Katta biznes uchun IT infratuzilmasi
Odatda yirik kompaniyalar malakali IT-mutaxassislarni jalb
qiladilar, ammo bu o'zlarining AT bo'limiga qo'shimcha sifatida AT-
autsorsingdan foydalanishni istisno etmaydi. Bu erda motivatsiya
haqiqatan ham yuqori darajada ishonchli va samarali axborot
infratuzilmasiga intilishdir.
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
1.
Elektron biznes infratuzilmasining mohiyati nimada?
2.
Elektron biznes uchun infatuzilmaning qanday afzalliklari mavjud?
54
3.
Axborot iqtisodiyot sharoitda O’zbekistonda infratuzilma muhitida
qanday holat kuzatilmoqda?
4.
Komminikacion servislarning qanday turlari mavjud?
5.
Kichik biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan
iborat?
6.
O’rta biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan iborat?
7.
Yirik biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan iborat?
Mavxu 5. Elektron tijorat va biznesning huquqiy asoslari
5.1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati
5.2. Elektron tijoratda axborot almashinuvi
5.3. Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy bazasi
5.1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati
Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-
huquqiy asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron
to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni
muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”,
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana shular
jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat
aylanishi elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil
joriy etilayapti.
Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning
jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati
tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga bo‘lgan talab va
ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini
taraqqiy
toptirish
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq
joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini
yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy
Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan
yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu
talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan
ahamiyatlidir.
Mazkur
huquqiy
hujjat
Prezidentimizning
mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi
55
ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar doirasida tayyorlangan.
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida keng jamoatchilik, soha
mutaxassislari, siyosiy partiyalarning faol ishtirokida, xalqaro va xorij
tajribasi chuqur o‘rganilib, ilg‘or yutuq hamda tajribalar hisobga
olingan holda qabul qilingan. Senat tomonidan ushbu hujjatning keng
muhokamasi tashkil etildi.
Mutaxassislarning
ta’kidlashicha, Qonun elektron tijoratni
rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik
sharoitlar
yaratadi.
U
tadbirkorlikni
rivojlantirish
hamda
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar
yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga,
elektron
savdoda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini
soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga
chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga
xizmat qiladi.
Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy
etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish
bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron
tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan bog‘liq
muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni
o‘rnatish uchun sharoit tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi
ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga aylanadi. Qolaversa,
u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro
standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini
yaratishga qo‘shimcha imkon beradi.
Umuman, Qonunda ko‘zda tutilayotgan qoidalar umumdavlat va
hududlar manfaatlariga uyg‘un bo‘lib, ular mamlakatda kichik biznes
hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligi,
investitsiya faolligini yuksaltirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
hamda
ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning
jahon
bozoridagi
raqobatdoshligi va sifati oshishida ayni muddao bo‘ladi.
O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes
faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga,
ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli
darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda
elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio hamda
videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi.Qayd
56
etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi
bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport
infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir.Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra,
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100
taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu
magazinlarda chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib
olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter
o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot
montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini
sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan
tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari
ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy
texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat
va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm
so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida
ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Misol tariqasida biz www.torg.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun
mo‘ljallangan elektron magazin, www.artel.uz esa texnika
mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni
aytib o‘tishimiz mumkin.
Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron
tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan
bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi
tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini
ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan
holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga
oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.
«Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonun 2004 yilda qabul qilingan. 11
yil o‘tgach, 2015 yilda uning yangi tahriri tasdiqlangan, u ayni
paytgacha amal qilib kelmoqda. 2018−2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturida ushbu
sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xususan,
qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda
tutilgan.
Amaldagi hujjatga tayangan holda, loyihada boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari jamlangan. Masalan, elektron
tijoratni amalga oshirish qoidalari, Shartnomalarni tuzishda elektron
raqamli imzolarni qo‘llash va elektron hujjatlarni hamda elektron
tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni
57
saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Dasturiy mahsulotlar va axborot
mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda
rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va
buxgalterlik hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalarni
tilga olish mumkin.
Natijada qonun bilan tartibga solinadigan mexanizmlar qamrovi
kengaygan. Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri solishtirma
tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi:
birinchidan, qonunga juda keng tushunchalar apparati kiritilmoqda.
Bazaviy atamalar bilan bir qatorda, unga raqamli mahsulotlar, ularni
import va eksport qilish, raqamli distributsiya, transchegaraviy
elektron tijorat va hokazo. ta’riflari kiritilgan;
ikkinchidan, elektron tijoratni amalga oshirishning qo‘shimcha
prinsiplari qayd etilgan. Xususan, hujjatlarni, shu jumladan elektron
hujjatlarni birxillashtirish, axborot xavfsizligini, tovarlar (ishlar va
xizmatlar) sifati lozim darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek
tartib-taomillarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligi va tushunarliligi
haqida so‘z yuritilgan. Mazkur soha asoslangan har bir prinsipning
mazmun-mohiyati alohida ochib berilgan;
uchinchidan, sohani davlat tomonidan tartibga solish tartibi
belgilangan: Vazirlar Mahkamasi, Axborot kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi (vakolatli organ, tahr.), davlat organlari va
mahalliy hokimiyatlarning vakolati cheklangan;
to‘rtinchidan, elektron tijorat ishtirokchilarining (sotuvchi va
xaridorlar, biznes- operatorlar, sh. j. bitimlarni tuzishda ishtirok
etuvchi yoki bunda yordam beruvchi savdo platformalarining
operatorlari, tahr.) tarkibi, shuningdek ularning o‘zaro munosabatlari
xususiyati belgilangan;
beshinchidan, bitimlarni tuzish tartibi, shu jumladan ularni
hujjatlashtirish shakli va tartibi, elektron hujjatlar va xabarlarning
yuridik kuchi, ularni saqlash shartlari va muddatlari, shuningdek
bitim taraflari to‘g‘risidagi axborot tarkibi va hokazo batafsil qayd
etilgan. Hisob-kitob qilish, tovarlarni yetkazib berish, ularni qaytarish
va to‘lov summalarini qoplash tartibiga oid masalalar tartibga
solingan;
oltinchidan, raqamli mahsulotlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzish
qoidalari tilga olingan. Transchegaraviy elektron tijoratga alohida bob
bag‘ishlangan.
Bu qonun hujjatlar va ularga kiritilayotgan o’zgarishlarning
58
barchasi yurtimizda electron tijoratni rivojlantirish va amaldagi
electron tijorat faoliyatlarini qonuniyligi va huquqlarini taminlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |