ESSE va uni yozish tartib qoidalari
Esse – taklif etilgan mavzuga 15 dan 30 gacha slayd hajmidagi taqdimot. Esse – bu muallifning ta’kidlab o’tadigan individual pozitsiyasidagi erkin ifoda etish shakli; qandaydir predmet bo’yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o’z ichiga oladi.
Besh daqiqalik esse.
Besh daqiqali esse – o’rganilayotgan mavzu bo’yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o’quv mashg’ulotida oxirida 5 daqiqa oralig’ida olib boriladi.
O’qituvchi taklif etishi mumkin:
- «Men bu ... haqida nimani o’ylayman» yoki «Nima uchun, mening fikrimga ko’ra ...» savollariga javob bering;
- o’quv mashg’ulotida berilgan talabalar uchun yangi sanalgan g’oyani tavsiflash va sharhlab berish;
- olingan bilim, ko’nikmalar qaerda amaliyotda qo’llanilishini tavsiflash.
Ushbu ko’rinishdagi esse baholanmasligi ham mumkin. Ammo, o’qituvchi juftliklarga ajralish, ishlar bilan o’zaro almashish va yozilganlarni muhokama qilish taklifini berishi mumkin. Ushbu holda o’qituvchi 2-3 ta esseni tanlab tekshirishi mumkin, ularni ovozini chiqargan holda sharhlashi, talabalar bilan muhokama qilishi va xulosa qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |