Uchinchi bosqichda
ekonometrik modellar kompleksi tuziladi va
uning modellarida oʻzaro aloqadorlik aniqlanadi. Uning tarkibiga
quyidagilar kiradi: ishchi kuchi taklifi shakllanishining demosotsial
manbalarini (DEMOSOC) va unga boʻlgan talabni vujudga keltiruvchi
iqtisodiy koʻrsatkichlarning (IQTISOD) iqtisodiy-statistik modellari;
mehnat sarflari tarmoqlararo balansining modellari (TAB-M); ishchi
kuchiga talab va taklif balans modellari (TALAB va TAKLIF);ishchi
kuchiga talab va taklifni ijtimoiy-itgisodiy tartibga solishning
(TARTIB) va aholi oqilona bandligini shakllantirishning (OBAND)
optimizatsion modellari; ishsizlik holatini tahlil qilish va istiqbolini
belgilashning koʻpomillik modellari (ISHSIZ) va mehnat bozori
rivojlanishining imitatsion modellari (MB-R) (8-rasmga qarang).
DEMOSOC, IQTISOD, TAB-M, TALAB , TAKLIF, TARTIB,
OBAND
va
ISHSIZ
modellari
yordamida
mehnat
bozori
shakllanishining kompleks ekonometrik modellari vujudga keladi
(QMB-SH).
102
103
DEMOSOC modellari ishchi kuchi taklifining demosotsial asosiy
manbalarini aniqlashga moʻljallangan. Ular uch qismdan iborat:
demografiya (aholining soni va jinsi, yosh tuzilishini aniqlash); ta’lim
(mehnatga layoqatli aholining kasb malaka tuzilishini topish); mehnat
resurslari balansi (mehnatga layoqatli va layoqatsiz yoshlardagi
aholining bandligini aniqlash, ishchi kuchi taklifining iqtisodiyot
sektorlari va tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishini va uning
migratsiyasini miqdoriy baholash).
IQTISOD modellari asosiy ishlab chiqarish fondlarining miqdori
va tuzilishini, mavjud va yangi ish joylarning soni hamda qiymatini va
investitsiyaning hajmini aniqlash imkoiini beradi. Bular ishchi kuchiga
talabning iqtisodiy koʻrsatkichlarini toʻliq ifodalaydi.
Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) va toʻg‘ri, egri va toʻliq mehnat
sarflari va aholining bandligi koeffitsiyentlarini TAB-M modellari
yordamida aniqlash mumkin.
Agar TALAB modellari yordamida ishchi kuchiga boʻlgan asosiy
va qoʻshimcha talablarning miqdori topilsa, TAKLIF modellari esa
ishchi kuchi taklifining soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, daromadi,
ish bilan band emaslik sabablari va ijtimoiy himoyaga muhtojligi
boʻyicha aniqlanadi.
TARTIB modellari esa ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi
eng kichik farqlarning variantlarini topishga moʻljallangan. Ular ikki xil
yoʻnalishda aniqlanadi: qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmoqlarida
ishchi kuchiga talab va taklifni kamaytirish; sanoat, xizmat koʻrsatish
va shaxsiy mehnat tarmoqlarida esa ishchi kuchiga talab va taklifni
koʻpaytirish. Mazkur ikki (yoʻnalish boʻyicha ratsional variantlarni
topishda mehnat bozori va aholi oqilona bandligi shakllanishining
iqtisodiy, ijtimony va demografik sharoitlari va omillari koʻrsatkichlari
keng qoʻllaniladi.
Mehnat
bozori
shakllanishining
ekonometrik
modellari
kompleksida oʻzining ijtimoiy-itisodiy mazmuni jihatdan OBAND
modeli yetakchi oʻrin tutadi. Chunki unda mehnatga layoqatli aholining
ish bilan band va band boʻlmagan guruhlari daromadlarini maksimum
boʻlishi asosiy mezon optimalligi qilib olingan. U ishchi kuchining ish
bilan band va band boʻlmagan qismlari ratsional miqdori va tuzilishini
topishga imkon beradi. Bu esa ishsizlikni kamaytirish uchun asosiy
sharoit hisoblanadi.
104
ISHSIZ modellari ishsizlikning miqdori, ulushi, yoʻl qoʻyish
mumkin boʻlgan darajasini hamda uning yashirin, mavsumiy,
texnologik va tarkibiy kabi turlari miqyosini tahlil qilish va istiqbolini
belgilashga moʻljallangan. Bunda koʻpomillik modellar yordamida
ishsizlik darajasiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy va demografik
omillarning miqyosini aniqlash mumkin.
MB-R imitatsion modellari kompleksini tuzishdan asosiy maqsad
– aholining moddiy farovonligini yaxshilashning ratsional variantlarini
(yechimlarini) topishdir. Ular esa MB-Rning quyidagi modellar
bloklarini yechish orqali aniqlanadi: mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilishining rivojlanishi; ishchi kuchi taklifining shakllanishi; ishchi
kuchiga talabning vujudga kelishi; ishchi kuchiga talab va taklif
oʻrtasidagi
ratsional
nisbatlarga
erishish;
mazkur
bozor
infratuzilmasining rivojlshshshi.
Mazkur modellar kompleksi mehnat bozori faoliyatining maqsadli
yoʻnalishiga moʻljallab yaratilgan. Bunday modellarni ishlab
chiqishning boshlang‘ich davridayoq, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish
modellari bilan uzviy aloqa oʻrnatilib, ularning “chiqish” axborotlaridan
foydalaniladi.
Mehnat bozorining ekonometrik modellari kompleksini (EMK)
tuzishda reflektor yondashish (uslubi)dan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Uning yordamida mehnat bozori faoliyatiga ta’sir etuvchi
ichki (Vᵢ) va tashqi (Wᵢ) sharoitlarni toʻla oʻrganish mumkin. VᵢWᵢ
boʻyicha yaratilgan EMKda asosiy e’tibor mehnat bozori boʻlimlari
rivojlanishining ichki sharoitlarini hisobga olishga qaratilgan boʻladi.
Reflektor uslubi yordamida yechilishi lozim boʻlgan aniq masalalar
izohlanadi.
Mehnat bozorining asosiy boʻlimlarini mukammal izohlash
reflektor uslubining bosh xususiyati hisoblanadi. Mazkur bozorning bir
boʻlimi reflektor modeli yechimlarining boshqa boʻlim modeli natijalari
bilan taqqoslashni talab etmaydi. Aksincha, birining asosiy natijalari
boshqa boʻlimlarning reflektor modellarini shakllantirishda “kirish” va
“chiqish” axborotlari boʻlib xizmat qiladi. Turli boʻlimlarni
(obyektlarni) izohlovchi bir nechta reflektor modellarning sharoitlarini
va yechimlarini matematik izohlash ancha murakkab va kam
oʻrganilgan muammodir.
105
Reflektor uslubi ekonometrik modellar oʻrtasida mukammal
gorizontal aloqalar boʻlishini ta’minlaydi, ya’ni bir modelning
«chiqish» axboroti boshqasi uchun “kirish” axboroti hisoblanadi.
Buning natijasida mehnat bozorining rivojlanish modeli (MB-R)
shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |