Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008-yillarda ishsizlik darajasi va 2009-yil
istiqbol ko'rsatkichlari
m 2007-yil B 2008-yil B 2009-yil
Diagrammadagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, jahoruiing rivojlangan mamlakatlaridagi ishsizlik keyingi 3 yil mobaynida o'sib borishi kuzatil- moqda. 2009-yilda AQSHda ishsizlik darajasi 7,2%, YAponiyada 4,4%, Buyuk Britaniyada 6,4%, Germaniyada 8,2% ga o'sishi kutilmoqda. Bu o'z-o'zidan ijtimoiy transfertlarning ko'payishi hisobiga davlat xarajat- larining o'sishiga ohb keladi. Shunga ko'ra, hukumatlar darajasida in- qirozdan chiqish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag'batlantirish orqah ishlab chiqarish koiamini kengaytirishga qaratiJgan keskin choralarni ko'rish masalasini ko'ndalang qilib qo'ymoqda.
Prezidentimiz o'z asarlarida moliyaviy inqiroz holati va uning ta'sirida kelib chiqishi mumkin boigan oqibatlarga doir fikrlarini davom ettirib, navbatdagi xulosani ta'kidlab o'tdilar: Jkkincliidan, ayj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko'rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz, asosan, o'z korporativ manfaatlarini ko'zlab ish yuritib kelgan, kredit va qinunatli qog'ozlar bozorlarida turli speku- lativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarh* darajada nazorat yo'qligini ham tasdiqladi»'.
AQSH Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta mohyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko'lami keskin o'sdi. Federal zaxira tizimining ekspansion pul- kredit siyosati tijorat banklariga taqdim etadigan kreditlari bo'yicha foiz stavkaJarini 1,25% gacha pasaytirilishida namoyon boigan edi.
Federal zaxiratizimining ipotekabozorlarigae'tiborsizligi, ipoteka kreditlari berish talablarining haddan ziyod erkinlashtirilishi natijasida bozorda ko'chmas mulklarga talab ortdi va uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida keskin o'sishi kuzatildi.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi natijasida banklar tomonidan kreditlash tizimi talablari o'ta yengilla- shib, bu holat kreditlardan foydalanishda to'lovga layoqatlik darajasining hisobga olinmasligiga imkon yaratdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan amaldagi bank kapitalini xalqaro tartibga solish (Bazel II) tizimi moliyaviy inqirozni vujudga kelishi uchun zamin yaratganligi e'tirof etil- moqda. Ma'lumki, 90-yillarning boshida qabul qilingan bank kapitalini xalqaro tartibga solishning Bazel II tizimi tijorat banklari uchun talab qilinadigan kapital yoki kapitalning yetarliligi aktivlarning investitsion sifatlari va ularning risk darajasi bo'yicha guruhlashtii ko'zda tutadi. Natijada Bazel II bank kapitallarini reyting agentliklari xulosalariga asoslangan holda yuqori riskh aktivlarni sekyuritizatsiyalab, qimmatli qog'ozlarga aylantirishni rag'batlantirgan.
Iqtisodchi olim N.Jumaevning fikriga ko'ra, Moody's, Standard & Poo^rs va Fitch kabi reyting agentliklari riskli ipotekaga asoslangan qimmatli qog'ozlarga AAA reytingini berganligi bilan inqirozga o'z hissasini qo'shganlikda ayblanmoqdalar1. Mazkur reyting agentliklari tomonidan ipoteka bozorlaridagi qimmatli qog'ozlar bo'yicha berilgan xulosalariga asoslanib faoliyat yuritayotgan tijorat banklari va barcha ipoteka kreditlarining 70% ni taqdim etuvchi davlat ipoteka agentliklari (Freddie Mac (the Federal Home Loan Mortgage Corporation) va Fannie Mae (the Federal National Mortgage Association)) aktivlari sifat ko'rsatkichlarining pasayishi kuzatildi va pirovardida ular to'hq davlat nazoratiga o'tdi. Yuqoridagi holatlar moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini, shunga ko'ra, ushbu tizimni tubdan isloh qilish orqali yangi, sog'lom moliyaviy tizimni shakllantirish zarurli- gini tasdiqlamoqda.
Prezidentimiz o'z asaiiarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlariga doir materiallarni o'rganish va umumlashtirish natijasida kelib chiqqan quyidagi uchinchi xulosani ta'kidlab o'tdilar: «Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, koiami va oqibatlari qanday boiishi ko'p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya'ni, bu awalo, ana shu davlatning moliya-valuta tizimi nechog'liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to'lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlilik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bogiiq»1.XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayot- gan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkin- lashtirilishi natijasida AQSH bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyo- ning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi. AQSH banklari va ipoteka agentliklarining qimmath qog'ozlariga qo'yilma qilingan xorijiy investorlar moliyaviy holatiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Bu o'z navbatida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. AQSH moliya bozorlaridagi inqiroz jahonning yirik fond bozorlaridagi kon- yunkturaga ta'sir qildi va bu o'z navbatida mazkur bozorlardagi fond indekslarida (S&P, Dow-Jones, Nasdaq, FTSE, CAC, DAX, Nikkei, Hang Seng, Shanhai composite, RTS, MMVB va b.) o'z aksini topdi. Global moliyaviy bozorning asosiy tarkibi va jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o'z ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Xususan, rivojlangan mamlakatlar YAIMning o'sish sur'atlari keyingi yillarda ahamiyatli darajada pasayib ketdi (19.3-diagramma).
19.3-diagramma
Do'stlaringiz bilan baham: |