Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet220/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o'rtacha sikl» va «katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yilhk sikllarni ajratib ko'rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fran- siya, Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o'rganishga katta hissa qo'shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825-yili Angliyada metalluigiya va boshqa yetak­chi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egalla- gan davrda kuzatiladi. 1836-yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQSHga ham tarqaladi, 1847- 1848-yillarda AQSH va qator yev­ropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko'ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo'lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo'Isa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSH va yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo'lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro'y bergan.
Kuznets sikli ko'p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo'lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o'zining «Milliy daromad» (1946-yil.) nomh kitobida milliy daromad, iste'mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlaiga yalpi investitsiyalar ko'rsatkichlarida 20 yillik o'zaro bog'liq tebranishlar mavjud bo'lishini ko'rsatib bergan. 1955-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Kondratev sikli «uzoq to'lqinlar» sikli deb ham ataladi. sikllilikning bu nazariyasim ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo'shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o'sishning ko'p omilli tahlilini o'tkazib, ya'ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qa­tor katta sikllarni ajratib ko'rsatadi.

  1. sikl: 1787-1814-yillar - ko'taruvchi to'lqin; 1814-1851-yillar - pasaytiruvchi to'lqin.

  2. sikl: 1844-1851-yillar- ko'taruvchi to'lqin; 1870-1896-yillar- pasaytiruvchi to'lqin.

  3. sikl: 1896-1920-yillar - ko'taruvchi toiqin.

Kondratev sikhning davomiyligi o'rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o'zgarishlarni o'zida aks ettirishi hisoblanadi. Kondratev birinchi katta siklning yuk- salish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini — temir yo'l transporting rivojlanishi, uchinchisini — elektr energiyasi, tele- fon va radioning kashf etihshi, to'rtinchisini — avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog'laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqo­zo qilishini ko'rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon boiib, amalda iqti­sodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o'zaro bog'liqligi sababli uning hech bir sohasi inflatsiya toiqini yoki turg'unlikning noxush oqibatlaridan chetda qohnaydi. Ammo shuni e'tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faoUigiga turli darajada ta'sir ko'rsatadi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko'proq zarar ko'radilar.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og'ir mashinasozlik hamda in­vestitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo'jalik buyumlari va shunga o'xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog'hq sanoat tarmoqlari va ularda band boigan ishchilar siklning inqiroz fazasida og'ir oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o'zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag'bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshidan kecbira boshlaganda ishlab chiqaruv­chilar ko'pincha, zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavod- lar qurishni to'xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin.
Bunday kon'yunktura sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini ko'paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha kor­xonalar mavjud ishlab chiqarish quwatlaridan ancha toiaroq foydala- nishlari mumkin bo'ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay daviiarda, ya'ni siklning jonlanish va yuk­salish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to'liq eskirgunga qadar almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o'zining eskirgan uskunalarini ta'mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sa­babh bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qis­qaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quwatlari mavjud bo'lgan ayrim kor­xonalar, hatto iste'mol qilingan asosiy kapitalining o'rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaruv­chi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Ahoh yoki keng iste'molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta'sir ko'rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste'molchilar oila budjetini qisqartirishlariga to'g'ri keladi, maishiy tex­nika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to'xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a'zolari yeb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar, ya'ni qisqa muddatda foydalanadigan iste'mol tovarlarini xarid qilishni to'xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol to­varlari ishlab chiqaruvchi ko'pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko'p bo'lmagan yirik firmalar ma'lum davr davomida narxning pasa- yishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha monopol hukmronlikka ega bo'lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqa­rish va bandlik darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Bunga teskari bo'lgan holatni qisqa muddath foydalaniladigan iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko'pchiligi o'zlarining raqobatga layoqatsizligi va islilab chiqarish markazlashuv dara­jasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqi- batlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasa­yishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko'proq aks etadi.
Demak, kapitalning to'planishi yuqori darajada bo'lgan tarmoqlar- da ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlaming nisbatan sekin tushishi, to'planish darajasi past boigan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
19.3. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Siklh rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Shunga ko'ra ushbu fazaning mazmuni va unhig turlarini batafsil ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda in­qiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg'arihshi uning hamma funk­sional shakllarida namoyon boiadi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narx­lar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o'zining eng past darajasiga tushib ketishi orqah tavsiflanadi. Shunga ko'ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to'lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam boiadi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to'xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o'sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o'sishi in- flatsiya, ya'ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko'tarilishi sa­babli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo'ladiki, bunda iqtisodiy o'sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o'rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko'tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o'sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o'sishning uzoq muddatli tamoyil­lari ham ishsizlik, ham inflatsiya oqibatida uzilib qoladi va murak- kablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi — takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu awalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o'zlashtirish o'rtasidagi nomutanosiblik boiib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakl- larda namoyon bo'ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste'mol, talab va taklif o'rtasidagi vaqti- vaqti bilan yuzaga kelib tu'radigan nomutanosibhklar ham iqtisodiy in­qirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo'jaligi paydo bo'lgunga qadar ishlab chiqa­rishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg'oqchihk, toshqin- lar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bogiiq bo'lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o'tilgan davrdan ke­yingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy in- qirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. In- qirozlar turli-tuman tarzda ro'y bersada, ularning umumiy, o'xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Xo'jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko'ra in- qirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo'lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo'jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya'ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro'y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o'rin tutib, u o'z ichiga pul-kredit sohasidagi inqiroz, valuta inqirozi, biija inqirozi va boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va yevropaning ak­sariyat mamlakatlarida ro'y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya so­hasida boshlanib, keyinchalik islilab chiqarish sohasiga ham tutashib ketdi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish