Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Topshiriq: 
Sabzavot ekinlarining shoxlari, gullari va meva namunalari va ularning 
belgilari bilan tanishib 1-jadvalni toʻldirish. 
1- jadval 
Sabzavot ekinlarini belgilari boʻyicha guruhlash. 
Ekin 
turi 
Belgi- 
lari 
Qaysi xoʻjalik belgisiga kiritish 
mumkin 
Baholash usuli 
foydali 
zararli 
neytral 
obyektiv 
subyektiv 
Sabzavot ekinlari morfologik belgilarini yozing. 
Sabzavot 
ekinlari 
belgilarini 
yozing 
Sabzavot ekinlarining xo’jalik belgilarini yozing 


10 
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar. 
1.
Sabzavot ekinlari belgilarining guruhlari. 
2.
Bir belgini ikkinchi belgiga kiritish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa 
misollar keltiring. 
3.
Foydali, zararli va neytral xoʻjalik belgilariga misollar keltiring.
4.
Miqdor va sifat belgilarining bir-biridan farqi qaysilar? 
SABZAVOT EKINLARI GULINING TUZILISHI. CHATISHTIRISH 
TEXNIKASI VA GULLARNI IZOLYATSIYA QILISH USULLARI 
 
Darsning maqsadi:
Talabalarni oʻzidan va chetdan changlanuvchi 
oʻsimliklar gulining tuzilishi va ba‟zi chetdan changlanuvchi ekinlarning oʻzidan 
changlana olmasligining sabablari bilan tanishish. Talabalarni chatishtirish turlari
texnikasi, gullarini bichish, changlash va gullarni izolyatsiya qilish usullari bilan 
tanishtirish. 
Asosiy tushunchalar:
Seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borish uchun 
oʻsimliklarning changlanish xususiyatlarini bilish kerak. Changlanish deb, 
changdondan changning urugʻchi tumshuqchasiga tushishiga aytiladi. Oʻzidan 
changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi. Sabzavot ekinlarining ba‟zilari 
oʻzidan, boshqalari chetdan changlanadi.
Chetdan changlanuvchi oʻsimliklar hashoratlar yordamida (entomofil) va 
shamol yordamida (anemofil) usullarida changlanadi. 
Entomofil 
usulda 
karamdoshlar, 
qovoqdoshlar, 
tomatdoshlar 
va 
piyozdoshlarning ba‟zi vakillari changlanadi. Ularning gullari katta yoki katta 
toʻplamga birlashgan, rangi ochiq, aromat va nektari bor. Changlarining yuzasi 
notekis. 
Anemofil oʻsimliklarga shpinat, lavlagi, sparja, makkajoʻxori mansub bo`lib, 
ularning gullari mayda, urugʻchi tumshuqchasi uzun changlar koʻpincha silliq va 


11 
yengil. O`simliklarning bunday xususiyatlari ularning shamol yordamida 
changlanishini osonlashtiradi. 
Qishloq xo`jalik ekinlarining yangi nav va duragaylarini yaratish jarayoniga 
seleksion jarayon deyiladi. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: boshlangʻich 
material yaratish, tanlash va sinash. Seleksiya uchun tabiatda tayyor holdagi va 
seleksiya usullari bilan yaratiladigan (duragaylash, poliploidiya, mutatsiya va gen 
injeneriyasi usullari yordamida) dastlabki materiallar xizmat qilishi mumkin. 
Sintetik seleksiya amaliyotida duragaylash yoʻli bilan seleksion material 
yaratish uchun dastavval ota-ona juftlar tanlanadi. Duragaylashning muvaffaqiyati 
esa ota-ona juftlarini toʻgʻri tanlashga bogʻliq. 
Duragaylash deb irsiyati har xil boʻlgan organizmlarni chatishtirishga aytiladi. 
Bunda ota-ona shakllarining tanlanishiga qarab tur ichida (navlararo, tur ichidagi 
duragaylararo) va uzoq shakllarni (turlararo, avlodlararo) chatishtirish deyiladi. 
Seleksiya ishida chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlashning 5 ta usuli 
(prinsiplari) mavjud. 
1. Ekologo - geografik; 
2. Hosil elementlariga qarab; 
3. Ayrim rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab; 
4. Kasallik va zararkunandalarga bardoshliligiga qarab; 
5. Diallel chatishtirishlar asosida. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish