1-bosqich. Ishning variantini – xomaki matnni yaratish
Ushbu bosqisda quyidagilar zarur:
«xomaki» ko’rinishda yozish;
faqat ыzining g’oyasiga fikrni jamlash, shakl va orfografiya, to’g’ri ifodalash haqida vaqtinchalik e’tiborni qaratmaslik;
bo’sh qator tashlab yozish: to’g’rilash jarayonida yangi matnni kiritishga joy bo’ladi.
2-bosqich. To’g’rilash
Ushbu bosqich xomaki nusxani yaxshilashdir. Unda siz xomaki nusxada belgilashlar, zaruriy o’zgartirishlar qilasiz. Bunda siz strelkalardan, qo’shimcha varaqalarini yopishtirish va boshqa usullardan foydalanishingiz talab etiladi.
To’g’rilash jarayonida o’zingizga quyidagi savollarni berishingiz zarur:
barcha matnlar bosh mavzuga taaluqlimi?
qo’shimcha ma’lumot talab etadigan joy mavjudmi?
asosiy fikrni ta’kidlash uchun qandaydir so’zni qo’shish yoki olib tashlashga zarurat bormi?
fikr aniq yoki mavhum holda ifoda etilganmi?
matn mantiqan shakllantirilganmi?
kirish qismi ravon yozilganmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |