Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik kafedrasi


Frazemalarning uzual uslubiy vazifalari



Download 37,64 Kb.
bet3/11
Sana19.05.2022
Hajmi37,64 Kb.
#604617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fotima 303

2.Frazemalarning uzual uslubiy vazifalari
Bunday vazifalar umumiy va doimiy xarakterga ega bo'lib, har qanday matnda ham reallashadi hamda ular frazeologik birliklarning o'ziga xos, kategorial xususiyatlari bilan aloqadordir.Frazeologik birliklarning o'ziga xos, kategorial xususiyatlari bilan aloqadordir. Frazeologik birliklarning uzual uslubiy funksiyalari qatoriga asosan quyidagilar kiradi.
1.Nominativ funksiya. Frazeologik birliklarning nominativ funksiyasiga ega yoki ega emasligi haqida olimlar turli xil fikrlarni bayon etmoqdalar.Masalan, A.I.Fedorovning fikricha, “Frazemalar nominatsiya jarayonida mustaqil o'ringa ega emas, ular faqat konnotativ xarakterdagi funksiyalarni bajarishga xizmat qiladi”
L.I.Royzenzoning fikricha, har qanday frazema birinchi navbatda nominativ vazifaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi, chunki tilda obektiv borliqni ifodalash vositasi bo'lishdan boshqa narsa yo'q. Bu qarash leksik birliklarni 4 yoki 5 struktural-semantik kategoriya ( so'z-nomlar, yordamchi so'zlar, modal so'zlar, undovlar va taqlidiy so'zlar ) ga bo'lishdek an'anaga tamomila ziddir. Shu besh tip leksik birliklardan faqat birinchisiga nominativ funksiya xosdir. Mazkur nazariyani iboralarning barcha tiplari uchun birdek taalluqli deyish qiyin.Chunki “Xudo biladi”, “ Xudo xohlasa”, “Kim biladi” singari
modal iboralardan nominativ xususiyat qidirib bo'lmaydi. Prof. Sh.Rahmatullayev ma'no turlari jihatidan iboralarni ikkiga ajratadi3:
A) Nomlovchi iboralar
B) Ifodalovchi iboralar
Nomlovchi iboralar deyilganda olim predmetga xos xususiyatlarini to'la ro'yobga chiqishiga monelik qiladi.Masalan: “-Falonchi duppa-durust yigit-u, ammo og'zining oshiq-moshig'i chatoq. Qachon qarasang, iljaygani-iljaygan...”4. Keltirilgan parchada “ Og'zining oshiq-moshig'i chatoq ” iborasi nutqqa ixchamlik va obrazlilik bag'ishlamoqda, uni oddiy so'z birikma bilan almashtirish orqali o'sha ixchamlik hamda obrazlilikka erishish ancha mushkul.
Yoki oddiy so'zlashuvda, badiiy nutqda biror aybi, kamchiligi tufayli dadil gapirishga, e'tiroz bildirishga botinolmaydigan, haddi sig'maydigan kishilarga nisbatan ixcham shakldagi “tili qisiq” iborasi qo'llanadi. Bu ibora qo'llangan matn ixchamligi va obrazliligi bilan ajralib turadi: “-Pilla xususida tili qisiqlik joyim yo'q, planni bir yuz o'n, bir yuz bir protsent qilib qo'yganman” (S.Ahmad.Hikoyalar).
Maqollarning qisqargan, ellipsiyaga uchragan shakllari ham nutqda ixchamlik va obrazlilik uchun xizmat qiladi. Bunday paremiologik iboralar ham ko'pincha sarlavha sifatida qo'llanadi: “ Qalovini topsang...”, “ Qozonda bo'lsa...” kabilar.

Download 37,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish