O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
TILSHUNOSLIK KAFEDRASI
Fiologiya va tilarni o’qitish o’zbek tili yo’nalishi
303-guruh talabasi Davronova Fotimaning tayyorlagan
KURS ISHI
MAVZU: O’zek tili frazeologizmlarining uzual va okkazional uslubiy funksiyalari.
ILMIY RAHBAR: Eltazarov J
Mundarija
I. Kirish: O’zek tili frazeologizmlarining o’rganilish tarixi.
II. Asosiy qism:
1.Frazeologizmlarning uslubiy funksiyalari haqida.
2.Frazeologizmlarning uzual uslubiy funksiyalari:
a) Nominativ funksiya; b) Obrazli ifodalash funksiyasi; d) Baholash funksiyasi; e) Emotsional funksiya;
f) Ekspressiv funksiya kabilar.
3.Frazeologizmlarning okkazional uslubiy funksiyalari:
a) Satira va yumor hosil qilish funksiyasi; b) Personajlarning nutqiy tavsifini ifodalash funksiyasi; d) Gradatsiya hosil qilish funksiyasi; e) Asar syujetiga asos bo’lish funksiyasi; f) Sarlavha bo’lish funksiyasi; g) Bob yoki epizodning tugallanmasi bo’lish funksiyasi; h) Refren hosil qilish funksiyasi; i) Absolut aniq qofiya xosil qilish funksiyasi kabilar.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan bo'lmish tilshunoslik necha o'n asrlardirki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo'lida tinimsiz izlanadi.
,,Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo’lgan o’zbek tili xalqimiz uchun milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli , bebaho ma’nanaviy boylik buyuk qadriyatdir. Kimda- kim o’zbek tilining bor latofatini, jozibasini va ta’sir kuchini ,cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo’lsa , munis onalarimizning allalarini ming yillik dostonlarimizni , o’lmas maqomlarimizni eshitsin , baxshi va hofizlarimizning sehrli qo’shiqlariga quloq tutsin’’, - deganlar Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev.
Prezidentimiz ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’sirini va mavqeini yanadada oshirish ,, Davlat tili haqidagi ’’ qonunni bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidlab o’tganlar.Bu boradagi dolzarb vazifalarni ham ko’rsatib o’tganlar .
,, Har birimiz davlat tiliga bo’lgan e’tiborni mustaqillikka bo’lgan e’tibor deb , davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz , shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak’’ , - deb ta’kidlab o’tganlar.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev :
Bu oliy janob harakatni barchamiz o’zimizdan , o’z oilamizdan va
jamoamizdan boshlashimiz ona tilimizga urf – odat va qadriyatlarimizga
hurmat , vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak. “ Biz avlodlardan avlodga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar,zamonaviy kammunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya
tizimi kabi o’ta muhim sohalarda ona tilimizning qo’lanilishi darajasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug’atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalar ishlab chiqish, bir so’z bilan aytganda, o’zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o’zlikni, vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilish shubhasizdir ”1
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida shakllangandan beri ilm-fan, milliy madaniyatimizning har bir sohasida, ta'lim – tarbiya tizimida jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. “ Istiqlol yillarida o'zbek tilining qo'llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o'quv qo'llanmalari, yangi – yangi ko'plab lug'atlar ko'plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o'z xissasini qo'shmoqda “,- deya ta'kidlagan edi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
O’z navbatida, bugun biz kabi talabalar ham o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarimizning natijasi sifatida kurs ishi yozishga kirishdik. Mavzuni imkon qadar yoritib berishda bir qancha ilmiy tadqiqotlar, o’quv darslik, qo’llanma va adabiyotlardan samarali foydalandik, shu bilan birga mavzuni yoritib berishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |