Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi


 rasm. Koʻp martali ommaviy tanlash sxemasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
4 rasm.
Koʻp martali ommaviy tanlash sxemasi. 
Birinchi tanlash o`simliklar 
hosilini birlashtirish 
Ikkinchi tanlash 
o`simliklar hosilini 
birlashtirish


22 
Koʻp martali ommaviy tanlash sxemasi 
Boshlangʻich materialdan (navdan yoki populyatsiyadan) yaratilayotgan nav 
uchun yuzlab eng yaxshi elita oʻsimliklar tanlab olinadi. Tanlash bevosita dala 
sharoitida oʻtkaziladi. Tanlangan oʻsimliklar laboratoriya sharoitida donlarning 
toʻlishganligi, sogʻlomligi va bir biriga oʻxshashligiga qarab koʻzdan kechiriladi. 
Talabga javob bermaganlari tashlanib, sogʻlom, oʻxshash oʻsimliklarning urugʻi 
birlashtiriladi va kelgusi yili bir maydonga ekiladi. Oʻzidan changlanuvchi 
oʻsimliklarda tanlangan oʻsimliklar tayoqchalar yoki lentalar bilan belgilab 
qoʻyiladi va urugʻi pishib yetilguncha dalada qoldiriladi. Pishgandan keyin 
urugʻlari yigʻib olinib umumlashtirib saqlanadi. Ommaviy tanlashning oddiy va 
yaxshilangan usullari 4-5 rasmlarda koʻrsatilgan. 
Yaxshi oʻsimliklar va ulardan olingan urugʻlar elita urugʻlar deyiladi. 
Agar bir martali ommaviy tanlash boʻlsa, ikkinchi va keyingi yillarda tanlash 
oʻtkazilmaydi. Koʻp martali ommaviy tanlashda esa ikkinchi va keyingi yillarda 
ham tanlash takrorlanaveradi. Tanlashning qanday samara berayotganini bilish 
uchun ikkinchi yilda olingan material dastlabki nav va standart bilan birga ekilib 
taqqoslanadi. Standart navga nisbatan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan ekinlarning 
urugʻi nav sinashga beriladi. Davlat nav sinashidan muvaffaqiyatli oʻtgan yangi 
navlar rayonlashtiriladi, Davlat reyestriga kiritiladi va ularning urugʻchiligi 
boshlanadi. Koʻp martali ommaviy tanlash sxemasi 4-rasmda koʻrsatilgan. 
Ommaviy tanlashda tanlangan oʻsimliklarning avlodlari qoʻshib oʻrganilgani 
uchun har bir oila avlodini alohida oʻrganishning imkoni yoʻq. Ommaviy 
tanlashdagi bu kamchiliklar yakka tanlashlar orqali bartaraf qilinadi. 
Yakka tanlash 
seleksiyada qoʻllaniladigan asosiy tanlash usuli hisoblanadi. 
Sababi tanlab olingan oʻsimliklar avlodlari yakka tanlashda bir-biri bilan 
aralashtirilmasdan, bir necha avlodlar (F
1
, F
2
, F
3
….) davomida alohida-alohida 
genotip boʻyicha oʻrganiladi. Yakka tanlashda keraksiz belgi - xususiyatli 
oʻsimliklarga qilinadigan mehnat, mablagʻ harajatlarini tejashga imkon beradi. 
Yakka tanlashda oʻsimliklar alohida-alohida oʻrganilganligi sababli ularda belgi 
xususiyatlar kuchayib mustaxkamlanib boradi. Shu afzalliklarga koʻra yakka 


23 
tanlash orqali nisbatan qisqa muddatda (7–8 -yilda) yangi nav yaratish mumkin. 
Yakka tanlash duragaylar, mahalliy navlar, mutantlar, poliploidlar va tabiiy 
populyatsiyalar bilan ishlaganda qoʻllaniladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish