Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis va turizm fa


Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana15.01.2022
Hajmi5,66 Mb.
#369374
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi

3. Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish 

zarurati 

Respublikamizda  vujudga  kelgan  vaziyatga  nazar solar ekanmiz, 

O`zbekiston qisqa davr ichida o`zining davlatchilik, siyosiy va iqtisodiy qurilishida 

mutlaqo yangi bosqichga o`tganligini, milliy iqtisodiyot taraqqiyotida real ijobiy 

o`zgarishlarga  erishganligini  ko`ramiz.  Xususan,  mamlakatimizda  siyosiy, 

iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida tub 

o`zgarishlar sodir bo`ldi, ko`p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Yalpi ichki 

mahsulotning 70 foizdan, sanoat mahsulotining 65 foizdan ziyodroq qismi va 

qishloq xo`jalik mahsulotlarining 99 foizi nodavlat sektori ulushiga to`g`ri 

kelayotgani fikrimizning dalilidir.  

 

 

 



 

 

 



Eng muhimi, o`tgan davr ichida mamlakatimizda bozor munosabatlariga 

o`tish va ularning samarali amal qilishini ta`minlash uchun zarur bo`lgan huquqiy-

me`yoriy baza yaratildi. Qabul qilingan qonunlar iqtisodiy islohotlarni o`tkazishda 

muhim rol o`ynadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Bular MDH tarkibidagi barcha mamlakatlarini qamrab olgan iqtisodiy 

bo`hronlar davrida vaziyatni engillashtirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga 

o`tishning ilk davrida (1991-1995 yillar) mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz bergan 

tanazzul MDHning boshqa davlatlaridagi singari og`ir kechmadi. Makroiqtsodiy 

barqarorlik 1995 yilda boshlandi va 1996 yildan boshlab iqtisodiy vaziyatning 

jonlanishi sodir bo`ldi. 2006 yildan boshlab O`zbekistonda iqtisodiy o`sish 

tendentsiyasi juda yuqori darajada o’sa boshladi. Bu haqda quyidagi keltirilgan 

jadval ma`lumotlari dalolat beradi. 

1-jadval 

Iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlari 

 (oldingi yilga nisbatan % hisobida) 

  

2007  2008  2009  2010  2011  2012 



YAIMning yillik o`sishi  

7,9  8,0  8,1 8,15  8,3  8,2 

Sanoat ishlab chiqarishining o`sishi 

12,1 12,7  9,0  8,3  6,3  8,6 

Qishloq 

xo`jaligi 

ishlab 

chiqarishining 

o`sishi  6,1  4,5  5,7  6,8  6,6  5,8 

Kapital qiymatlar o’sishi 

6,7  6,9  7,2  7,5  7,9  9,3 

Chakana savdo aylanmasi 

21,0  7,2  16,6 14,7  16,4  16,9 

Davlat 


byudjeti 

kamomadi(YaIM 

ga 

nisbatan)  9,2  9,0  9,0  8,1  7,4  5,1 



Markaziy 

bankning 

qayta 

moliyalash 



stavkasi  10,7  11,5  11,8  12,1  12,0  12,0 


 

17 


Ko`rinib turibdiki, 2007 yil O`zbekistonda barqaror rivojlanishning 

boshlanish yili hisoblanadi. Rekonstruktsiya va rivojlantirish Evropa bankining 

tadqiqotlari shu narsadan guvohlik beradiki, aynan shu yili O’rta Osiya davlatlari 

ichida O`zbekiston 2012 yilga kelib YAIMning eng yuqori darajasiga erishgan, 

ya’ni 88-90% ga chiqqan. Mazkur ko`rsatkich Belorusiyada 72-74 foiz, Rossiya 

61-64 foiz, Qozog`istonda 63-66, Turkmanistonda 55-57, Qirg`izistonda 68-70 

foizni tashkil etgan bo`lsa, ayrim MDH mamlakatlarida hatto 50 foizdan ham kam 

bo`lgan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Markazning xomashyo bazasi va tayyor mahsulotlar bozori rolini bajarib 

kelgan O`zbekistonda mustaqillikning qisqa davri ichida bunday muvaffaqiyatga 

erishilishi, avvalambor, davlatning oqilona iqtisodiy siyosati natijasidir. Bu siyosat 

o`zining mazmun va mohiyatiga ko`ra bozor munosabatlariga inqilobiy yo`l bilan 

(birdaniga) emas, balki evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich o`tishni nazarda 

tutadi. O`tgan davrga shu nuqtai nazardan baho beradigan bo`lsak, iqtisodiy 

islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilayotgani va o`tish davrining asosiy 

qiyinchiliklari ortda qolganini ko`ramiz.  

 

 

 



 

 

Shu bilan birgalikda, mamlakatimizda bozor munosabatlarining qaror topishi 



nihoyasiga etdi va ular to`laqonli tarzda amal qilmoqda, deb bo`lmaydi. 

Mamlakatimiz oldida turgan bir qator dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni 

hal etish ko`p jihatdan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor 

munosabatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq. 

 

 

 



 

 

 



 

Yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishda energiya va materiallar sarflash 

miqdori hozirga qadar yuqori darajada, bu rivojlangan davlatlardagiga nisbatan 

2.5-3,0 marta ortiqdir. Asosiy fondlarni o`rtacha eskirish darajasi 40-50 foizga 

teng. Ko`pgina korxonalarda yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga 

e`tibor etarli emas.  

 

 

 



 

 

 



 

 

Iqtisodiyotga jalb etilayotgan yirik investitsiyalarning, shu jumladan, xorijiy 



investsiyalarning samaradorligi ayrim hollarda past. Chet el investitsiyalarini jalb 

etishni rag`batlantirish tizimini yanada takomillashtirish talab qilinadi. Shu 

maqsadda huquqiy-me`yoriy bazani takomillashtirish, iqtisodiyotning shu sohaga 

mas`ul davlat tizimlari javobgarligini oshirish, xo`jalik sub`ektlarini moliyaviy-

kredit ta`minoti, jumladan, mikrokreditlar bilan ta`minlashni kuchaytirish zarur.



 

18 


 

Eksport qilishga mo`ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 

chiqarishni qo`llab-quvvatlash, qayta ishlovchi sanoat ulushini ko`paytirish, 

iste`mol mollari ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muhim vazifalarni hal etish 

ko`p jihatdan bozor munosabatlari tizimining mukammallik darajasiga bog`liq.

 

Qishloq xo`jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlardan kutilgan 



natijalarga hali to`la-to`kis erishilgani yo`q. Zarar ko`rib ishlayotgan va kam 

samarali qishloq xo`jalik korxonalarini fermer xo`jaliklariga aylantirish o`zining 

ijobiy natijalarini ko`rsatdi. Biroq fermerlik faoliyatini rivojlantirish va 

rag`batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, bu boradagi mavjud to`siqlarga 

barham berish o`ta dolzarb vazifaga aylanib qoldi.  

 

 



 

Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishda aniq dastur tadbirlarini 

ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning tashkiliy, huquqiy, mexanizmlarini 

yaratish lozim.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Bu tadbirlar qatoriga paxta va g`alla etishtirish bo`yicha davlat buyurtmasini 

aniq shartnomalar asosida belgilash, qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini 

kamaytirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini davlat tomonidan boshqarish, 

marketing va baholar kon`yukturasini o`rganishni tashkil qilish, kredit va moliya 

tizimlarini takomillashtirish masalalarini hal qilishni kiritish mumkin. 

 

Davlat qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirishda, tovar ishlab 



chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash va yordam berishda muhim rol o`ynashi kerak. 

Ayniqsa, investitsiya siyosatini amalga oshirishda, soliq va kredit  imtiyozlarini 

qo`llashda, suv inshootlarini samarali ishlatishda, sanatsiya jarayonlarini amalga 

oshirishda o`zining aniq rejalarini amalga oshirishi lozim. 

 

 

 



Bozor munosabatlarining samarali amal qilishida raqobat muhitining 

ahamiyati, ayniqsa, katta. Raqobat yo`q joyda iqtisodiy o`sish ham bo`lmaydi. Shu 

munosabat bilan monopoliyalarga qarshi kurashning aniq va ta`sirchan chora-

tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish talab qilinadi. 

 

 

Ishlab chiqarishga va tadbirkorlikka xizmat qiladigan keng tarmoqli bozor 



infratuzilmasini barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni nihoyasiga etkazish 

bozor munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. Ayniqsa, 

moliya va bank tuzilmalari, ulgurji bozorlar, investitsiya fondlari, lizing va 

konsalting kompaniyalari, sug`urta tashkilotlari ishining ham samaradorligini 

oshirish talab qilinmoqda. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Moliya va bank tizimini yanada erkinlashtirishga qaratilgan aniq chora-

tadbirlar ishlab chiqilgan bo`lishiga qaramay, mazkur tizimning samaradorligi 

hanuzgacha talab darajasida emas. Bu sohadagi asosiy muammolardan biri bank 

tizimi samaradorligini oshirish uchun xususiy banklar tarmog`ini kengaytirish va 

banklararo raqobatni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Xorijiy tadbirkorlar bilan 

hamkorlikda qo`shma banklar tashkil qilish ham bu yo`nalishdagi muhim vazifalar 

sirasiga kiradi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, uning tizimini qayta 

ko`rib chiqish, ma`muriy cheklash metodlaridan iqtisodiy boshqarish usullariga 

o`tishni tezlashtirish zarur. Faqat shu yo`l bilan respublika Jahon savdo tashkilotiga 

a`zo bo`lishi va uning imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo`lishi 



 

19 


mumkin.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Bozor munosabatlarini rivojlantirishning eng muhim yo`nalishi, bu - 



iqtisodiyotni erkinlashtirishdir. Shu  munosabat bilan xo`jalik  yurituvchi 

sub`ektlarning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy erkinlik 

va mustaqillikni yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati 

uchun qulay huquqiy va iqtisodiy muhit yaratish, bu faoliyatni tartibga solishda 

faqat bozor mexanizmidan foydalanish bozor iqtisodiyoti tizimining tamoyili 

hisoblanadi. Korxona va firmalar xo`jalik faoliyatiga davlatning aralashuvini 

cheklash, xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta`minlash chora-tadbirlarini 

amalga oshirish zarur.  

 

 

 



 

 

 



 

Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xususiy biznesni 

rivojlantirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berishlari va xo`jalik 

yurituvchi sub`ektlar faoliyatiga behuda aralashmasliklari darkor. 

 

Iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini bozor munosabatlariga 



to`la-to`kis javob berishini ta`minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning xalqaro 

standartlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini 

yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

20 


XULOSA 

 

Xulosa qilib aytganda iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish juda 



muhim vazifa hisoblanar ekan. Jumladan, bozor munosabatlariga asoslangan  

mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni 

bajaradi. Chunki, Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal 

qilishiga ko’maklashadi. 

Bozor munosabatlarini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad bozor 

munosabatlarni muayyan va ma’lum yo’nalishlar asosida rivojlantirib, aholining 

turmush darajasini oshirish choralarini ko’rishdan iboratdir. Shunday ekan, 

iqtisodiyot qancha rivojlansa, kamol topsa aholi turmush darajasi ham shuncha 

rivojlanadi va yaxshilanadi. 

O’ylaymanki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish Davlat uchun 

hozirgi kunda asosiy vazifalardan biriga aylangan. 

Iqtisodiyotni tartibga  solishning Davlat  mexanizmi  taqozo etuvchi 

sabablardan biri ahilini inson salomatligiga va tabiatga ziyon yetkazuvchi 

omillardan himoya qilish zaruratidir. Shunday ekan bozor iqtisodiyoti sharoitida 

har qanday xo’jalik yurituvchi tadbirkor avvalo, o’zini o’ylaydi, o’z manfaati 

yo’lida  faoliyat ko’rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson 

salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin. 

Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy 

vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning 

manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana 

shunday vositalarga kiradi. 

Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va 

ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari 

tarkibiga kiritiladi. 

Shunday ekan, Davlat iqtisodiyotni rivojlantirish uchun harqanday chora va 

usullarni qo’llashi kerak. 

Hozirda mustaqil ta’limga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ayrim 

mavzularni talabalar mustaqil tarzda o’rganishlari lozim. Buning uchun mavjud 

adabiyotlar, qo’llanmalar, ilmiy maqolalar, Prezident asarlari, jumladan gazeta va 

jurnal materiallaridan foydalanish kerak. Biroq u yoki bu boradagi fakt va 

raqamlardan foydalanilganda ularni chuqur tahlil qilish va tegishli xulosalar 

chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundagina biz talabal yetuk mutaxassis 

bo’lib yetishamiz  va bugungi bozor  iqtisodiyoti sharoitida o’ylaymanki 

mamlakatimizning iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirishda yetarlicha hissa qo’sha 

olamiz. 

 

 



 


 

21 


 

Ilova 


O’zbekistonda iqtisodiyitning asosiy tarmoq va sohalaridagi o’sish sur’atlari, 

foizda 


 

Ko’rsatkich 

2007 

yil 


2008 yil 

2009 yil 

2010 yil 

2011 yil 

Sanoat ishlab 

chiqarishi 

12,1 

12,7 


9,0 

8,3 


6,3 

Qishloq 


xo’jalik 

mahsulotlari 

yetishtirish 

6,1 


4,5 

5,7 


6,8 

6,6 


Chakana 

savdo 


aylanmasi 

21,0 


7,2 

16,6 


14,7 

16,4 


Aholiga 

pullik 


xizmatlar 

ko’rsatish 

20,6 

21,3 


12,9 

13,4 


16,1 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

22 


 

Foydalanilgan adabiyotlar: 




Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish