlar ma'lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to'liq sikl bo'yicha yuz bermaydi. siklning biron bir fazasida to'xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo'lmay, qisqa muddat davom etadi.
Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko'ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to'fon, qurg'oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.

  1. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko'ra in­qirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo'linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne'matlarni ko'p ishlab chiqarish, lekin ulami to'la sota olmaslikda namoyon bo'ladi.

Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetish- movchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtiso­diyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo'ladi.

19.4. Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari2008-yilda o'zining ko'lami va salbiy ta'sir oqibatlari jihatidan an­cha jiddiy bo'lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlandi. Prezi­dentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» ribmli asarlarida mazkur inqirozning mazmun-mohiyati hamda kelib chiqish sabablarini quyi- dagichabayon etdilar: «Bu inqiroz AmerikaQo'shmaShtatlaridaipo- tekali kreditlash tizimida ro'y bergan tanglik holati dan boshlandi. So'ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilma- larning likvidlik, ya'ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompa­niyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o'z navbatida, ko'plab mamlakatlarda islilab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur'atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog'hq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlami kelti­rib chiqardi*1.Bundan ko'rinadiki, dastlab AQSH i potekabozorlarida namoyon bo'lgan mazkur inqiroz yetarlicha to'lov layoqatiga egabo'l- magan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo'lgan qarzdorlaigaipo- teka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro'y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o'zinhig mohiyati bo'yicha ko'chmas mtilk garovi hisobiga beriladigan kreditlar boisada, AQSH bozorlari bunday likvidli ko'chmas mulklarga yetarhcha «to'yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning ustiga investitsion banklarning AQSH ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy «mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo'yicha operatsiyalarining avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
AQSH iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga to'yindi va bu Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshirayot- gan pul-kredit siyosatini o'zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006- yillarda Federal zaxira tizimi foiz stavkalami 6,25% gacha ko'tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga nisbatan talabining pasa- yishiga va kreditlarni qaytarish bo'yicha qarzdorlar to'lovining qisqa­rishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslari narxlarining o'sishi aholining kreditni qaytarish bo'yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi. 2000-2007-yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o'rtacha ikki barobarga oshdi, benzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. Neft narxi rekord darajada, ya'ni bir barreli 147 dollardan ortdi. Pirovard natijada 2007-yil boshida AQSHda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog'liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko'chmas mulk ga­rovi bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko'ra to'lovlami toiashdan bosh tortish holati kcngaydi. Banklarning to'lov qobiliyatiga ega bo'lmagan mijozlarning ko'chmas mulklarini qayta sotuvga qo'yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko'payib, bozordagi narxlaming keskin pasayishiga olib keldi.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqiroz- ning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqti­sodiyotni haddam ziyod ortiqcha erkiniashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya'ni «o'z-o'zini boshqaruvchi bozor» g'oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham izohlamoqdalar. Shu o'rinda, ja­hon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab — moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi mutanosiblik- ning keskin buzilishi hisoblanishini ta'kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma'lumki, iqtisodiyot sogiom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o'rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi va global- lashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o'z ta'sirini o'tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQSHda, keyinchalik ko'plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e'tiborga olmaslikka qadar olib keldi. Jumladan, o'tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon valuta tizun- lari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta'minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jahon amaliyoti- da 1976-yildan boshqariladigan, suzib yumvchi valuta tizimiga o'tilgach, pulning oltin mazmuni yo'qolib, asosan, AQSH dollari yetakchi valutaga aylandi, uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo'lmay qoldi. Keyingi yillarda globallashuv jarayonining jadallashuvi ta'sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda qat'iy valutaga boigan talabning yanada kuchayishi AQSH tomonidan hech qanday tovar bilan ta'minlanmagan pullar­ning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada tezlatib yubordi. Ma'lu- motlarga ko'ra, muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli to'lov vositalarijning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi­dan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligi ni ham hisobga olinsa, muomala uchun zarur boigan pul miqdoridan, ya'ni pulga boigan talabdan bir necha oil baravar ko'payib ketganligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatJarda kuza- tilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga ke­lishining asosiy sabablaridan hisoblanadi:

  • noratsional pul-kredit siyosatining, hamda qayta moliyalash stav­kasining surunkali ravishda past darajada usfalab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;

  • moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablagiari o'rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;

  • qimmatli qog'ozlar bo'yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar beriJishi;

  • moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;

  • moliyaviy rag'batlantirish uslubi sifat ko'rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko'rsatkichlarga asoslanganligi;

  • yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog'ozlarning vujudga kelishi va hokazo.

Prezidentimiz o'z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlariga doir materiallarni o'r|anish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kclayotgan- ligini ta'kidlab o'tdilar. Ya'ni, «Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik koiamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko'plab mamlakatlariga ta'sir ko'rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir boiishi mumkinligi o'z tasdig'ini topmoqda»'.
Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali budjet taq- chilhgi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon mo­liyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisob­lanadi (19.2-jadval).


19.2-jadval

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish